“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
456
1-rasmda 2022-yilda iqtisodiyotda innovatsiyalarni joriy etgan tarmoqlar
tahlil
qilingan boʻlib, umumiy holatda 7 ta tarmoqqa boʻlingan. 2021-yilda
innovatsiyalarni joriy etgan korxonalar iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha tahlil
qilinganda eng yuqori ulush ishlab chiqarish sanoatida kuzatilib, 44,2 foizni tashkil
etgan. Shuningdek, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi 2,3 foiz, qurilish sohasi 6,2
foiz, axborot va aloqa sohasi 4,2 foiz, kasbiy, ilmiy va texnik faoliyat sohalari 1,7
foiz, taʼlim sohasi 1,2 foiz, iqtisodiy faoliyatning boshqa turlari 40,2 foizni tashkil
etishgan. Yuqorida ta’kidlangan sohalar orasidan ta’lim, kasbiy,
ilmiy va texnik
faoliyat, axborot va aloqa sohalarida innovatsiyalarni
joriy etish umumiy
tendensiyaga nisbatan pastligini ijobiy holat sifatida baholab boʻlmaydi.
Mazkur
sohalarda innovatsiyalarni kuchaytirish kelajak
iqtisodiyotning qanchalik
rivojlanishini belgilab beradi, deyishimiz mumkin.