“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
454
1-jadval
Kompaniyalar xususiy kapitalini yetarliligini miqdoriy baholash
koʻrsatkichlari
334
№
Xususiy kapitalning yetarlilik darajasi (CAR)*
Baholash koʻrsatkichlari
1
˂ 0
Yetarli emas
2
0 dan 25% gacha
Normal
3
26 dan 50% gacha
Yaxshi
4
51 dan 75% gacha
Ishonchli
5
˃ 75%
Yuqori
*ingliz tilidagi nomlanishi CAR-Capital Adequacy Ratio boʻlib, xususiy kapitalning mavjud qarzdorliklarni qoplash
uchun yetarlilik koeffitsientini baholaydi.
3.
Xususiy kapitalni
aylanuvchanlik koeffitsienti, tahlil qilinayogan davr
mobaynida sugʻurta kompaniyalarining xususiy
kapitalini aylanish tezligi
(davriyligi) va undan foydalanish samaradorligini koʻrsatadi:
jami daromadlar/
xususiy kapitalning xisobot davridagi oʻrtacha qiymati.
Mazkur koʻrsatkichning oʻzgarish tendensiyasiga qarab aksiyadorlar,
mulkdorlar kiritgan sarmoyasidan foydalanishning samaradorligini baholashlari
mumkin. Ushbu jarayonda nafaqat kapital egalari
balki kompaniya faoliyat
jarayonida shakllantirilgan kapitaldan foydalanish samaradorligini baholanishi
mumkin. Oʻz navbatida mazkur koeffitsientning chegaraviy miqdorlari boʻyicha
gapiradigan boʻlsak, aniqlangan
natija qancha yuqorilab borsa, sugʻurta
kompaniyani rivojlanish tendensiyasiga ega degan xulosaga kelish mumkin.
Aksincha, ushbu koeffitsientni qiymati kamayib boradigan boʻlsa, xususiy
kapitalning aylanuvchanligi sekinlashib boradi. Bunday
vaziyatda kapital egalari
ushbu sohaga kiritilgan sarmoyani boshqa muqobil yoʻnalishga kiritib yuqori
daromadlilikka ega boʻlish borasida qaror qabul qilishlari lozim boʻladi.
4. Xususiy kapitalni rentabellik koeffitsienti kompaniya muldorlari tomonidan
kiritilgan kapitaldan foydalanish samaradorligini koʻrsatadi: soliq toʻlagunga qadar
foyda/xususiy kapitalning xisobot davridagi oʻrtacha qiymati.
Investorlar tomonidan mazkur koeffitsient boʻyicha
aniqlangan natija, ular
tomonidan muqobil variantlar yoki boshqa aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli
qogʻozlariga sarmoya qiritish orqali olingan daromadlarni
qiyoslash imkonini
beradi.
Ta’kidlashimiz kerakki, bozor munosabatlari sharoitida aksariyat
kompaniyalar oʻz mablagʻlaridan tashqari chetdan mablagʻlar shakllantirish orqali
faoliyatlarini amalga oshiradi. Albatta, tashqi manbalar hisobiga qoʻshimcha
manbalarni shakllantirish qoʻshimcha investitsion
imkoniyatlarni oshirsada,
kompaniya uchun majburiyatlar boʻyicha risk darajasini xam oʻsishiga olib keladi.
Fikrimizcha, aynan sugʻurta kompaniyalari uchun toʻlovga qobillikni
ta’minlashda xususiy kapitalning miqdori qarz majburiyatlaridan yuqori boʻlishi
afzal hisoblanadi, ya’ni xususiy kapital xajmi qarz kapitalidan yuqori boʻlishi lozim.
Yana bir jihatga e’tibor qaratish lozimki, sugʻurta kompaniyalari reytingini aniqlash
milliy va xalqaro amaliyotda xam kapital bilan bogʻliq koʻrsatkichlar
334
Nosirov J.T.
Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirish.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati – TDIU – 2021 y.