“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
53
hisobga olmadi. Oqibatda, havo va suvning ifloslanishi, resusrlarning oʻta darajada
kamayib ketishi, bialogik xilma xillikning yoʻqolishi, oziq-ovqat xavfsizligi kabilar
bilan bogʻliq boʻlgan muammolar muhim boʻlib qoldi. Koʻplab rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtacha yoki
yuqori darajadagi qashshoqlik, yirik
yashirin iqtisodiyot, zaif investitsiyaviy salohiyat, notoʻgʻri boshqaruv kabi tarkibiy
muammolarga duch kelishmoqda. Ushbu muammolarni hal qilish uchun yashil
iqtisodiyotga oʻtish samarali yechim hisoblanadi.
Mamlakatimizda ham soʻnggi yillarda yashil iqtisodiyotga alohida e’tibor
qaratila boshlandi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-
oktyabrdagi PQ-4477-son qarori bilan “2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston
respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi” tasdiqlandi[1]. Ushbu
strategiyada yashil investitsiyalarga alohida urgʻu
berilgan hamda yashil
investitsiyalarni qoʻllab quvvatlash boʻyicha “yashil” kreditlash, venchur
moliyalashtirish tizimini joriy etish, “yashil” fondlar, energiya tejamkorligi maxsus
fondlari va boshqa xuddi shunday mexanizmlar yaratish, “yashil”
iqtisodiyotga
oʻtish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishda xususiy sektorni faollashtirish,
shuningdek, “yashil” investitsiyalarga nisbatan bank tizimini ragʻbatlantirish, fiskal
(xazinaga oid) siyosat orqali davlat tomonidan “yashil” iqtisodiyotning barqaror
oʻsishini qoʻllab-quvvatlash kabi maqsadlar belgilangan.
Bundan tashqari, 2023-yil 5-mayda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining
““yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-156-son qarori qabul qilindi[2]. Qarorga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Energetika vazirligi va “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining elektr
energiyasini qayta tiklanuvchi manbalardan foydalangan holda ishlab chiqarilganini
tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikatlari tizimini bosqichma-bosqich joriy etilishi
koʻzda tutilgan.
Koʻplab xorijiy tadqiqotchilar tomonida yashil investitsiyalarga turlicha ta’rif
berilgan. Yashil investitsiyalar energiya boʻlmagan tovarlarni ishlab chiqarish va
iste'mol qilishni sezilarli
darajada kamaytirmasdan, issiqxona gazlari va havoni
ifloslantiruvchi moddalar emissiyasini kamaytirish uchun zarur boʻlgan
investitsiyalarni nazarda tutadi[3].
“Yashil investitsiyalar” - bu juda keng atama boʻlib, kengroq investitsiya
mavzusining kichik toʻplami yoki SRI (ijtimoiy mas’uliyatli investitsiyalar), ESG
(ekologik, ijtimoiy va boshqaruv investitsiyalari), barqaror,
uzoq muddatli
investitsiyalar yoki shunga oʻxshash boshqa investitsiya yondashuvlari bilan
chambarchas bogʻliq holda ishlatilishi mumki,[4].
Yashil investitsiyalar tabiiy muhitga ijobiy ta'sir koʻrsatadigan biznes
amaliyotlarini qoʻllab-quvvatlashga intiladi. Koʻpincha ijtimoiy mas'uliyatli
investitsiyalar (SRI) yoki ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG)
mezonlari bilan
guruhlangan yashil investitsiyalar tabiiy resurslarni saqlash, ifloslanishni
kamaytirish yoki boshqa ekologik ongli biznes amaliyotlariga qaratilgan
kompaniyalar yoki loyihalarga qaratilgan[5].
Ba’zi investorlar yashil obligatsiyalar, yashil birja fondlari (ETF), yashil indeks
fondlari, yashil investitsiya fondlarini sotib oladi yoki yashil tashabbuslarni qoʻllab-