Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja




Download 88.05 Kb.
bet2/12
Sana20.06.2022
Hajmi88.05 Kb.
#24072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi
Ranglar berish 4 xil 1, somoniylar-davlat-boshqaruvi-tizimi, 5667-Текст статьи-14207-1-10-20220421, 2 5357316422894623104, ФИТҚ МАЖМУА 87388, Reja Elektron tijoratda axborot xavsizligi 2, 2-amaliy, TUXTAMURODOV SARDORBEK INGLIZ TILI 1, Muhammad alxorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va mobil aloqa fakulteti 810-20 guruh talabasi Mo’ydinov Mansurjonning Biznes jarayonlarini boshqarish fanidan tayyorlagan amaliy is, metodik, @rustili onlayin Глаголы, Mavzu Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar, 1. Variant docx, Adiabat jarayonlar
Pedagogik psixologiya esa ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi. O‘quvchining bilish faoliyati va ularning aqliy rivojlanishi bilishning muloqotga kirishishi va mehnatining ongli sub’ektlari sifatida shakllanib borishi pedagogik psixologiyaning predmeti hisoblanadi.
Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun mazkur kurs bo‘yicha olinadigan bilimlar juda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘z faoliyatida yosh psixologiya ma’lumotlarini qo‘llay olish kerak.
Yosh davr psixologiyasi fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Bu ham biologik va genetika, meditsina, sotsiologiya kabi fanlar bilan o’zviy aloqada rivojlanadi. Yosh davr va pedagogik psixologiya fani dialektikaning prinsiplariga oliy nerv faoliyati qonunlariga, diferensiyaning psixofiziologiyasi qonunlariga psixologlar to‘plagan materiallarga tayanib, inson psixikasi rivojlanishi, ma’lum bir Yosh davrda uning kechishi, o‘zgarishi yo’zasidan baho yuritadi.
o‘z navbatida bolaning psixik rivojlanishidagi barcha bosqichlarda o‘quv tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik psixologiya to‘laqonli javob beradi.
Shaxobchalari.
Yosh psixologiyasi: insonning psixik rivojlanishini davrlarga bo‘lib chiqib,qoidalariga muvofiq quyidagi shaxobchalarga ajraladi:

        1. bolalar psixologiyasi

        2. kichik maktabgacha Yoshdagi o‘quvchilar psixologiyasi

        3. o‘smirlar psixologiyasi

        4. yigit qizlar psixologiyasi (o‘spirir Yoshlar psixologiyasi)

        5. katta yoshli kishilar psixologiyasi

        6. geronto psixologiyasi (qariyalar psixologiyasi)

Pedagogik psixologiyaning asosiy shaxobchalari:
1.Ta’lim va tarbiya psixologiyasi.
2.O‘qituvchi psixologiyasi

Psixologiyada XX asr boshida bolaning psixik taraqqiyotiga qarab 2 ta oqim vujudga keladi.


1.biogenetik oqimlar (irsiyat hal qiluvchi omillar)
2.sotsiogenetik oqim (ijtimoiy muhit)
Har bir Yosh davrning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish insonda o‘z vaqtida o‘zini anglashni vujudga keltiradi. Bolada o‘zini anglash tuyg‘usi qancha erta uyg‘onsa shaxsiy nuqtai nazar, o‘z huquqini his etish, o‘zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo‘ladi. Xuddi shu asnoda injiqlik, o‘jarlik va qaysarlik kabi illatlar tarkib topishiga ruhiy to‘siq vujudga keladi. Shaxslararo munosabatdagi qarama-qarshilik, inqiroz rivojlanish qonunlariga loqayd qarashning oqibatidir. Inson psixikasidagi umidsizlik, ijtimoiy adaolat uchun kurashish ruhining o‘zgarishi – nazariya bilan turmush munosibligining mahsulidir. Odamlarda e’tiqod dunyoqarash, ideal, umummuomala, muloqot mustaqil xulq-atvorni samarali shakllantirish ko‘proq yuqoridagi omillarga bog‘liqdir. Kishidagi tashabbuskorlik hamda to‘siqlarni yengishga intilishni aniqlash va ularni Yosh psixologiyasi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ruhiy turtki, berish maqsadga muvofiqdir.
Ta’limning barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirish Yosh psixologiyasining qonuniyatlariga suyanmog‘i zarur. Bolalar jamoasi, oila muhiti, mehnat jamoalarida shaxslararo iliq munosabatni shakllantirish Yosh davri xususiyatlarini inobatga olishning mahsuli sanaladi. Hatto kishining uzoq umr ko‘rishi va unda ishchanlik qobiliyatining saqlanishi, istiqbol rejasi va maqsadi bilan yashashi ham Yosh xususiyatlarini hisobga olib muloqotda bo‘lishning mevasidir. Umuman ijtimoiy hayotning bircha jabhalarida oila, tarbiya muassasalari, ishlab chiqarish korxonasi va jamoat tashkilotlarida Yosh psixologiyasidan foydalanish ta’lim va tarbiyaning shaxslararo ijobiy munosabatlar o‘rgatishning, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning garovidir.
Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun mazkur kurs bo‘yicha olinadigan bo‘limlar juda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, o‘qituvchi ijtimoiy hayotda o‘ziga yuklangan turli vazifa va rollarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Yosh davrlari psixologiyasi ma’lumotlarini qo‘llash shart.
Mazkur fan sohasi o‘zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari va qoidalariga tayangan holda belgilaydi. Yosh davri psixologiyasi quyidagi prinsiplarga rioya qiladi.
1. Dialektik materializm ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, hayol kabi bilish jarayonlarida, shuningdek, shaxsning xususiyatlari va holatlarida, diqqat, his-tuyg‘u va xarakter xislatlarida, qiziqish va ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik xodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Bosh miya po‘stlog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari I.P.Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi hamda o‘zaro induksiyasi qonunlari zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar turli yo‘sindagi muvaqqat bog‘lanishlar,assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitlarda tormozlanishini (qo‘zg‘alishini), muvaqqat bog‘lanishlarning yo‘qolayotgani yoki poymol bo‘layotganini tushuntirish imkonini beradi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanzmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Yuqoridagi ta’limotga ko‘ra har ikkala mexanzm hayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks ettiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqelikni aks ettirishda, oliy nerv faoliyatining tashqi olamini timsollar sifatida ifodalashidan iborat.
3. Psixikani tadqiq etish insonning butun (Ontogenezidagi) ongli faoliyatini – uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o‘yin, mehnat, o‘qishda), xatti-xarakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilari, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o‘zi yashab to’rgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarini o‘zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan o‘zgaradi. Ontogenezda uning his-tuyg‘ulari, xarakteri, qobiliyati, tafakkuri, extiyojlari. e’tiqodlari, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari. tilaklari, hoxishlari pozitsiyasi ham asta-sekin o‘zgarib boradi.
4. Insonning bilish faoliyati (jarayonlari) rivojlanishi unga o‘zini qurshab to’rgan borliqni yanadi chuqurroq, to‘g‘riroq, to‘laroq va aniqroq aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlar, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo‘ladi. Tarixiy materializm ta’limotida, insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umum insoniy qiyofalari, e’tiqodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xatti-xarakatlarining majmuasidir.
6. Insonning borliqni (voqelikni) aks ettirish - faol jarayondir. ma’lumki, inson zotining rivojlanishi ob’ektiv borliqqa (voqelikka) va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. Bolaning katta Yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan, o‘yini, ko’zatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorining takomillashuvi va boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.


  1. Download 88.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 88.05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja

Download 88.05 Kb.