|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
75
koʻrsatmoqda
93
;
1-jadval
Rivojlangan mamlakatlarda yashil iqtisodiyotning qiyosiy tahlili
t.r
Mamlakatla
r nomi
Yashil iqtisodiyotning koʻrinishlari
Farqli jihatlarilari
1.
AQSh
Qayta tiklanadigan energiya
texnologiyalarini rivojlantirish,
yashil texnologiyalarga
investitsiyalar
Ekologiya sohasidagi
innovatsiyalar va startaplarni
kuchli qoʻllab-quvvatlash;
xususiy loyihalarni
moliyalashtirishning yuqori
darajasi
2.
Germaniya
Qayta tiklanadigan energiya
manbalariga oʻtish (Energevende
loyihasi), yuqori resurslar
samaradorligi
Kuchli davlat yordami, import
qilinadigan yoqilgʻiga
qaramlikni kamaytirishga
e'tibor
3.
Daniya
Shamol energetikasida yetakchilik,
energiya samaradorligining yuqori
darajasi
Qayta tiklanadigan energiya
manbalarini milliy tarmoqqa
integratsiyalashga e’tibor
qaratish; shamol energiyasidan
keng foydalanish
4.
Yaponiya
Energiya samaradorligi va
chiqindilarni kamaytirish
texnologiyalari, yashil oʻsish
strategiyasi boʻyicha innovatsiyalar
Toza texnologiyalar sohasida
intensiv tadqiqotlar va
ishlanmalar; atrof-muhitni
tartibga solish sohasida
strategik rejalashtirish
- Yaponiya energiya samaradorligi innovatsiyalariga e’tibor qaratmoqda va
uglerod chiqindilarini kamaytirish uchun texnologiyalarni ishlab chiqmoqda.
Mamlakatda ekologik innovatsiyalar va atrof-muhit sifatini yaxshilash orqali
iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantirishga qaratilgan yashil oʻsish strategiyasi faol
amalga oshirilmoqda.
Yondashuv va e’tibordagi bu farqlar har bir mamlakatga yashil iqtisodiyotga
global oʻtishga hissa qoʻshish bilan birga oʻziga xos ekologik va iqtisodiy
muammolarni samarali hal qilish imkonini beradi. Ushbu mamlakatlar tajribasi
shuni koʻrsatadiki, yashil iqtisodiyotga muvaffaqiyatli oʻtish uchun quyidagi
kompleks yondashuv zarur, xususan:
- tadqiqot va ishlanmalarga investitsiyalar kiritish toza texnologiyalar va
energiya sohasida texnologik taraqqiyotga erishishning asosiy elementi sanaladi;
- yashil iqtisodiyotga sarmoya kiritish uchun qulay muhit yaratish, shuningdek,
atrof-muhitga zararli ta’sirlarni kamaytirishga qaratilgan standartlar va qoidalarni
oʻrnatish uchun muhim ahamiyatga ega;
- xususiy investitsiyalar va innovatsiyalar yashil texnologiyalar va biznes
modellarini ishlab chiqish va joriy etishda muhim rol oʻynaydi;
93
Aynakulov M.A. Environmental awareness and environmental management as a factor of development // Арктика:
современные подходы к производственной и экологической безопасности в нефтегазовом секторе. – 2020. –
С. 19-21.
|
| |