“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
445
Jami
depozitlar
214,1
83,5
39%
242,1
73,4
30%
10%
Jami kapital
0,8
0,3
0,4%
0,98
0,39
0,4%
22%
*
(devalvatsiyani hisobga olmagan holda) foizda
Raqamli bank xizmatlarining ortishi va xususiy banklar tomonidan jozibador
omonat turlarining taklif etilishi natijasida depozitlar bozorida yuqori raqobat muhiti
shakllanmoqda. Jumladan, 2023 yil 1 iyul holatiga tijorat banklari tomonidan jalb
qilingan depozitlar boʻyicha HH indeksi 665 ni tashkil etib,
bank tizimida past
konsentratsiyalashuv darajasi mavjudligini koʻrsatdi. Bunda, jami jalb etilgan
depozitlarning 48 foizi xususiy banklar hissasiga toʻgʻri kelib, oʻtgan
yilning mos
davriga nisbatan 13 foiz bandga yuqori boʻlgan.
Soʻnggi yillarda tijorat banklari kredit portfelida avtokreditlar ulushi keskin
ortib bormoqda. Bu holat kelgusida ichki va tashqi omillar ta’sirida avtoulov
narxlarining keskin pasayishi oqibatida banklarda yirik kredit yoʻqotishlarini keltirib
chiqarishi mumkin. Iqtisodiy inqiroz sharoitida aholi
daromadlarining tushishi
avtoulovlarga boʻlgan talabni kamaytirishi tufayli narxlarning keskin pasayishi
kuzatilishi mumkin.
Bunday holatda, banklar kredit yoʻqotishlarini garov sifatida
olingan avtoulovlarni sotish orqali qoplay olmasligi mumkin. Uy xoʻjaliklari
oʻrtacha daromadidan kelib chiqqan holda avtokredit asosida
avtoulov sotib olish
imkoniyatlarini ifodalash maqsadida Avtoulov xarid qilish qobiliyati indeksi ishlab
chiqildi. 2022 yildan boshlab ushbu indeks pasayish tendensiyasiga ega boʻldi.
Shuningdek, 2023 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra, aholining oʻrtacha
hisoblangan nominal oylik ish haqi yillik oʻsish sur’ati 22 foizni tashkil etishiga
qaramay, joriy yil birinchi yarim yilligida indeks oʻzining pasayish tendensiyasini
saqlab qoldi. Bu esa, oʻrtacha daromadga ega aholining
avtoulov xarid qilish
qobiliyatini pasayganidan dalolat beradi.