Inklyuziv ta’lim - alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning
xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim
tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlagan holda
beriladigan ta’lim.
10
|
Dual ta’lim ta’limning mohiyati (tartibi) nimada?
|
Dual ta’lim dasturi - professional ta’lim muassasasi va tashkilotda ta’lim
oluvchining muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatini va
mehnat vazifalarini bajarishiga qaratilgan davlat ta’lim standarti, o‘quv rejasi,
o‘quv dastur (modul)lari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat
hujjatlar to‘plami.
|
11
|
Davlat ta’lim standartlari qanday talablarni belgilaydi?
|
DTS (davlat ta’lim standarti) ta’lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi.
|
12
|
Davlat ta’lim standartlariga ko‘ra, o‘quv reja qanday hujjat hisoblanadi?
|
Oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi hajmini ta’lim davrining to‘liq muddati uchun belgilaydigan hujjat.
|
13
|
Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq qanday shakllarda ijtimoiy himoya qilinadi?
|
1.Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq imtiyozlar, stipendiyalar va vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlanadi.
2.To‘lov-shartnoma asosida ta’lim oluvchilarga imtiyozli bank kreditlari berilishi mumkin.
3.Nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilishni qonunchilikka, o‘z ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiradi.
4.Davlat ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida kam ta’minlangan oilalardagi bolalar, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun, shuningdek mazkur toifadagi ta’lim oluvchilarning kasbiy o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
|
14
|
Ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishda qanday imtiyoz(lar) beriladi?
|
1. Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan kafolatlanadi.
2. Ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi belgilanadi, haq to‘lanadigan har yilgi uzaytirilgan ta’til va boshqa imtiyozlar va kafolatlar taqdim etiladi.
3. Ta’lim tashkilotlarining pedagog va boshqa xodimlariga sanitariya-gigiyenaga oid, epidemiyaga qarshi hamda profilaktika choralari bilan amalga oshiriladigan sog‘liqni saqlash kafolatlanadi.
4. Ta’lim tashkilotlari mehnatga haq to‘lash uchun mavjud bo‘lgan mablag‘lar doirasida mustaqil ravishda ish haqiga, lavozim maoshlariga tabaqalashtirilgan ustamalar belgilashga va mehnatga haq to‘lash hamda uni rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqli.
|
15
|
Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish qanday ta’minot asosida amalga oshiriladi?
|
Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
|
16
|
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish hamda tarbiyalash, o‘qitish qanday ta’minotida bo‘ladi?
|
Davlat jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalarning (shaxslarning) davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi.
|
17
|
Ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni (shaxslarni) o‘qitish va tarbiyalashga sharoitlar yaratiladimi?
|
Alohida sharoitlarda o’qitish va tarbiyalanishga muhtoj bo’lgan bolalar (shaxslar) uchun ularning ta’lim olishini, kasbiy tayyorgarligini va ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan o’quv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi.
Ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan bolalarning (shaxslarning) ta’lim olishi, tarbiyalanishi va mustaqil ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratiladi.
|
18
|
Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslikda aybdor bo‘lgan shaxslar MJTK ko‘ra qanday jazoga tortiladi ?
|
jarima solish va ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘ladi
|
19
|
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlariga nimalar kiradi?
|
|