|
«yengil sanoati texnologiyasi»
|
bet | 21/27 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #156593 |
Bog'liq Yengil sanoat Tikuvchilik4.1-rasm Andoza shakli.
Olingan namunalar t=20-250S haroratli 10 l suvda kir yuvish mashinasiga solinadi va yuvish vaqtida 70-800S li haroratdagi 0,5 l suvga 40 g xo’jalik sovuni va 10 g kalsiyli soda solinadi. Yuvilgan namuna rezinali valiklar orasidan o’tkazilib, siqiladi va kir yuvish mashinasida 20-250 S li 10 l toza suvda 2 minut davomida chayqaladi va yana siqiladi. Keyin, namuna tekislangan holatida =20; =65 foizli sharoitda 10 minut saqlanib turiladi (42-rasm).
4.2-rasm. Kir yuvish mashinasi
Ushlab turilgan gazlama namunasidagi ; ; tanda bo’yicha va ; -arqoq bo’yicha belgilar orasidagi masofa 1 mm aniqlik bilan o’lchaniladi. Natijada, alohida tanda va arqoq yo’nalishi bo’yicha olingan natijalarning o’rtacha qiymati topiladi.
bu yerda: -tanda va arqoq yo’nalishi bo’yicha belgilar orasidagi masofaning o’rtacha qiymati.
Har bir namuna uchun gazlamalarning kirishishi foizda, 0,01 foizgacha aniqligi bilan hisoblanadi va 0,1 foizgacha yaxlitlanadi.
bu yerda: va -gazlamalarning yuvishdan oldin va keyingi qalinligi, mm.
Ho’llashdan keyin gazlama o’lchamlarining o’zgarishini aniqlash. Toza va yarim junli paltolik va kastyumlik gazlamalarni ho’llashdan keyin o’lchamlarining o’zgarishi GOST 512-82 «Ho’llashdan keyin chiziqli o’lchamlarining o’zgarishini aniqlash uslubi» standarti bo’yicha aniqlanadi.
Sinash ishlarini olib borish uchun UTSH-1 (43-rasm) asbobidan foydalaniladi. Asbob vanna 1 dan va quritish kamerasi 5 dan iborat. Havoni qizdirish uchun kalorifer 3, havoni aylanishi uchun yesa shamollatgich 2 xizmat qiladi. Quritish asbobidagi havo haroratini tartibga keltirish uchun yelektrkontakli termometr 8 ishlatiladi. Undan tashqari, asbob namunani og’irligini aniqlash uchun tarozi 6, palla 7 va namunani joylashtirish uchun rama 4 dan tashkil topgan.
Sinash ishlari uchun namuna tanlash GOST 20566-75 standarti bo’yicha olib boriladi. Olingan namunaning o’lchami 250x250 mm bo’ladi.
|
| |