|
Yo’l joylashgan tuman tabiiy-iqlim sharoiti. Avtomobil yo’lining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari
|
bet | 25/27 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #254806 |
Bog'liq Amiriddin ChoriyevYo‘l belgilarin o‘rnatish.
Avtomobil yo‘llarida yo‘l belgilari qo‘yidagi ketma-ketlikda o‘rnatilishi kerak: ko‘rsatuvchi (axborot-ko‘rsatuvchi, imtiyoz, servis va tablichkalar); ogohlantiruvchi; taqiqlovchi; buyuruvchi.)
O‘rnatilgan yo‘l belgilarini soni yo‘lda iloji boricha kam bo‘lishi kerak. Har bir o‘rnatilayotgan ogohlantiruvchi yoki taqiqlovchi yo‘l belgilari asoslangan bo‘lishi shart va yo‘l sharoitini yomonlashganligi oqibatida ko‘rilgan majburiy chora deb tushunish kerak.
Avtomobil yo‘llarini qurishda mexnat muhofazasi. Havfsizlik bo‘yicha umumiy talablar.
Qurilishda texnika havfsizligiga katta ahamiyat berilishi kerak bo‘ladi, chunki bu inson hayoti bilan bog‘liq. Qurilishda ish boshlanishidan oldin texnika havfsizligi bo‘yicha instruktaj o‘tilishi kerak. Xususan qurilayotgan yo‘lni asos qatlamini qurish jarayonida ayrim mashina-mexanizmlardan foydalanish vaqtida quyidagi texnika havfsizlik qoidalariga qa’tiy rioya qilish kerak:
Avtogreyder bilan ishlaganda.
- avtogreyder daraxtlar, daraxtlar tunkalari va katta toshlar bor joyda ishlashi mumkin emas;
- gruntni tekislashda avtogreyderning tashqi g‘ildiraklari yoki traktorning gusenitsilari bilan yo‘l poyi cheti orasida kamida 1 m masofa bulishi kerak;
-burilishda va qayrilishda avtogreyderning tezligi eng kam bulishi kerak;
-qiyalik beruvchi va uzaytirgichni o‘rnatish, qiyaliklarni qirqish uchun pichoqlarni tashqariga chiqarish va o‘rnatish uchun ishchi ishlashi kerak;
- avtogreyderni baland kutarmalarga chiqishi uchun maxsus chiqish va tushish joylari qilish kerak;
Katok bilan ishlaganda.
-texnika havfsizligi buyicha instruktaj o‘tilgan bulishi kerak;
-haydoachi tibbiy kurikdan o‘tgan bulishi kerak;
-mashinani ishga tushirishdan oldin uning texnik jihatdan sozligini tekshirish kerak;
-haydovchi mashina ishga tushganligi haqida ogohlantiruvchi signal berishi kerak;
-katok kutarmada ishlayotganda ko‘tarmaning yonigacha borishi mumkin emas;
-katokni qiyalikda to‘xtatib quyish mumkin emas;
-ish tugaganidan so‘ng texnikalarni ish joyida qoldirib ketish mumkin emas;
-zichlash jarayonida bir nechta katoklar ishlayotgan bo‘lsa oraliq masofani saqlash kerak;
|
| |