|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
56
rivojlantirish va ulardan foydalanishga qaratilgan energiya inshootlari
84
.
Ijtimoiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlovchi hamda barqaror iqtisodiy oʻsish
uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlovchi transport tarmoqlari, suv ta’minoti va
irrigatsiya tizimlari, ta’lim va sogʻliqni saqlash muassasalari kabi infratuzilma
loyihalari ham shular jumlasidandir.
Ushbu obyektlarning maqsadi - atrof-muhit va jamiyat ehtiyojlari bilan
muvozanatlashgan uzoq muddatli iqtisodiy farovonlik uchun asos yaratish, shu bilan
barqaror rivojlanishni ta’minlashdir.
Ishlab chiqarish kuchlarining, shuningdek, logistika yoʻnalishlarining asosiy
negizi sanalgan xoʻjalik obyektlarini oqilona joylashtirishning eng muhim
amallaridan biri tabiiy muhit va uning resurslari boʻlib, ular ma’lum hudud
tabiatining oʻziga xosligi va tabiiy resurs salohiyati orqali ularni barpo etishga
bevosita ta’sir koʻrsatadi. Aynan bir vaqtning oʻzida, xoʻjalik va infratuzilmaviy
obyektlarni samarali joylashtirish tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishning
eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Mazkur dasturiamalga koʻra, Jizzax
hududida soʻnggi yillarda “Maxsus industrial zona” larning vujudga kelishi,
shuningdek, kichik sanoat tugunlarining barpo boʻlayotganligi mazkur sohaga
birmuncha e’tiborliroq boʻlishni talab etmoqda, chunki ular koʻlamining koʻpayishi
bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida alohida dolzarb masala
boʻlib, u ishlab chiqarishning katta samara berishini, hududlarning tabiiy-resurs
salohiyatidan avaylab-asrab, tejab-tergab foydalanish asosida yuqori foyda olishni,
aholi turmush tarzining me’yoriy ekologik sharoitlarini saqlash va yaxshilashni
ta’minlaydi.
Iqtisodiyotni yuksaltirish va modernizatsiya qilish sharoitida ishlab chiqarish
kuchlarini joylashtirish bilan bir paytda ularning logistika tarmogʻiga xizmat
qiluvchi har xil infratuzilmaviy obyektlarni barpo etishda quyidagi asosiy
tamoyillardan foydalanish muhimdir
85
:
|
| |