|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 363/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
361
иккинчидан, колл-марказлар орқали етарли малакага эга бўлган ва
мижозларнинг жорий муаммоларини ҳал қилиш ваколатига эга бўлган
ходимлар билан уланиш имконияти кескин чекланган;
учинчидан, колл-марказларда фаолият юритувчи ходимлар махсус малака
ва ваколатларга эга бўлмасдан туриб, мижозларни қизиқтирувчи масалалар
бўйича маслаҳат беришга ҳаракат қилиш ҳолатлари кўплаб учрайди. Бунда
олинган маслаҳат сифати ўртадан паст даражада баҳоланади.
Шу билан бир қаторда, коммуникация соҳасида сифат стандартларининг
мавжуд эмаслиги, каналларнинг барқарор ишлашини таъминлаш, колл-марказ
ходимларини ўз даражасида маслаҳат беришлари билан бир қаторда, банк
томонидан таклиф этилаётган хизматлар рекламасининг ўтказилмаслиги,
фронт офис (айниқса туманларда навбатларнинг катталиги) фаолиятини
ташкил этишда колл-марказлар таъсири даражасининг пастлиги каби
муаммолар банк фаолияти самарадорлигини пасайтириш ва ишончсизликни
оширувчи омил бўлиб қолмоқда.
KORXONALAR TASHQI SAVDO FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH
B.Qoʻrgʻonboyev, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
tinglovchisi
Ilmiy rahbar: S.Omonov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti PhD
Oʻzbekistonda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida investitsiya salohiyatini
oshirish, iqtisodiyotning ustuvor soha va tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish,
investitsiya kiritish jarayonining raqobatbardosh eksportga moʻljallangan
mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashqi savdo hajmini oshirish kabilar muhim
ahamiyatga ega.
Ta’kidlangan jihatlarni amalda samarali tashkil etishda davlat tomonidan tashqi
savdoni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq bir qator islohotlar amalga oshirilishi
maqsadga muvofiq. Shu sababli davlat tomonidan mamlakatimizda quyidagilar
investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirishning
muhim yoʻnalishlari sifatida belgilanganligini qayd etish lozim.
Raqobatbardosh eksportga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish
maqsadida mahalliy va xorijiy tadbirkorlarga Oʻzbekistonning ustuvor soha, tarmoq
va hududlariga investitsiya kiritish uchun qulay investitsiya iqlimi va ragʻbatlarni
yaratish, shuningdek, har bir davlat organi tomonidan investitsiyalarni faol jalb
qilish va savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi vazifalarning soʻzsiz
bajarilishi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal
qilish uchun davlat moliyaviy vositalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy
hukumat moliya tashkilotlarining qarz resurslari va texnik koʻmaklashish vositalari
(grantlari)dan
foydalanish
samaradorligini
oshirishga
imkon
beruvchi
markazlashgan investitsiyalarning boshqaruv tizimini yaratish, Oʻzbekiston
Respublikasining xalqaro nufuzini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlari
va hududlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash, ilgʻor texnologiyalarni transfer
qilish uchun xorijiy, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb
qilish, ishbilarmonlik va investitsiya iqlimini bosqichma-bosqich takomillashtirish,
|
| |