• Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi
  • Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja




    Download 88.05 Kb.
    bet5/12
    Sana20.06.2022
    Hajmi88.05 Kb.
    #24072
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi
    Ranglar berish 4 xil 1, somoniylar-davlat-boshqaruvi-tizimi, 5667-Текст статьи-14207-1-10-20220421, 2 5357316422894623104, ФИТҚ МАЖМУА 87388, Reja Elektron tijoratda axborot xavsizligi 2, 2-amaliy, TUXTAMURODOV SARDORBEK INGLIZ TILI 1, Muhammad alxorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va mobil aloqa fakulteti 810-20 guruh talabasi Mo’ydinov Mansurjonning Biznes jarayonlarini boshqarish fanidan tayyorlagan amaliy is, metodik, @rustili onlayin Глаголы, Mavzu Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar, 1. Variant docx, Adiabat jarayonlar
    Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasining o‘rganishda suhbatning maqsad va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan o’zviy bog‘liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali turli Yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi. Suhbat chog‘ida o‘zaro izchil savollar beriladi.
    Suhbat metodining yuqorida ta’kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so‘zlar, “g‘aliz” iboralari, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarli muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘ladi. SHuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi, sinaluvchida o‘ziga xos ishlar uslubi, oshkoralik etishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi vashu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
    Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkur, qobiliyat va hayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod Yosh davri psixologiyasida keng qo‘llanadi. Bolalar chizgan rasmlar,yasagan o‘yinchoqlar, metodlar, yozgan she’rlarni tahlil qilish orqali, badiiy va adabiiy qobiliyati, ijodiy hayoli yo’zasidan materiallar to‘plash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob’ekt bilan sub’ekt o‘rtasida muloqot o‘rganish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va diplom ishlari, ilmiy ma’ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko‘rsatmali qurollar, loyiha va hakozolar kiradi. Bular turli Yoshdagi jinsdagi odamlar, xar xil kasb egalari tomonidan yaratilgan bo‘lishi va shunga ko‘ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, katta-kichikligi, xarakteri bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.
    Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o‘quvchilar, talablar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plash mumkin. Lekin insondagi psixik o‘zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yigish uchun bu metodning o‘zi etmaydi. shuning uchun inson psixikasini o‘rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish makul.

    Download 88.05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 88.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja

    Download 88.05 Kb.