|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 461/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
455
baholanayotganda qarz mablagʻlaridan foydalanish samaradorligi emas balki
xususiy kapitalning miqdori asosiy omillardan biri sifatida yondashiladi.
Fikrimizcha, moliyaviy menejmentning konsepsiyalariga tayangan holda sugʻurta
kompaniyalari reytingini aniqlashda nafaqat xususiy kapital miqdori balki qarz
kapitalidan foydalanish samaradorligini baholash amaliyotini joriy etish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-
2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi” PF-60-
son Farmoni
2. Begmatova Sh.A. Innovatsion tadqiqotlarni venchur moliyalashtirishni
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash//Iqtisod va moliya 2019, 9(129).
3. Nosirov J.T.
Sugʻurta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini
ta’minlash amaliyotini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori
(PhD) dissertatsiyasi avtoreferati – TDIU – 2021 y.
4. https://imda.uz/oz/2022-yillik-korsatkichlar/ - Oʻzbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi.
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSIYALARDAN
FOYDALANISH JORIY HOLATI
J.Razoqov, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
Ilmiy rahbar: S.Omonov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti PhD
Mamlakatimizdagi korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil etish
korxonalarning iqtisodiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
sababli mamlakatimizdagi korxonalarda innovatsion faoliyatni samarali tashkil
etish, innovatsiyalarni korxonalarda joriy etishga ma’lum darajada e’tibor
qaratilmoqda. Innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda innovatsiyalarni
sohalarga tatbiq etish jarayonining natijalarini mamlakatimiz miqyosida quyida
tahlil qilib oʻtamiz.
|
| |