|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 364/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
362
respublikaning iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda davlat organlari va
tadbirkorlik subyektlarining xorijiy investorlar, savdo boʻyicha hamkorlar, xorijiy
hukumat va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro samarali aloqalarini ta’minlash,
barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlash maqsadida optimal bojxona-tarif siyosatini
amalga oshirish, Jahon savdo tashkilotiga integratsiyalash, boshqa koʻp tomonlama
savdo-iqtisodiy tizimlar bilan hamkorlik qilish, eksport qiluvchilarni har tomonlama
qoʻllab-quvvatlash, savdo, shu jumladan tashqi savdo infratuzilmasini, elektron
tijorat tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish, mazkur sohadagi qonun
hujjatlarini takomillashtirish, mahalliy tovarlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga
chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, samarali transport yoʻlaklarini
shakllantirish, yetkazib berish geografiyasini diversifikatsiya qilish maqsadida
zamonaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish, tashqi bozorlarda mahalliy
tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun mahsulotni sifat jihatdan
boshqarishning zamonaviy tizimlarini keng joriy qilishni hamda ularning xalqaro
standartlar va texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini ta’minlash, savdoning
barqaror oʻsishi va investitsiya siyosatini faollashtirishni ta’minlovchi ilgʻor
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish kabilar investitsiya va tashqi
savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirishning muhim yoʻnalishlari
sifatida qayd etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-
yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi
PF-60-son Farmoniga muvofiq tashqi savdoni tartibga solish mexanizmlarini
takomillashtirish, mahalliy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini har
tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish choralarini yanada kuchaytirish
orqali yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini kengaytirish
maqsadida 2023-yil 1-aprelga qadar quyidagilarni amalga oshirish belgilangan(1-
rasm).
|
| |