|
Yo‘l belgilarini har xil yo‘l sharoitlarida qo‘llash
|
bet | 24/27 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #254806 |
Bog'liq Amiriddin ChoriyevYo‘l belgilarini har xil yo‘l sharoitlarida qo‘llash.
1.Ogohlantiruvchi yo‘l belgilari haydovchiga yo‘lning oldingi bo‘laklarida qanday havfli joylar borligi haqida ko‘rsatma beradi. Ogohlantiruvchi yo‘l belgilari (1.3.1-1.4.6, 1.31.1-1.31.3 belgilaridan tashqari) aholi yashamaydigan joylarda havfli bo‘lakgacha 150-300 m masofada o‘rnatilishi kerak, aholi yashaydigan joylarda esa, 50-100 m masofada o‘rnatilishi kerak bo‘ladi. Qo‘yida har xil yo‘l sharoitlarida ogohlantiruvchi yo‘l belgilaridan foydalanish haqida ko‘rsatma beramiz.
«Havfli burilish» 1.11.1-1.11.2 belgilari rejadagi egrilik radiusiga va burilish burchagiga bog‘liq ravishda o‘rnatiladi. Havfli burilish deb qachonki 1-jadval o‘rinli bo‘lsa xisoblanadi:
«Havfli burilishlar» 1.12.1-1.12.2 belgilari ikkita va undan ortiq bir biridan keyin keladigan rejadagi egriliklardan oldin (agarda ularning orasidagi masofa 300 m dan kam bo‘lsa) o‘rnatilishi kerak.
Nishablik, %
|
30
|
40
|
50
|
60
|
70
|
80
|
Nishablik uzunligi, m
|
600
|
450
|
350
|
300
|
270
|
250
|
1-jadval
«Tik nishablik 1.13 va «Tik qiyalik» 1.14 yo‘l belgilari 2 jadvaldagi nishablik uzunligidan katta bo‘lgan hollarda o‘rnatiladi. «Yo‘lning torayishi» 1.18.1-1.18.3 belgilari aholi yashamaydigan joylarda yo‘lni qatnov qismi 0,5 m ortiqga qisqarsa, aholi yashaydigan joylarda bitta va undan ko‘p xarakat tasmasiga kamaysa shu yo‘l bo‘laklaridan oldin o‘rnatiladi. SHuningdek, axoli yashamaydigan joylarda bu belgilar ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar, tonellar va boshqa sun’iy inshootlar oldidan, agarda bu inshootlar chegarasidagi yo‘l qatnov qismini eni ulardan oldingi yo‘l qatnov qismiga teng yoki kichik bo‘lsa, aholi yashaydigan punktlarda esa bu ko‘rsatkich faqat kichik bo‘lsa o‘rnatiladi.
2. Imtiyoz belgilari chorrahalardan, qatnov qismlari kesishmalaridan yoki yo‘lning tor bo‘laklaridan o‘tish navbatini belgilashda ishlatiladi. «Asosiy yo‘l belgisi yo‘lni boshlanishida va aholi yashaydigan joylarda har bir chorrahadan oldin o‘rnatiladi. «Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv» 2.3.1 va «Ikkinchi darajali yo‘lni tutashuvi» 2.3.2.-2.3.3 belgisi aholi yashamaydigan joylarda 2.1 belgisi bilan belgilangan yo‘llarda haydovchilarga imtiyoz berish uchun ishlatilib, ularni chorrahadan oldin 150-300 m masofada o‘rnatiladi.
3. Taqiqlovchi yo‘l belgilari harakatga muayyan cheklovlar kiritishda yoki ularni bekor qilishda foydalaniladi.
4. Buyuruvchi yo‘l belgilari transport vositalarining biron bir yo‘nalishida mavhum tartibda va rejimda o‘tishini belgilaydi. Ularni yo‘nalish va rejim o‘zgarishi kerak bo‘lgan uchastkalar oldida o‘rnatiladi.
5. Axborot-ko‘rsatuvchi belgilar xarakatga muyayan rejimlar kiritishda yoki bekor qilishda, shuningdek axoli yashaydigan joylar va boshqa ob’ektlarning joylashishi xaqida axborot berishda ishlatiladi.
6. Servis belgilari tegishli ob’ektlar qaerda joylashganligi haqida axborot berishda foydalaniladi.
7. Qo‘shimcha axborot tablichkalar ular bilan qo‘llanilgan belgilarning ta’sirini aniqlashda yoki cheklashda ishlatiladi.
|
| |