• Maktab kechalari va bayramlarda o‘tkaziladigan o‘yinlar
  • Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini ilg‘or pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etish




    Download 403,5 Kb.
    bet12/14
    Sana01.02.2024
    Hajmi403,5 Kb.
    #149878
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    “YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI”

    2.4.Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini ilg‘or pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etish.
    Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘quvchilar o‘rganib olgan ko‘proq harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin. 1—2-sinf o‘quvchilari uchun quyidagi o‘yinlarni kiritish mumkin: “O‘ylab top, bu kimning ovozi?”, “Kim yaqinlashdi?”, “Hamma o‘z bayroqchasiga”, “Bo‘sh o‘rin”, “Sakrabodom chumchuqlar”, “Polizdagi quyonlar”, “Taqiqlangan harakat” va boshqalar.3-4-sinf o‘quvchilari uchun: “Guruh, tiktur!”, “Xo‘rozlar jangi”, “Qorovul va izlovchilar”, “Chiqib ketish bilan qarmoqchi” o‘yini.5-9-sinf o‘quvchilari uchun: “Juft-juft bo‘lib tortishish”, “Doiraga tort”, “Taqiqlangan harakat” va hokazo.
    Maktab kechalari va bayramlarda o‘tkaziladigan o‘yinlar
    Maktabda o‘tkaziladigan sport kechalari va bayramlari o‘quvchilarda tetik hamda quvnoq kayfiyat yaratish uchun eng ta’sirli tadbir bo‘lib hisoblanadi. Maktab sport kechalari va bayramlarida foydalaniladigan harakatli o‘yinlar bolalarni tezda tashkil qiladi, ular engil ruh va quvnoq kayfiyatni vujudga keltiradi.Bayramda, odatda, juda ko‘p bolalar bo‘ladi, shuning uchun ommaviy o‘yinlardan foydalanish tavsiya qilinadi, musiqa jo‘rligida bajarilsa yana ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Musiqa sadolari ostida o‘tkaziladigan o‘yinlar qiziqarli, ularni tashkil qilish va o‘tkazish engil bo‘ladi.
    Ommaviy o‘yinlardan tashqari o‘yin-attrakstionlarni ham, shu bilan birga yaxshisi, asosiy tadbirlarni boshlashdan oldino‘tkazish mumkin (konsert, spektakl). O‘yin-attrakstionlar bayramda maktab o‘quvchilarini tashkil qilishga yordam beradi. leqin ommaviy o‘yinlar va raqslarni asosiy tadbirlardan keyin o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular bilan bir vaqtda sinf hakamlarida va koridorlarda o‘yin-attrakstionlarni ham tashkil qilish mumkin, chunki ommaviy o‘yinlar va raqsga qiziqmaydigan bolalar, o‘zlarini kuchli, epchillik, merganliklarini u yoki bu attrakstionda sinab ko‘rishlari mumkin.O‘yin-attrakstionlari katta sinf o‘quvchilari uchun eng yaxshi «uch kurashchi» yoki “Besh kurashchi” musobaqasini tashkil qilish mumkin. bunday maqsad uchun mazmunan har xil bo‘lgan kuch yoqi merganlikni, epchillikni, muvozanat saqlash yoqi fazoda mo‘ljal olishni bilishni namoyon qilishini talab qiladigan, 3 yoki 5 attrakstion tanlab olinadi: “Uch kurashchi” yoki “Besh kurashchi” bo‘lishni xohlaganlar barcha attrakstion musobaqalarida qatnashishlari majbur g‘oliblarni eng yaxshi 3 kurashchi yoki 5 kurashchi deb e’lon qiladilar va mukofotlaydilar.O‘rta yoki yuqori sinf o‘quvchilari uchun bayramda yakkama-yakka olishuv o‘yini (xohlagan ikki kishi epchillik, merganlikda, kuch sinashadilar) musobaqalarini tashkil qilish mumkin. Bunday musobaqalarni ommaviy o‘yin va raqslar o‘rtasidagi tanaffuslarda tashkil qilishni tavsiya qilinadi.Bayramda harakatli o‘yinlar o‘tkaziladigan musobaqalarga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin hozirgi vaqtda juda ham ommaviylashib ketgan o‘yinlar “Quvnoq startlar”, “Bizlar bilan bajar”, “Bizga o‘xshab bajar”, “Hammadan yaxshi bajar” va boshqalar.Musobaqalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri uncha ko‘p bo‘lmagan o‘yin qatnashchilarining sonini hisobga olgan holda hech qanday tayyorgarlikni va trenirovka qilishni talab qilmaydigan ommaviy o‘yin yoki o‘yin attrakstionlardan foydalanib harakatli o‘yinlar bo‘yicha om­maviy musobaqalar tashkil qilish mumkin. Maktab kechalari va bayramlari eng yaxshisi dastlabki tayyorkgarlikni qo‘rishni talab qiladigan o‘yinlarni o‘tkazish maqsadga mu­vofiq bo‘ladi, ularda qatnashish uchun barcha bolalarning jalb qilinishi shart. O‘yin qatnashchilarining biri attrakstion uchun o‘yinchoqlar tayyorlaydilar (qum solingan xaltacha, misli rasmlar) boshqalari esa attrakstion o‘yinining g‘oliblarini mukofotlaydilar, 3-chilari esa o‘yinni o‘tkazishga tayyorgarlikko‘radilar.
    XULOSA
    Xulosa shundaki, aholi turar-joylarida eng avvalo sport inshootlari, oddiy o’yin maydonlaridan maqsadli foydalanish zarur. Sport ixlosmandlari, sportsevarlar, mutaxassis xodimlar yoshlar o’rtasida ko’chalararo, mavzelar, dahalar va mahalla birinchiligi uchun ular sevgan sport musobaqalarini tashkil qilishlari kerak.
    «Sog’ tanda sog’lom aql» naqtiga rioya etgan holda jis­moniy tarbiya va sportni kengtarg’ib qilish, uning salomatlikni mustahkamlash, ish faoliyati va umuman umrni uzaytirishdagi muhim omillardan biri ekanligiga aholi­ni iqror etish kerak bo’ladi.


    1. Download 403,5 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 403,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini ilg‘or pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etish

    Download 403,5 Kb.