• 17-rasm. Bosh miya.
  • Uzunchoq miya va ko’prik (keyingi) miya




    Download 4,48 Mb.
    bet42/190
    Sana06.01.2024
    Hajmi4,48 Mb.
    #130993
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190
    Bog'liq
    Yosh fiziologiyasi va gigienasi

    Uzunchoq miya va ko’prik (keyingi) miya. Uzunchoq miya va ko’prik birgalikda keyingi miyani tashkil etadi. Uzunchoq miya to’g’ridan-to’g’ri orqa miyaning davomi bo’lib uning uzunligi 28 mm.ga yaqin. Uning kengligi asta-sekin oldinga qarab orta boradi va eng keng joyi 24 mm.ni tashkil etadi. Orqa miyaning markaziy kanali to’g’ridan-to’g’ri uzunchoq miya kanaligacha davom etadi va uni jiddiy darajada kengaytirib to’rtinchi qorinchaga aylanadi. Uzunchoq miyaning oq moddasi o’tkazish yo’llarining tolalaridan hosil bo’ladi. Uzunchoq miyaning oldingi qismida ko’ndalang vall shaklida ko’prik joylashgan.
    Uzunchoq miyadan XII-bosh miya nervi (tilosti) XII-qo’shimcha nerv, X-adashgan nerv, IX-tiltomoq nervlarining ildizlari chiqadi. Uzunchoq miya va ko’prik orasidan UII va UIII– bosh miya nervlarini yuz va eshitish nervlarini ildizlari chiqadi. Ko’prikni o’zidan VI va V –nervlarni olib boruvchi va uch boshli nervlarni ildizlari chiqadi.
    Keyingi miyada ko’plab murakkab koordinasiyalangan harakat reflekslarining yo’llari tutashadi. Bu yerda nafas, yurak-tomirlar faoliyati, ovqat hazmi organlari, moddalar almashinuvi kabi hayotiy muhim jarayonlarni boshqaruvchi markazlar joylashgan.
    Uzunchoq miyaning yadrolari hazm shiralarini ajratish, chaynash, emish, so’rish, yutish, qusish, aksa urish kabi reflektor aktlarni bajarishda ishtirok etadi. Yangi tug’ilgan bolalarda uzunchoq miya ko’prik bilan birga bor yo’g’i 8 g. ga yaqin massaga ega bo’ladi, bu esa bosh miyaning 2 % ni tashkil etadi (voyaga yetgan odamlarda bu nisbatn 1,6 % ni tashkil etadi).

    17-rasm. Bosh miya.
    A-miyaning o’ng yarmi (ichki tomondan ko’rinishi); B- miyaning pastki yuzasi;
    1-orqa miyaning yuqori qismi; 2-uzunchoq miya; 3-ko’prik; 4-miyacha; 5-o’rta miya; 6-to’rt do’mglik; 7-oraliq miya; 8-katta yarim sharlar po’tlog’I; 9-o’ng va chap yarim sharlarni bog’lovchi qodoqli tana; 10-ko’rish nervlarining kesishgan oyi; 11-hid ilish piyozchalari.
    Uzunchoq miyaning yadrolari shakllanishni, o’sishning homilalik davridayoq boshlaydilar va tug’ilish davriga kelib asosan shakllanib bo’ladi. Yetti yoshda uzunchoq miyaning yadrolarini yetilishi asosan tugaydi.

    Download 4,48 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190




    Download 4,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uzunchoq miya va ko’prik (keyingi) miya

    Download 4,48 Mb.