|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 442/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
435
defitsiti 5,5 mlrd dollarni tashkil etgan edi.
Oylik tashqi savdo koʻrsatkichlarida bir muncha oʻzgarishlarga guvoh boʻlish
mumkin. Xususan, iyun oyida umumiy import hajmida qisqarish kuzatilgan boʻlsa
iyul oyiga kelib import hajmi yana yuqori suratlarda oʻsgan. Xususan, iyun
oyida import hajmida 29 foizlik qisqargan holda, iyul oyiga kelib import
hajmida 25 foizlik oʻsish kuzatilgan.
Iyul oyida eksport hajmida ham yuqori oʻsish suratlari qayd etilgan boʻlib, bu
holat iyul oyida amalga oshirilgan oltin eksporti bilan izohlanadi. Iyul oyida eksport
hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 83 foizga oʻsganligini kuzatish mumkin.
Ta’kidlash kerakki, iyul oyida 1,3 mlrd dollar qiymatdagi oltin eksporti amalga
oshirilgan. Oltinsiz eksport hajmi esa iyul oyida oldingi oy bilan taqqoslaganda
oʻzgarishsiz qolgan. Xususan, iyun oyida oltinsiz eksport 16 foizga oʻsgan boʻlsa
iyul oyiga kelib oʻsish koʻrsatkichi 1 foizni tashkil etgan xolos.
Oʻzbekistonning 2010-yildan 2023-yilgacha boʻlgan Davlat export-import
hajmida va tashqi savdo aylanmasida juda katta oʻzgariswhlarni koʻrishimiz
mumkin
.
Shuningdek,Oʻzbekistonda export va import hajmi oshirish va rivojlantirish
maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga moʻjallangan
“Taraqqiyot
strategiyasi”da
ham
muhim
maqsad
va
vazifalar
qoʻyilgan.Jumladan,taraqqiyot
strategiyasining
28-maqadiga
muvofiq,
Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport
hajmlarini 30 milliard AQSh dollariga yetkazish. Eksportchi korxonalar faoliyatini
qoʻllab-quvvatlash tizimini faol davom ettirish orqali respublika eksport salohiyatini
oshirish. Mavjud imkoniyatlarni toʻliq ishga solgan holda mahalliy sanoat
tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish. Tashqi bozor va xalqaro
talablarga javob beradigan standartlarni joriy etish va mashhur brendlarni jalb qilish.
Xususiy sektorning eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish.
Avtotransport vositalari eksportini 3 baravarga oshirish va 1 milliard AQSh
dollariga yetkazish. Turizm, transport, axborot-kommunikatsiya, jumladan dasturiy
ta’minotlar va boshqa xizmatlar eksportini 1,7 baravarga oshirish yoki 4,3 milliard
AQSh dollariga yetkazish. Eksportchi korxonalarga koʻrsatilayotgan tashkiliy va
moliyaviy yordam berish tizimini takomillashtirish. Eksport tarkibida tayyor va
yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 baravar koʻpaytirib, Yevropa davlatlariga
GSP+ tizimi doirasida tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish. Mahalliy ishlab
chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy
davlatlarga chiqarishda koʻmaklashish tizimini takomillashtirish hisobiga eksportchi
korxonalar sonini hozirgi 6 500 tadan 15 000 taga, tovarlarning eksport
geografiyasini 115 tadan 150 taga yetkazish kabi maqsadlar yuklatilgandir.
Olib borilayotgan tadqiqot va harakatlarga tayanib shuni xulosa qilish
kerakki,Oʻzbekistonda export hajmini oshirish natijasida davlatning valuta kursini
koʻtarilishini qoʻllab quvvatlash va jahon bozorida oʻz mavqeiga ega boʻlish
targetlarini amal oshirish yetarlicha shart-sharoitlarni yaratish zarur. Shu bilan birga,
mamlakat iqtisodiyotiga chet el valyutasi oqiminining yana boshqa manbalari, ya’ni
xorijdagi migrantlarning pul oʻtkazmalari va boshqalarning koʻpayishi tabiiy
|
| |