• Boshlang‘ich ta’limda
  • Ogʻzaki nutq
  • FK - fanga oid kompetensiyalar




    Download 4,77 Mb.
    bet4/13
    Sana10.12.2023
    Hajmi4,77 Mb.
    #115280
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    2 sinf Ish reja 2023 2024 barcha fanlardan to`liq yangi , ishonchli (2)
    Elektronika va sxemalar fanidan yakuniy nazorat test, Gaz balonli avtomobil dvigatellarining ta’minlash tizimini tuzil, Mening jonajon O`zbekistonim (2), Ta\'lim muassasalarida psixologning psixologik diagnostika faoliyati1, deutsch nemis tili qo\'llanma, Herbert wells tuliq tayormas, 8 mart FARRUX, Бухоро шахар хокими И1, ZAMONAVIY OPERATSION TIZIMLAR TAHLILI., иняз ЯКУНИЙГА, elektr 3, 5-sinf, 6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 1-5-& testi, 5-sinf o\'quvchi daftari, Mavzu4 (2)
    FK - fanga oid kompetensiyalar

    1. FK1 - adabiy-nutqiy kompetensiya

    2. FK2 - badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi

    ONA TILI fanidan o‘quv dasturi
    (2 SINF)
    UQTIRISH XATI
    Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu o‘quv dasturida 1-4-sinf o‘quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
    Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
    1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.
    2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
    Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni ikki o‘quv choragini qamrab oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‘ra matndan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‘g‘in > so‘z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.
    "Alifbe" darsligida berilgan: yangi so‘zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, o‘quvchilarni so‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‘qishga, o‘qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o‘qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.
    Ona tili erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.


    Ogʻzaki nutq
    OTOʻS.2.ON.1 suhbat jarayonida ikkinchi sinf darajasiga mos mavzular yuzasidan adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ravon soʻzlay oladi
    OTOʻS.2.ON.2 kichiklar, tengdoshlari hamda kattalar bilan suhbat hamda muhokama jarayonida muloqot odobiga (bir-birini hurmat qilish, soʻzga chiqishni istashini hurmat bilan soʻrash, mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapirish) rioya qiladi va fikrini bildira oladi
    OTOʻS.2.ON.3 suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildiradi, munosabatini asoslab bera oladi
    OTOʻS.2.ON.4 suhbat yoki muhokama jarayonida ma’lumot yoki mulohazani aniqlashtirish uchun savollar bera oladi
    OTOʻS.2.ON.6 sinf darajasiga mos mavzu hamda holatlarda rasm, shaxs, narsa va hodisalarni tasvirlab bera oladi
    OTOʻS.2.ON.7 sinf darajasiga mos matnlarni oʻqib / tinglab boʻlgach, uning asosiy mazmunini aytib bera oladi
    OTOʻS.2.ON.8 sinf dasturidagi avvaldan berilgan mavzu yuzasidan bilimlariga tayangan holda kichik taqdimot oʻtkaza oladi
    OTOʻS.2.ON.9 shaxsiy qiziqishlari haqida tayyorgarliksiz, tartibli soʻzlaydi, oʻz nutqini detallar bilan toʻldira oladi

    Download 4,77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 4,77 Mb.