|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 399/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
395
agentligi hisobiga oʻtkazilishi bunga sabab boʻlgan.
Demak, shuni alohida ta’kidlash mumkinki, mamlakatimizda davlat
ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarining asosiy qismi Toshkent shahrida faoliyat
olib bormoqda. Ya’ni, boshqa soʻz bilan aytganda, ustav kapitalida ishtirok etish
boʻyicha davlat va korporativ tuzilmalar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik koʻlami
Toshkent shahrida boshqa xududlarga qaranganda ancha yuqori ekanligini qayd
etish mumkin.
Davlat aktivlar tizimi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida juda muhum rol
oʻynaydi. Chunki bu boshqaruv tipidagi korxonalari davlat budjeti tarkibida katta
ulushga ega. Mamlakat iqtisodiy qudrati va xalq farovonligi bilan bogʻliq
tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishda muhim oʻrin egallaydi. Shu bois,
davlat aktivlarini samarali boshqarsih strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlar
qatoriga kiradi.
Mamlakatimizda davlat aktivlarini boshqaruv tizimda korporativ moliyani
samarali tashkil etishning asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlib, korxonalarda soliqlarni
rejalashtirish va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash hisoblanadi.
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish jarayonida belgilangan vazifalarga korxona
moliyaviy masalalar boʻyicha rahbarlarining qat’iy amal qilishi hamda uni amalga
oshirish ketma-ketliklariga alohida e’tibor qilishi faoliyat samaradorligini
ta’minlaydi. Bu oʻz navbatida korxonalar moliyaviy holatining barqarorlashishiga
hamda davlat byudjetiga soliq tushumlarining oʻz vaqtida hamda toʻliq tushishiga,
oxir oqibatda mamlakat moliya tizimi barqarorligining ta’minlashga xizmat qiladi.
ХЎЖАЛИК ЮРИТУВЧИ СУБЪЕКТЛАРДА ҲИСОБ СИЁСАТИНИ
ТУЗИШНИНГ АҲАМИЯТИ
Ж.Сайфуллоев, Тошкент давлат иқтисодиёт университети мустақил
изланувчиси
Бошқарув ҳисоби хўжалик юритувчи субъектлар раҳбарияти томонидан
қарорлар қабул қилиш учун зарур бўлган фаолият тўғрисида объектив
маълумотларни тўплаш, қайд этиш, умумлаштириш ва тақдим этиш тизими
ҳисобланади. Хўжалик юритувчи субъектларнинг таркибий тузилиши ва
бошқарув ҳисоби тизимини жорий этиш туфайли корхонанинг молиявий-
иқтисодий ҳолатини таҳлил қилиш, ресурсларни тақсимлаш, харажатларни
оптималлаштириш ва молиявий кўрсаткичларни яхшилаш мумкин бўлади.
Бошқарув ҳисобининг предмети корхонанинг бутун ва алоҳида таркибий
бўлинмалари бўйича хўжалик фаолияти ҳисобланади. Бошқарув ҳисобининг
объекти эса бутун корхона учун ҳам, таркибий бўлинмалар учун ҳам
ҳисобланади.
Бошқарув
қарорларини
қабул
қилишда
бухгалтерия
ҳисоби
маълумотларини таҳлил қилиш асос бўлади. Таҳлил бошқарув ҳисоби
доирасида амалга оширилади. Бошқарув жараёнида қабул қилинган
қарорларнинг самарадорлиги ахборотларнинг сифати ва тезкорлигига боғлиқ
бўлиб, улар бошқарув ҳисобида шаклланади.
Бошқарув ҳисоби хўжалик юритувчи субъектда мавжуд вазиятни акс
|
| |