• TA’LIM SIFATINI TA’MINLASHDA BAHOLASH
  • Yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot




    Download 7,1 Mb.
    bet60/802
    Sana28.05.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #255576
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   802
    Bog'liq
    Barcha yo\'nalishlar uchun

    27-modda.Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
    ta’lim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat ta’lim muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan respublika tasarrufidagi ta’lim muassasalari mustasno;
    o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun moliyalashtirish hajmini belgilaydi;
    fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi;
    davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (mikrouchastkalarni) belgilaydi;
    ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashadi;
    ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi;
    o‘z vakolatlari doirasida ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantiradi va nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashadi;
    umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

    20

    Quyidagilardan qaysi biri ta’lim oluvchilarning majburiyatlariga kiradi?

    1. O‘quv dasturlari asosida bilim, malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirishi, mashg’ulotlarga qatnashishi, ularga mustaqil tayyorgarlik ko’rishi, pedagog xodimlarning topshiriqlarini bajarishi;
    2. Ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zo’ravonlik ishlatmasligi va ularning o’z majburiyatlarini bajarishiga to’sqinlik qilmasligi;
    3. Ustav (ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari qoidalariga va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar talablariga rioya etishi;
    4. Axloqiy, ma’naviy va jismoniy kamol topishga hamda o’z dunyoqarashini kengaytirishga intilishi;
    ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’sini hurmat qilishi;
    5. Ta’lim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart.

    21

    Quyidagilardan qaysilari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi?

    a) oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyat, o‘rta maxsus, professional ta’lim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, sohalarni strategik rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash;
    b) o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini tartibga solish;
    v) xalqaro mezonlar asosida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quv jarayonini tashkil etish me’yorlarini belgilash hamda ta’lim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
    g) o‘rta maxsus, professional va oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
    d) ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash;
    e) o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
    j) ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
    z) ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish, ratsionalizatorlik faoliyati va startap ekotizimini rivojlantirish.

    22

    Ta’lim olish shakllari ko‘rsatilgan javobni aniqlang ?

    ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
    ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
    dual ta’lim;
    oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
    katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
    inklyuziv ta’lim;
    eksternat tartibidagi ta’lim;
    mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.

    23


    Ma’ruza mashg‘ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi. Zarur hollarda qanday tartibi belgilangan?

    Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga ruxsat beriladi

    24

    Masofaviy ta’limning qanday tamoyillar quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi?

    Ishtirokchilarning interfaolligi;
    talabalarning identifikatsiya qilinishi;
    yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi;
    ta’lim berishning ochiqligi va moslashuvchanligi.

    25

    O‘quv kontenti bu — ?

    O‘quv jarayonida talabalarning foydalanishi uchun mo‘ljallangan, masofaviy ta’limni boshqarish axborot tizimiga joylashtirilgan o‘quv metodik materiallar (o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, videodarslar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, o‘quv adabiyotlari).

    26

    Magistratura bu ?

    Tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.

    27

    “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qaysi davlatlar tajribalari (usullari, shakli) asosida ishlab chiqilgan?

    Germaniya, Fransiya, Koreya

    28

    Bakalavriat bu ?

    Oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir

    TA’LIM SIFATINI TA’MINLASHDA BAHOLASH



    Download 7,1 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   802




    Download 7,1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

    Download 7,1 Mb.