“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
394
3
Davlat ishtirokidagi
AJlarda oʻrtacha UK
miqdori
x
155,5
138,2
83,8%
4
Davlat ishtiroki mavjud
boʻlmagan AJlarda
oʻrtacha UK miqdori
x
11,8
-
-
JAMI
659
30463,50
21830,47
71,66%
1-jadval ma’lumotlariga koʻra bugungi kunda mamlakatimizda 659 ta
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritadi. Ushbu aksiyadorlik jamiyatlaridan 158
tasining ustav kapitalida turli darajada davlatning ishtiroki mavjud. Ya’ni, qolgan
501 ta aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida davlatning ishtiroki mavjud emas.
Shuningdek, ushbu ma’lumotlarga muvofiq, 659 ta aksiyadorlik jamiyatlaridagi
umumiy ustav kapitali 30463,50 mlrd. soʻmni tashkil etadi. Shundan davlat ishtiroki
mavjud boʻlgan 158 ta aksiyadorlik jamiyatlari umumiy ustav kapitali 24567,95
mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu ustav kapitalining 21830,47 mlrd. soʻm miqdordagi
qismi davlat ulushiga toʻgʻri keladi. Ustav kapitalida
davlat ishtiroki mavjud
boʻlmagan 389 ta aksiyadorlik jamiyatlarida umumiy ustav kapitali miqdori 2881,3
mlrd. soʻmni tashkil etadi. Ushbu ma’lumotlar oʻz navbatida,
davlat ishtirokidagi
aksiyadorlik jamiyatlari boʻyicha oʻrtacha ustav kapitali miqdori 155,5 mlrd.
soʻmni, davlat ishtiroki mavjud boʻlmagan aksiyadorlik jamiyatlari boʻyicha esa
oʻrtacha ustav kapitali miqdori 11,8 mlrd. soʻmni tashkil etishini koʻrsatadi. Bu oʻz
navbatida, davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlaridagi oʻrtacha ustav kapitali
miqdori davlat ishtiroki mavjud boʻlmagan aksiyadorlik jamiyatlaridagi oʻrtacha
ustav kapitali miqdoriga qaraganda 13 (155,5/11,8)
barobardan ortiq ekanligini
koʻrsatadi. Shuningdek, davlat ishtirokidagi aksiyadorlik
jamiyatlari ustav
kapitalida davlat ulushi oʻrtacha 83,8%ni tashkil etadi. Ushbu miqdor bugungi
kunda mamlakatimizdagi jami aksiyadorlik kapitaliga nisbatan 71,66%ni
tashkil
etadi. 223 AJ ustav fondidagi davlat ulushi esa 149 417,3 mlrd. soʻmni yoki 83,8
foizni tashkil etadi.
Davlat va xususiy sektor hamkorligida tashkil etilgan aksiyadorlik
jamiyatlarining xududlar kesimida taqsimlanish holatini oʻrganib
chiqish mazkur
ilmiy tadqiqot ishimizning mohiyatini yanada yoritib berishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
2023 yilning 1 mart holatiga koʻra, ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan
aksiyadorlik jamiyatlari soni 2 taga kamaydi va 220 tani yoki AJlar umumiy
sonining 35,9 foizini tashkil etadi. Davlat ulushining hajmi 88,4 mlrd. soʻmga
kamaydi va 134 415,9 mlrd. soʻmni yoki umumiy hajmning 75,4
foizini tashkil
etmoqda. Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligining ulushi - 53,7 foizni, Tiklanish
va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushi - 22,9 foizni, Davlat aktivlarini boshqarish
agentligining ulushi - 22,4 foizni, boshqa davlat organlarining ulushlari esa - 1,0
foizni tashkil etadi. 2023 yilning fevral oyi yakunlariga koʻra Iqtisodiyot va moliya
vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
ulushlarida sezilarli
oʻzgarishlar qayd etildi, bir qator aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitallaridagi jami
21 142,9 mlrd. soʻm miqdorning yoki aksiya chiqarilishlari umumiy hajmining 15,7
foizini tashkil etadigan ulushlarning Iqtisodiy moliya vazirligidan Davlat aktivlari