|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 441/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
434
muammolar saqlanib qolmoqda. Shundаn kеlib chiqqаn hоldа bu bоrаdа
qоnunchilik hujjаtlаri muntаzаm rаvishdа tаkоmillаshtirilib, kоrpоrаtiv tuzilmаlаr
fаоliyаtini rivоjlаntirish mаsаlаsigа jiddiy e’tibor qaratish lozim.
OʻZBEKISTONDA EXPORT-IMPORT HAJMINING IQTISODIY
OʻSISHGA TA’SIRI
M.Xudoyqulov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
Ilmiy rahbar: X.Asatullayev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
professori
Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar Export tarkibi
iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni
bilan bogʻliq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa,
mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar export qilish xos boʻlsa, qoloq agrar
iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlar exportida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol
oʻynaydi. Har qanday davlat uchun export-import va chet ellarda boshqa xarajatlarni
toʻlash uchun zarur boʻlgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi
iqtisodiy siyosatida exportni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat
eksport uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllabquvvatlashning turli
shakllarini keng qoʻllaydi.
1-rasm. 2023-yilga nisbatan export va import oʻsishi
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo
aylanmasi 35 mlrd dollarni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi oʻtgan yilning mos
davriga nisbatan 23,3 foizga oʻsgan. Joriy yilning 7 oyida davomida eksport
hajmi 15 mlrd
dollar hamda import hajmi 20 mlrd dollarni
tashkil etgan. Eksport
hamda import hajmining oʻsish suratlari mos ravishda 31 foiz hamda 18,1
foizni tashkil etgan boʻlib, yanvar-iyul oylarida tashqi savdo defitsiti 5 mlrd
dollarni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, 2022-yilning mos davrida tashqi savdo
|
| |