|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 354/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
351
shakllanishiga imkon beradi.
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY BOSHQARUV
MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Y.Mavlyanova, Toshkent Kimyo xalqaro universtiteti mustaqil izlanuvchisi
Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotida roʻy berayotgan turli koʻrinishdagi
inqirozlar korporativ tuzilmalar faoliyatida moliyaviy boshqaruv mexanizmini
tashqi omillarga mos ravishda rivojlantirib borishni taqozo etmoqda. Mamlakatimiz
aksiyadorlik jamiyatlarida faoliyatida ham korporativ boshqaruv mexanizmini
bosqichma-bosqich rivojlanib borishi bevosita moliyaviy qarorlar qabul qilishda
moliyaviy menejmentning zamonaviy konsepsiyalaridan foydalanish amaliyotini
yoʻlga qoʻymoqda. Aksiyadorlik jamiyatlarida risk-menejmentini tashkil etish
moliyaviy menejmentning muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, keyingi yillarda
ushbu masalani takomillashtirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejment mexanizmini samarali
tashkil etish va rivojlantirish korxonalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga ta’sir etuvchi
barcha omillarni inobatga olgan holda ustuvor yoʻnalishlarni belgilash, istiqbolda
strategik maqsadlarga ogʻishmay erishish kabilar koʻp jihatdan moliyaviy
menejerning yoki korxonalar moliyasini boshqarishdagi mas’ul hodimlarning
vazifalari va majburiyatlarini aniqlab olishni taqozo etadi. Hozirgi kunda korxonalar
faoliyatini samarali boshqarishda moliyaviy menejerlar yoki korxona rahbarlari
oldida turgan asosiy vazifalardan biri, korxonalarning joriy va strategik maqsad,
vazifalarini aniq belgilash, tashqi muhitni taxlil qila olish, milliy va xalqaro
iqtisodiyotda roʻy berayotgan barcha oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda tegishli
xulosalarni shakllantirish hamda korxonalar faoliyatini tashqi iqtisodiy-ijtimoiy
muhitga mos holda muvofiqlashtirib borish kabilar hisoblanadi. Korxonalar
faoliyatini rivojlantirishda bunday muhim vazifalarni amalga oshirish, bevosita
moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmini yanada takomillashtirish va
mazkur sohadagi xorijiy davlatlarning tajribalaridan samarali foydalanishni taqozo
etadi. Moliyaviy boshqaruv mexanizmi - korporativ moliyani boshqarish
jarayonlarini tartibga soluvchi va amalga oshiruvchi asosiy elementlar tizimining
majmui hisoblanadi.
Moliyaviy boshqaruv mexanizmi korxonani dastlabki tashkil etish davridan
boshlab, ularni rivojlanish siklining barcha bosqichlarida moliyaviy boshqaruvning
alohida jihatlari va prinsiplarini e’tiborga olgan holda qarorlar qabul qilish, uning
samarali amalga oshirilishi, ijrosini ta’minlash hamda nazorat qilishni oʻz ichiga
qamrab oladi. Moliyaviy boshqaruv mexanizmini tashkil etish murakkab jarayon va
oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, bu jarayonda asosiy e’tibor talab qiladigan
jihatlar qatoriga korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, tashkiliy tuzilmasi, ishlab
chiqarish hajmi va koʻlami, mulkchilik shakli, korxonalar rivojlanish siklining qay
bosqichda ekanligi, faoliyat turlari kabilarni kiritishimiz mumkin. Albatta, xar bir
korxonaning ma’lum xususiyatlaridan kelib chiqqan holda unda moliyaviy
menejmentning oʻrni, roli va tashkil qilish shartlari oʻziga mos holda farqlanadi.
Korxonalarda moliyaviy menejment tizimi bevosita moliyaviy menejerning
|
| |