• 14- Laboratoriya ishi.. Mavzu: Tikuvchilik materiallarining yemirilishga chidamliligini o’rganish Ishning maqsadi
  • Topshiriqlar
  • Asosiy ma’lumot
  • «yengil sanoati texnologiyasi»




    Download 1,7 Mb.
    bet22/27
    Sana14.02.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #156593
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
    Bog'liq
    Yengil sanoat Tikuvchilik

    4.3-rasm. UTSH-1 asbobi.
    Sinash ishlari uchun ikkita namuna tanlanadi. Har bir namunani ho’llashdan oldin tanda va arqoq yo’nalishi bo’yicha belgi qo’yib chiqiladi va namunaning og’irligi 0,2 g dan ko’p bo’lmagan xatolik bilan aniqlanadi.
    To’g’rilangan namuna 0,5 g/dm3 dagi suvli vannaga solinadi. Suv harorati 18-250S bo’ladi. Namuna ustidagi suv qatlami 20 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Har bir namuna vannaga 5 min oralig’ida solinadi. 60 minutdan keyin namuna olinib quruq sochiqqa tekis holatida qo’yiladi va ustki qatlami shu sochiq bilan yopiladi. Keyin, qisilmagan g’ildirakdan tanda yo’nalishi bo’yicha bir marta, arqoq yo’nalishi bo’yicha ham bir marta o’tkaziladi. Namunani boshlang’ich vazniga keltirish uchun 3550S haroratda quritish kamerasida quritiladi. Namuna ko’shimcha ravishda quritish uchun xona sharoitida to’g’irlangan holatida panjara ustiga qo’yiladi. Namunani ho’llashdan oldin va keyingi vaznining farqlanishi 2 g bo’lishi kerak. Namunadagi belgilar orasidagi masofaning o’lchashdan oldin namuna GOST 10681-75 standartiga asosan sun’iy iqlim sharoitida saqlanib turiladi. Natijada, namunadagi belgilar orasidagi masofa o’lchaniladi.
    Gazlamalarni ho’llab-dazmollaganda shakl olish xususiyati. Dazmollash, bug’-havo bilan ishlov berish natijasida gazlama yuqori haroratda, bosim va namlik ta’sirida bo’ladi. Ho’llash-issiqlik ishlov berish tartibi deganda dazmollanidigan sirtning tegishli harorati gazlamaning namlaganlik darajasi, gazlamaga dazmol bosish, ishlov berish muddati tushuniladi.
    Gazlamalarga ho’llash-issiqlik ishlov berish tartibi uning tolaviy tarkibiga qarab tanlanadi. Bunday ishlov muddatiga gazlamaning qalinligi ta’sir qiladi.


    14- Laboratoriya ishi..
    Mavzu: Tikuvchilik materiallarining yemirilishga chidamliligini o’rganish
    Ishning maqsadi:
    Tikuvchilik materiallarining yemirilishga chidamliligini aniqlash usuli va unda qo’llaniladigan uskunalar bilan tanishish.
    Topshiriqlar:
    1. Quyidagi iboralarning tarif va qoidalari yozilsin:
    Yemirilish:-emirilishiga chidamlilik; -ishqalanish; -ishqalanishga chidamlilik; -emiruvchi omillar; -gazlamalarning ishqalanishga bo’lgan chidamliligini ifodalovchi omillar.
    Ishning bajarilish tartibi:
    1.Tayyorlangan namunalardan IT-2 uskunasida tekshiruv ishlari olib boriladi. Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi.



    Gazlamalarning nomi

    Ishqalanish soni

    Bosim

    1.










    2.










    3.










    2. Bir xil gazlamadan 5 dona namuna tayyorlanib PIT-2 uskunasida tekshiriladi. Natijasi jadvalga yoziladi.

    Gazlamaning nomi

    Emirilish foizi

    Ishqalanish soni

    Gazlamaning mustahkamligi, Rm. kgk




    100










    75










    50










    25










    0







    Yuqorida keltirilgan jadvalga asosan gazlamalarning ishqalanish mikdoriga qarab mustahkamlnkning o’zgarishini ko’rsatuvchi yegri chiziq chiziladi. PIT-2, IT-2 uskunalarining sxemasi chiziladi.
    Rm – mustahkamligi

    Ishqalanish soni, n


    3. Bajarilgan ish yuzasidan tegishli xulosalar yozilsin.
    Asosiy ma’lumot
    To’qimachilik gazlamalari tashqi kuchlar ta’sirida o’zining xossalarini saqlab qolishi va ishqalanishga qarshilik ko’rsatishiga yemirilishga chidamligi deyiladi.
    To’qimachilik gazlamalarini asosiy yemiruvchi omillari quyidagilar kiradi:
    1.Fizik-kimyoviy-yorug’lik, atrof-muhit, yuvuvchi suyuqliklar, kimyoviy tozalash, qizdirish va boshqalar.
    2. Mexanik-ishqalanish, yegilish, siqilish va boshqalar.
    3. Biologik-mikroorganizmlarning ta’sirida.
    4. Aralash-yuvish, ishqalash va boshqalar.
    To’qimachilik gazlamalarining yemirilishga chidamligini aniqlash uchun PIT-2, IT-3 asboblari ishlatiladi.


    Download 1,7 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




    Download 1,7 Mb.