|
Yo’l joylashgan tuman tabiiy-iqlim sharoiti. Avtomobil yo’lining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari
|
bet | 23/27 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #254806 |
Bog'liq Amiriddin ChoriyevAvtomobil yo‘lini jihozlash.
Avtomobil yo‘llarini texnik boshqaruv vositalari bilan jihozlash, yo‘ldagi avtomobillar harakatini havfsiz bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bunda haydovchi ham, yo‘lovchi ham havfsiz, tez,qulay o‘z manziliga etib olishi nazarda tutiladi. Avtomobil yo‘llarni texnik boshqaruv vositalari bilan jihozlashda har bir yo‘l belgisi va yo‘l chiziqlari o‘z o‘rnida o‘rnatilishi va chizilishi harakat havfsizligini to‘liq ta’minlanishiga yordam beradi. Yuqoridagi ishlarni bajarishda yo‘lda joylashgan sun’iy inshootlar aniq ko‘rsatilishi harakat ishtirokchisiga qulaylik yaratadi.
Avtomobil yo‘llarini jihozlashning asosiy maqsadi va vazifalari qo‘yidagilardan iborat:
transport vositalarini harakat tartibini belgilash va ta’minlash;
avtomobillarni yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlash;
harakat qulayligini va havfsizligini ta’minlash;
atrof muhitga ta’sirini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Avtomobil yo‘llarini texnik boshqaruv vositalari bilan jihozlash loyihasini amalga oshirishda GOST 23457-86 «Yo‘l harakatini tashkil qilishning texnik vositalari» (Qo‘llash qoidalari), «Yo‘l belgilarini qo‘llash bo‘yicha kursatmalar», VSN 25-86 «Avtomobil yo‘llarida harakat havfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar», VSN 23-75 «Yo‘l belgi chiziqlarini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar» va GOST 10807-78 «Yo‘l belgilari», GOST 13508-74 «Yo‘l belgi chiziqlari», GOST 26804-86 «Yo‘l to‘siqlari va yo‘naltiruvchi qurilmalari», GOST 25695-83 «Svetoforlar» kabi me’yoriy hujjatlarga asoslanib bajarilishi lozim.
Yo‘l belgilari va ularni o‘rnatishga qo‘yilgan umumiy talablar.
Yo‘l belgilari, yo‘ldagi avtomobillar harakatini havfsizligini ta’minlovchi texnik vosita bo‘lib, avtomobil yo‘lining hamma bo‘laklarida va aholi yashash joylarida qo‘llanilishi lozim. Yo‘l belgilari yo‘ldagi shart sharoitlar, harakat yo‘nalishlari, avtobus bekatlari, dam olish maydonchalari va servis xizmat ko‘rsatish shaxobchalari haqida ma’lumot beradi. Yo‘l belgilarini alomatlariga qarab qo‘yidagicha tasniflash mumkin: axborot-ma’no yoritish; boshqarish; o‘rnatish.
Yo‘l belgilari GOST 10807-78 va GOST 23457-86 ga asosan quyidagi 7 turga bo‘linadi:
Ogohlantiruvchi. 2. Imtiyoz. 3. Taqiqlovchi. 4. Buyuruvchi. 5. Axborot-ko‘rsatuvchi. 6. Servis. 7. Qo‘shimcha axborot.
Yo‘l belgilari o‘rnatilishiga qarab vaqtinchalik va doimiy bo‘ladi. Yo‘l belgilarini joylashtirish ishlari bir necha bosqichda olib boriladi. Yo‘l belgilarini joylashtirishda haydovchiga harakat yo‘nalishi, bosib o‘tilgan yo‘l, aholi yashash joylari, harakatga xizmat kursatish servis shaxobchalari xaqida ma’lumotlar berib boriladi. Yo‘lning harakterli bo‘lgan bo‘laklarini ajratib, bu bo‘laklarda bulayotgan kecha-kunduzdagi har xil noqulay sharoitlar borasida ma’lumot berib boriladi va kerak bo‘lganda ogoxlantiruvchi, taqiqlovchi va buyuruvchi belgilari o‘rnatiladi. Avtomobillarning harakatlanishi uchun noqulay bulgan joylarda harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida imtiyozli belgilar o‘rnatiladi. Avtomobillar harakati uchun xavfli bo‘laklarda taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish.
|
| |