• Ekskovator bilan ishlaganda.
  • Yo’l joylashgan tuman tabiiy-iqlim sharoiti. Avtomobil yo’lining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari




    Download 0,51 Mb.
    bet26/27
    Sana27.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #254806
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
    Bog'liq
    Amiriddin Choriyev

    Avtosamosval bilan ishlaganda.
    -haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxslar avtosamosvalni boshqarishlari mumkin emas;
    -yuk ortilgan holatda belgilangan tezlikda harakatlanmaslik kerak;
    -avtomobil pasportida belgilangan me’yoridan ortiq yuk yuklash mumkin emas;
    -avtlsamosvalga yuk ortilayotganda kabinida hech kim bo‘lmasligi kerak;
    -birinchi tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun “aptechka”bo‘lishi kerak;
    Ekskovator bilan ishlaganda.

    • Ekskovatorlarning ko‘chma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam o‘rnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash ta’qiqlanadi.

    • Ekskovatorning o‘qi (stela) va cho‘michi tagida, ekskovator va transport vositalari orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning 15 m gacha bo‘lgan masofasida odam bo‘lmasligi kerak.

    • Ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, ekskovatorning cho‘michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning orqasidan yoki yonidan o‘tishi kerak.

    • Ekskovatorning cho‘michi to‘ldirilgan holatda yurishi mumkin emas.

    Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ta’mirlashda atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash RD 119 0027714-29-93 ga hamda QMQ 2.05.02-95 ning 3-qismi RD 119 0027714-29-93 va 2.05.11-95 ning 7 - qismi shu qatorda texnika havfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi me’yoriy hujjatlarning talablarini bajarish zarur.
    Avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlarini olib borishda atrof muhitni muhofaza qilish chora tadbirlarini hal qilish zarur. Ishlab chiqarishda texnologik echimlarni qabul qilishda atrof muhitga zarar etkazmaslikni tabiat muvozanatini buzmasligini, geologik, ekologik va gidrogeologik sharoitlarni o‘zgarish havfi tug‘ilmasligini hisobga olgan holda hal etish lozim.
    Ta’mirlash ishlari jarayonida mexanizmlarni tanlashda tegishli sanitariya me’yorlarini, atrof-muhitni va suv qurilmalarini ifloslantiruvchi chiqindilarning ruxsat etilgan me’yorlarga rioya qilgan holda atrof-muhit va atrofdagi erlarga zarar keltiruvchi boshqa zararlarni butunlay yo‘q qilish va o‘ta kamaytirishni ko‘zlash zarur.
    Transport oqimi shovqini sanitariya me’yorlaridan oshmasligi zarur. Yo‘l atrofidagi hududga ko‘rsatilgan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida yo‘l bo‘yida tashqi salbiy ta’sirlarga chidamli bo‘lgan yashil daraxtlardan himoya mintaqasi yaratish kerak.
    Qurilishni olib borishda shamol yo‘nalishi bilan bir xil yo‘nalishda ish olib borish ma’qul. Yo‘lni qurish vaqtida agar yo‘l qimmatli unumdor erlardan o‘tsa, o‘sha trassa o‘tadigan yer unumdor qismi qirqib olinib, unumsiz yerlarga tashib chiqariladi.
    Qirqib olinadigan unumdor qatlamning fizik va ximiyaviy tarkibi GOST 17.5.1.03-86 ga to‘g‘ri kelishi kerak. Gildan supesgacha bo‘lgan gruntlarning granulometrik tarkibi 1.5 g/sm3 dan oshmasligi kerak. Aholi punktlaridan o‘tgan joylarda shamol yo‘nalishi hisobga olinib, chang to‘zon va transport tovushlaridan saqlanish uchun shamol yo‘nalishiga teskari tomondan ish olib boriladi
    Yo‘l chetlarini qurishda ishlatiladigan sanoat va issiqlik elektrostansiyalaridan chiqqan qoldiq mahsulotlar, shlak, qotgan yoqilg‘i qoldiqlari, fosforit qoldiqlarini, ularni atrof-muhitga ta’sirini hisobga olib, agar ta’siri kam bo‘lsa ularni tavsiya etiladi.
    Yo‘llardan uy hayvonlari o‘tadigan joylarda maxsus o‘tish joylari quriladi va ularning havfsizligi ta’minlanadi.
    Avtomobil yo‘lini qurish yoki ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash RD 119.002771-29-93 ga muvofiq amalga oshiriladi. Shuning uchun mazkur avtomobil yo‘lini ta’mirlashda atrof-muhit ifloslanishini, salbiy ekologik oqibatlarni yumshatish uchun quyidagi chora tadbirlar amalga oshiriladi.

    • Yo‘l poyini ko‘tarishda ishlatiladigan gruntning changlanishlarini oldini olish zarur.

    • Toza suv oqib o‘tadigan yo‘l poyi yaqinidagi ariqlarga zaharli moddalar tushib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi zarur. (YA’ni: oxak. kul, bitum, sement kabi bog‘lovchi moddalar)

    • Sement maxsus ajratilgan omborlarda saqlanishi, shamol ta’sirida changlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

    • Qurilishda ishlatiladigan maxsulotlarni tashib keltirishda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak:

    1. Qurilish maxsulotlarining transportdan to‘kilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

    2. YOqilg‘i moylarini yo‘llarga to‘kilib ifloslanishiga yo‘l qo‘yilmasligi

    3. Yo‘l poyidan suvni chetlatish chora tadbirlarini ko‘rish.

    • Aholi yashaydigan joylarda yo‘l chetini mustahkamlash, yo‘lga ishlatiladigan maxsulotlarni tashish davomida yo‘lni saqlash ishlarini bajarish, (bunda yo‘lga suv sepish, tekislab turish va boshqa ishlar) e’tibordan chetda qolmasligi zarur.

    Xulosa.
    Men YMAE-3 guruh talabasi To’xtayev Shohzod ushbu kurs ishini bajardim. Berilgan kurs ishi topshirig’imni bajarish mobaynida ko’p narsalarni o’rgandim va nazariy olgan bilimlarimni yanada mustahkamladim. Menga berilgan Namangan viloyatini iqlim sharoitlari haqida bilimga ega bo’ldim va 3.8 km bo’lgan II-toifali avtomobil yo’lini qurishda barcha texnalogik jarayonlar bilan tanishib mustaqil o’rganib chiqdim. Bajarilishi kerak bo’lgan barcha texnalogik jarayonlar uchun mashina mexanizimlarini tanlashni va qaysi ishni bajarishda qaysi mashina mexanizimini tanlashni va yana ishni borish ketma-ketligin o’rgandim . Bajarish mobaynida berilgan topshiriq asosida bajardim birinchi qilgan ishim iqlim girafigini aniqlab bundan nechi kun ishlash kerak ekanligini toptim keyin yo‘lning transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini kompleks baholadm va nechi kilometri mukammal nechi kilometri joriy ta’mirlash ekanini bilib oldim . Keying qilgan ishim freza yordamida mukammal tamirlanayotgan yo’limni qirqib olib, yirik donali issiq asfaltabetn yotqizib bo‘lib mayda donali issiq asfaltabeton to’shaldi. Yon yoqasini qum shag’al aralashmasi bilan to’ldirdim va texnikalardan o’z o’rnida foydalandim keyingi ishim esa yo‘l belgilarini chizdim.

    Download 0,51 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo’l joylashgan tuman tabiiy-iqlim sharoiti. Avtomobil yo’lining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari

    Download 0,51 Mb.