“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
355
2-rasm. Iqtisodiyot va Moliya vazirligi.(Daryo.uz web sayti)
Milliy boylikni hisoblashda kishilik jamiyati hayoti va taraqqiyotining moddiy
asosi, birinchi, navbatda, moddiy tabiat
ekanligini unutmagan holda, eng avvalo
tabiiy boyliklar — yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻrmonlar
va boshqalar aniq va
toʻgʻri hisobga olinishi lozim. Soʻngra ular vositasida inson mehnati bilan ishlab
chiqarilgan va jamgʻarilgan moddiy boyliklar toʻla-toʻkis hisobga kiritilishi kerak:
1) moddiy ishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar;
asosiy fondlar; moddiy
aylanma vositalar;
ularning rezervlari; 2) noishlab chiqarish sohasidagi moddiy
fondlar; asosiy fondlar, shu jumladan, turar joy fondi; boshqa moddiy boyliklar; 3)
aholi uy-roʻzgʻor xoʻjaligidagi uzoq muddatli foydalaniladigan moddiy neʼmatlar;
4) turli xil rezerv fondlar. Bu fondlarni yana ikki fondga boʻlish mumkin: 1) unumli
(ishlab chiqarish) fondlari; 2) bevosita isteʼmolbop fondlar.
Milliy boylikni
mulkchilik shakllari boʻyicha tasniflashning ahamiyati katta. Shu bilan birga tabiiy
boyliklarning va ishlab chiqariladigan, jamgʻarilgan boyliklarning har bir muayyan
davrda kimlar egaligida va foydalanishida ekanligini hisobga olish ham muhim.
Mamlakat, jamiyat Milliy boylikgi uning faqat moddiy boyligidangina iborat emas.
Uning maʼnaviymadaniy va boshqa unsurlari ham bor. Mamlakat aholisi, uning
mehnatga qobilliligi, akliy va jismoniy qobiliyatlari, xilma-xil koʻnikmalari aslida,
insoniy nuqtai nazardan har qanday jamiyatning asosiy boyligidir.
Shu sababli
hozirgi davrda barcha mamlakatlar oʻz aholisini, uning maʼnaviyatini va
madaniyatini saqlash va rivojlantirishga harakat qiladi; barcha moddiy (tabiiy va
ishlab chiqarilgan) neʼmatlar, maʼnaviy neʼmatlar (ilm, fan,
madaniyat, sanʼat
boyliklari va boshqalar) insonga, kishilarga xizmat qilishi lozim. Iqtisodiy
adabiyotlarda insonning ish kuchini, akliy va jismoniy qobiliyatlarini "insoniy
kapital" deb atash ham bor.