|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 397/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
393
Список использованной литературы
1. Николас Дирксен, Джеймс Мартин «Цифровая трансформация: как
переосмыслить бизнес в эпоху цифровых технологий»
2. Цифровое преобразование и экономический рост: обзор литературы
(Журнал информационных систем и управления, 2021)
3.
Влияние
цифровых
технологий
на
экономическую
производительность: эмпирическое исследование (Журнал прикладной
эконометрики, 2020)
OʻZBEKISTONDA DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALAR
FAOLIYATINING JORIY HOLATI
Gʻ.Madakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
tinglovchisi
Davlat mulkini boshqarish shaxslar va davlat idoralari tomonidan
qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlar doirasida davlat mulkika egalik,
foydalanish, tasarruf etish va mulkka bogʻliq boʻlgan boshqa vazifalarini bajarish
hisoblanadi. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda olib borilayotgan iqtisodiy
islohotlarda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi va
aktivlarini xususiy investorlarga sotish hisobidan respublika iqtisodiyotida xususiy
mulkning darajasi va rolini tubdan oshirish, ular faoliyatiga xorijiy investitsiyalarni
jalb etishni kengaytirish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga katta
e’tibor qaratilmoqda. Bu, oʻz navbatida aksiyadorlik jamiyatlarida ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash hamda ularning ichki va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini
oshirishga zamin yaratadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida bugungi kunda
mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ishtiroki
holati xususida atroflicha toʻxtalib oʻtamiz.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini ularning
ustav kapitalida davlatning ishtirokiga qarab, ikki guruhga ajratishimiz mumkin,
ya’ni davlat ishtirokdagi aksiyadorlik jamiyatlari va davlat ishtiroki mavjud
boʻlmagan aksiyadorlik jamiyatlari. Bunday tasnif boʻyicha amaldagi holat va
ularning ustav kapitali haqidagi ma’lumot quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval).
|
| |