“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
450
4. Liu, J., Nissim, D.,
and Thomas, J. «Is Cash Flow King in Valuations»?
Financial Analyst Journal, 2007 Vol 63, Issue 2, pp.56-65.
XUSUSIY BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA XIZMATLAR EKSPORTINI
AMALGA OSHIRISH IMKONIYATLARI
A.Alimjanov, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
Xizmatlar sohasining rivojlanishi hozirgi zamon iqtisodiyotida muhim
ahamiyat kasb etadi. Xizmatlar
sohasida ilmiy bilimlar, nomoddiy shakldagi
toʻplamlar, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik faoliyati
integratsiyasi kabi
iqtisodiy oʻsishning asosiy omillari shakllanmoqda. Iqtisodiyotning ushbu sektori
turli xil faoliyat turlarini oʻz ichiga olib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga
yordam beradi. Ushbu faoliyatning yakuniy
natijasi tayyor mahsulot emas, balki
koʻrsatilgan xizmatlardir. Xizmatlar nafaqat korxonalarga, balki jismoniy shaxslar -
yakuniy iste'molchilarga ham koʻrsatilishi mumkin.
Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va an'anaviy xizmatlarni
rivojlantirish
boʻyicha aniq maqsadli kompleks chora-tadbirlarni
amalga oshirish ishlab
chiqarilgan bozor xizmatlar hajmini oshishiga olib keladi. Shu sababli bugungi
kunda mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini yoʻlga
qoʻyish muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Mazkur yoʻnalishni rivojlantirish
maqsadida qator choralar amalga oshirilishi belgilangan. Xususan, raqamli
texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarning
jahon bozorlariga
chiqish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, raqamli texnologiyalarni qoʻllagan
holda
xizmatlar
eksporti
bilan
shugʻullanuvchi
xorijiy
kompaniyalarni
mamlakatimizga
keng jalb etish, sohada eksport hajmini oshirishga qaratilgan
qoʻshimcha
qoʻllab-quvvatlash
mexanizmlarini
joriy
etish,
shuningdek,
“Oʻzbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash
maqsadida quyidagilar belgilangan (1-rasm).