“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
448
bormoqda va natijada moliyaviy risklarni boshqarish kompaniya rivojlanishining
asosiy omillaridan biriga aylanmoqda. Shu sababli, risklarni
boshqarish tizimini
yaratish moliyaviy menejerlar uchun ustuvor vazifalardan biridir. Mamlakatimizda
xalqaro kapital bozoridan moliyaviy resurslarni jalb qilish orqali aksiyadorlik
jamiyatlarini qoʻshimcha moliyaviy resurslar bilan ta’minlash hamda xalqaro
suveren kredit reytingini oshirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Aksiyadorlik
jamiyatlarining xalqaro moliya bozori ishtirokchilariga aylanishi ularning xalqaro
integratsiyalashuv jarayonlarini oshirish bilan birga ishlab chiqarish jarayonlariga
innovatsion texnologiyalarni joriy etish imkoniyatini yanada oshiradi.
Moliyaviy risk - moliyaviy resurslarni yoʻqotish yoki foydaga erisha olmaslik
ehtimoli. Oʻzining hususiyatiga koʻra moliyaviy
risklar spekulyativdir, shuning
uchun biznes egalari yoki menejerlarining qarorlariga qarab, ular ijobiy yoki salbiy
natijaga olib kelishi mumkin. Bunday yoʻqotishlarning eng yuqori ehtimoli shubhali
operatsiyalarda. Ularning ta'siri 2 ta asosiy yoʻnalishda namoyon boʻladi: korxona
xoʻjalik operatsiyalarining rentabellik darajasini shakllantirish; yoʻqotishlar darajasi
yoki bankrotlik riski. Mahalliy biznes sharoitlarini tahlil qilish asosida bozor, kredit
va valyuta risklari eng xavflilari qatoriga kiradi, degan xulosa kelish mumkin.
Shunday qilib, bozor sharoitida oldindan aytib boʻlmaydigan oʻzgarishlar va
ikkinchi tomonning toʻlov qobiliyatini yoʻqotish ehtimoli yuqori.
Bu kabi
jarayonlarni boshqarish mexanizmini soddalashtirishning muhim shartlaridan biri
sifatida xalqaro boshqaruv standartlarini joriy etish hisoblanadi.
Korxona uchun moliyaviy risklar boshqarish risk-menejmenti nazariyasidan
kelib chiqadigan 7 ta asosiy tamoyilga asoslanadi. Unga koʻra,
barcha mumkin
boʻlgan ehtimolli hodisalar va ular bilan bogʻliq moliyaviy yoʻqotishlar bir-biridan
mustaqildir. Shuning uchun ularni alohida minimallashtirish yaxshidir. Bundan
tashqari, agar mumkin boʻlgan yoʻqotishlar miqdori operatsiyadan kutilgan
daromaddan oshsa, uni amalga oshirmaslik yaxshiroqdir.
Xorijiy va mahalliy
iqtisodchi olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarga asosananib moliyaviy
risklarni boshqarishning quyidagi asosiy tamoyillarini keltirib oʻtish mumkin:
-
qabul qilingan moliyaviy risklarni boshqarish imkoniyatining mavjudligi;
-
ayrim risklarni boshqarishning mustaqilligi;
-
boshqaruvning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi;
-
korxona moliyaviy strategiyasini hisobga olish;
-
moliyaviy operatsiyalar boʻyicha daromadlilik darajasiga muvofiqligi;
-
biznesni moliyaviy imkoniyatlariga mos kelishi;
-
vaqt omilini hisobga olish.
Moliyaviy risklarni tamoyillaridan kelib chiqqan holda, ularning hususiyatlari
doir quyidagi xulosalarni keltirib oʻtish mumkin. Moliyaviy risklar portfeli ob'yektiv
va sub'yektiv tabiatidan qat'i nazar, boshqaruv jarayonida zararsizlantirilishi
mumkin boʻlgan risklardan iborat boʻlishi kerak. Boshqarib boʻlmaydigan risklarni
amaliyotda foydalanish yoki tashqi sugʻurtalovchi yoki biznes sheriklariga oʻtkazish
mumkin. Qabul qilingan risklar darajasini bajarilgan operatsiyalarning rentabellik
darajasi bilan taqqoslash. Bu tamoyil moliyaviy menejmentda asosiy hisoblanadi.
Aniqroq aytadigan boʻlsak, kompaniya faqat moliyaviy
operatsiya natijasida