|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 391/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
388
AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISHDA PENSIYA TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISH
D.Sholdarov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Byudjet hisobi va
gʻaznachilik ishi” kafedrasi mudiri, PhD., dotsent
Soʻngi yillarda malakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan biri,
fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi siyosatni yanada jadallashtirish hamda
moddiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar hisoblanadi. Ushbu yoʻnalishdagi
islohotlarning huquqiy asosini tashkil etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni
tizimlashtirish va fuqarolarni huquqlarini himoya qiluvchi normalarni kuchaytirish
maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Pensiya ta’minoti darajasini oshirish keksalarning munosib turmushini
ta’minlashning muhim masalasidir. Pensiya darajasini inflyatsiya yoki oʻrtacha
daromadga mos ravishda muntazam ravishda yangilab turish ularning xarid
qobiliyatini saqlab qolish va pensionerlarning barqaror turmush darajasini
ta'minlashga yordam beradi. Eng kam pensiya miqdorini oshirish barcha
pensionerlar uchun asosiy himoyani ta'minlashi va ma'lum bir kambagʻallik
darajasidan pastga tushishning oldini olishi mumkin. Majburiy pensiya tizimiga
koʻproq ishchilarni kiritish yoki qoʻshimcha pensiya dasturlariga kirishni ta’minlash
orqali aholining pensiya ta’minotini kengaytirish pensiya ta’minotini yaxshilashga
yordam beradi.
Xodimlar, ish beruvchilar yoki hukumat tomonidan pensiya jamgʻarmalariga
toʻlanadigan badallarning oshishi pensiyalarni toʻlash uchun mavjud moliyaviy
resurslarni oshirishi mumkin. Shaxsiy pensiya hisoblari yoki uzoq muddatli
investitsiya rejalari kabi qoʻshimcha pensiya rejalarini yaratish va ragʻbatlantirish
jismoniy shaxslarga pensiya uchun qoʻshimcha mablagʻ toʻplashda yordam berishi
mumkin. Odamlarni faol boʻlishga undash va pensiyaga chiqishni kechiktirish
odamlarga pensiya jamgʻarmalarini oshirishga yordam beradi va qarilikda
qoʻshimcha moliyaviy ta'minotga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi.
Dunyoda aholi sonining koʻpayishi hamda oʻrtacha umr koʻrish yoshining
oshib borayotganligi kelajakda pensiya tizimida yangi xavotirlarni keltirib
chiqarmoqda. Bu esa, ma’lum bir islohotlarni amalga oshirish talabini qoʻymoqda.
Jumladan, pensiya yoshini oshirish, pensiyaga chiqish shartlarini qaytadan koʻrib
chiqish (pensiya tayinlash uchun talab etiladigan minimal stajni oshirish,
imtiyozlarni qisqartirish, pensiyalarni indeksasiyalashni takomillashtirish), davlat
pensiya ta’minoti tizimi mavjud mamlakatlar uchun pensiya xarajatlarini
qisqartirish, uch darajali pensiya tizimiga oʻtish, jamgʻarib boriladigan pensiya
tizimini takomillashtirish va boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir.
Oʻzbekistonda amalga oshirila yotgan pensiya islohotlari natijasida qayta
taqsimlanadigan pensiya tizimidan jamgʻariladigan pensiya tizimiga oʻtish
belgilangan. Qayta taqsimot jarayonlarining bekor qilinishi aholi qarishi
jarayonining pensiya tizimi moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sirini yumshatishga
olib keladi. Pensiyaga chiquvchilar tomonidan jamgʻarilgan kapitalga ehtiyojning
yoʻqligi sababli ularni jamgʻarish, investisiyalashga yoʻnaltirish imkoniyati paydo
|
| |