“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
444
bilan ta’minlash hamda potensial shoklar natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan
yoʻqotishlarni qoplash uchun yetarli darajada kapital bilan ta’minlanganini
koʻrsatdi. 2022 yil yakuniga koʻra esa, tijorat banklarining kapital monandligi
koeffitsienti 0,3 foiz bandga oshgan.
Oʻsish omillari sifatida banklar kapitalining miqdor
jihatdan oshgani hamda
tavakkalchilikka tortilgan aktivlarni (TTA) hisoblash metodologiyasiga kiritilgan
tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni keltirish mumkin. Bank aktivlar oʻsishini
moliyalashtirish va koʻzda tutilmagan yoʻqotishlarsiz majburiyatlarining oʻz vaqtida
bajarilishini ta’minlash imkoniyatini oʻzida aks ettiruvchi likvidlilikni qoplash
me’yori koeffitsienti 2022 yil yakunida 212 foizni tashkil qildi va 2021
yilga
nisbatan 22 foiz bandga yuqori boʻldi. Shuningdek, 2022 yilda xorijiy valyutadagi
likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsienti 2021 yildagi keskin pasayishdan soʻng 35
foiz bandga oshib, 202 foizga yetgan. Oʻzbekistonda kreditlash hajmining yuqori
oʻsish sur’ati va YaIM oʻsish sur’atlarining deyarli
bir maromda shakllanishi,
mamlakatda ushbu koʻrsatkichning oʻzgarishsiz qolishiga sabab boʻlgan. Bank
tizimida kreditlar va depozitlar boʻyicha konsentratsiyalashuv darajasini ifodalashda
qoʻllanilgan HH indeksi ushbu koʻrsatkichlarda pasayuvchi tendensiyani koʻrsatdi.
Bu esa, tijorat banklarining asosiy faoliyat turlari boʻyicha raqobatlashuv darajasi
ortayotganligidan dalolat bermoqda. Xususan, tijorat banklari tomonidan ajratilgan
kreditlar boʻyicha HH indeksi oʻrtachadan past konsentratsiyalashuv darajasiga
yaqinlashib bordi hamda 2023 yil 1 iyul holatiga 1006 ni tashkil etdi. Ushbu ijobiy
oʻzgarishni yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlarda yirik
banklar ulushi nisbatan
yuqori shakllanib qolayotgan bir vaqtda, chakana kreditlar bozorida raqobat
muhitining ortib borayotgani bilan izohlash mumkin.
2023 yilning 1 iyul holatiga koʻra, kreditlar qoldigʻining depozitlar qoldigʻiga
nisbatan 2 baravardan yuqori boʻldi hamda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 23
foiz bandga oshdi. Mazkur oʻsish banklar kreditlarni
moliyalashtirishda
depozitlardan koʻra, boshqa manbalardan foydalanayotganligi bilan izohlanadi.
Bank tizimi boʻyicha kreditlar va depozitlar hajmi orasidagi farq kengayib bordi.
Bunda, 2023 yil 1 iyul holatiga ushbu farq 221 trln soʻmni tashkil etdi hamda oʻtgan
yilning mos davriga nisbatan 39 foizga oshdi. Joriy yilning 1 iyul holatiga aktivlar
ulushi boʻyicha yirik banklarda kreditlarning oʻsish sur’ati depozitlarning oʻsish
sur’atiga nisbatan yuqori boʻlgan (1-jadval).