|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 356/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
353
qabul qilish aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy masalalar boʻyicha rahbar
oʻrinbosarlari yoki moliyaviy menejerlardan tashqi va ichki omillarni har
tomonlama tahlil qila olish, moliyaviy resurslarni optimal joylashtirish, investitsion
qarorlar va moliyaviy risklarni boshqarish bilan bogʻliq sohalarda chuqur amaliy va
nazariy koʻnikmalarni talab qiladi. Yuqorida ta’kidlab oʻtkanimizdek, aksiyadorlik
jamiyatlarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning amaliy va nazariy jihatlari keng
qamrovli mavzulardan biri boʻlib, mazkur yoʻnalishda koʻplab ilmiy maqola va
tadqiqotlar olib borish jarayonida mazkur yoʻnalishning muhim jihatlari yoritib
boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Burxonov A.U., Xamdamov O.N. Moliyaviy menejment. Darslik. – T.:
“Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” - 2020 y. 468 b.
2.
Elmurodov
S.
Yashirin
iqtisodiyotni
kamaytirishda
moliyaviy
mexanizmlarning iqtisodiy ahamiyati va oʻrni //MOLIYA VA BANK ISHI. – 2022.
– T. 8. – №. 3. – S. 160-165.
3. Hamdamov, O. N. Improving the system of financial management in
enterprises: dis. Diss. Dissertation for the degree of Doctor of Philosophy (PhD) in
Economics, 2018.
4. Epstein D., Maltzman R. Project Workflow Management: a Business Process
Approach. Plantation: J. Ross Publishing. 2014 y.
MILLIY BOYLIKNING IQTISODIY O`SISHDAGI AHAMIYATI
A.Shamuratova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
Ilmiy rahbar S.Abdulxalilova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
dotsenti
Ushbu tezis mavzuisining dolzarbligi shundaki yildan yilga aholi sonining
koʻpayishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy Oʻsishni shart
qilib qoʻyuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy Oʻsish aholi turmush darajasini
oshirishga, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi. Milliy boylik har bir
mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlib, umumiy hayot
darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalaydigan juda muhim makroiqtisodiy va
umumiqtisodiy koʻrsatkichdir.Iqtisodiy Oʻsish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi
tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor
tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab
katta boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay
bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy Oʻsish mahsulot ishlab
chiqarishning real hajmini muttasil koʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat
taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini
anglatadi.
Iqtisodiy Oʻsishni aniqlash va hisoblashda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining
eng umumiy koʻrsatkichi boʻlgan YAIM asos boʻlib xizmat qiladi va iqtisodiy
oʻsishning muayyan davr mobaynida real YAIM hajmining ijobiy tomonga
oʻzgarishini koʻrsatadi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari YAIM oʻsish surʼatlarida oʻz
aksini topadi.Iqtisodiy Oʻsish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy
|
| |