“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
59 
yaqindan tanish, mahalliy aholi bilan yaqindan hamkorlik qilishi lozim hisoblanadi. 
Qolaversa mamlakat ham xususiy tadbirkorlik sektorlarining barqaror rivojlanishga 
hissa qoʻshadigan loyiha va tadbirlarni moliyalashtirishni qoʻllab-quvvatlash kerak. 
Tijorat banklarini ham tartibga solish va ragʻbatlantirish choralari orqali barqaror 
rivojlanish loyihalarini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish kerak. Banklarni yer 
spekulyatsiyasini ragʻbatlantiradigan kreditlar berish yoki atrof-muhitga zarar 
etkazuvchi va ifloslantiruvchi faoliyatni moliyalashtirishni toʻxtatish uchun tegishli 
choralar koʻrish kerak. Mamlakatning hokimiyat tashkilotlari koʻkalamzorlashtirish 
ishlarini takomillashtiradi. Turli jamoat birlashmalari va jismoniy shaxslar 
tomonidan, bu davlat idoralari, maktablar, kasalxonalar, pochta boʻlimlari va boshqa 
jamoat binolari qurilishini koʻkalamzorlashtirishni oʻz ichiga oladi. Boshqa yashil 
xarajatlar atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan ofis uskunalari va materiallarini sotib 
olishni oʻz ichiga oladi. Misol uchun olib qarasak elektr energiyadan foydalanishda, 
tabiiy zahiralardan foydalanish ya’ni quyosh nurlari orqali quyosh bataryalaridan 
davlat tashkilotlari va korxonalar uchun foydalanish. Savdo siyosati yaxshi 
shakllantirilsa, Yashil iqtisodiyotga oʻtishni qoʻllab-quvvatlashda samarali vosita 
boʻlishi mumkin. Agar mamlakatda ishlab chiqilgan savdo siyosati mahalliy bozorni 
qondirish va eksport qilish uchun atrof-muhitga oid tovarlar va xizmatlar, 
texnologiyalarga investitsiyalar qilish uchun munosib sharoit yaratishi mumkin. 
Shuningdek, u xorijiy ekologik texnologiyalardan foydalanishni ragʻbatlantirishi 
ham mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, barqaror rivojlanishga barchaga mos 
keladigan yagona yondashuv yoʻq. Barqaror rivojlanishga erishish uchun yashil 
iqtisodiyot vositasi yoki vositasidan qanday foydalanishga mamlakatlar tayyor 
boʻlishi davlatlar tomonidan ishlab chiqilishi va loyihalashiga bogʻliq hisoblanadi. 
Bu mamlakatlarning yashil iqtisodiyotga oʻtishga tayyorlanish tezligi, ularning 
ustuvorliklari, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari va imkoniyatlariga asoslanishi kerak 
Iste’molchilarning ehtiyojining cheksiz oʻsishi natijasida sayyoramizning yoʻq 
qiladigan, turli xil fabrikalarning ishlashi ham tobora ortmoqda. Insonlar har doim 
koʻproq narsani hohlashlari sababli, bozor talabi va oʻsib borayotgan aholi yer 
yuzidan cheksiz foydalanishga olib keladi. Xulosa oʻrnida shuni aytioshimiz 
mumkinki biz qilayotgan yoki qilmayotgan har bir harakatimiz atrofimizdagi 
dunyoni shakllantiradi. Uning qay holatda shakllanishi va rivojlanishi yoki yoʻq 
boʻlib ketishi insonlarga bogʻliq hisoblanadi. Yashil iqtisodiyotga oʻtish turli xil sarf 
- harajatlarning kamayishini, atrof muhitni saqlab qolish imkonini, mamlaklatning 
tovar eksportini oshirish, xususiy tadbirkorlik yanada rivojlantirishga imkon 
yaratadi. Xorijiy texnologiyalarni keng joriy qilish va ish sifatini takomillashtirishga 
ham katta turtki boʻladi. Bunda texnologiyalar va innovatsion gʻoyalar bilan ishlay 
oladigan kadrlarga boʻlgan talabni ham tobora ortishiga sabab boʻladi desam 
mubolagʻa boʻlmaydi.

Download 8,74 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish