Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot




Download 478,28 Kb.
bet20/89
Sana26.09.2024
Hajmi478,28 Kb.
#272518
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
Bog'liq
Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua

Qadriyatlar faqat o‘tmish uchun qadrli bo‘lmasdan, balki hozirda ham kelajak taraqqiyotida ham qadrli bo‘lib, ular jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qiladi hamda kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va h.k.lar majmui tushuniladi.
Qadriyat turlari quyidagilar:

  • tabiiy qadriyatlar;

  • moddiy qadriyatlar;

  • ma’naviy qadriyatlar;

  • estetik qadriyatlar;

  • milliy qadriyatlar;

  • umuminsoniy qadriyatlar.

Bular o‘z navbatida shajaraviy xususiyatga ega.
Tabiiy qadriyatlar– insonning yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan resurslar, ya’ni yer va yer osti boyliklari, suv, havo, o‘rmonlar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar.
Moddiy qadriyatlar – insonlarning moddiy ehtiyojlarini qondirishda qadrli bo‘lgan narsa (predmet, buyum)lardir. Ular: ishlab chiqarish vositalari va qurollari, mehnat predmetlari, moddiy ne’matlar, kishi faoliyati jarayonini amalga oshirishdagi buyumlar.
Ma’naviy qadriyatlar – siyosiy, huquqiy, badiiy, diniy, estetik, falsafiy, axloqiy, ma’rifiy, madaniy qadriyatlar majmuasidir.
Estetik qadriyatlar– barcha ham shaklan, ham mazmunan go‘zalliklardir (barcha tabiiy va ijtimoiy go‘zalliklar).
Milliy qadriyatlar – muayyan xalq va millatlarning uzoq tarixiy davrlar asosida rivojlanib kelgan va ma’lum shakl va mazmunga ega bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuasidir.
Umuminsoniy qadriyatlar– umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan va uning sivilizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar majmuasidir. Umuminsoniy qadriyatlarning asosini kurrai zamindagi ilm-fanni taraqqiy ettirish, dunyo bo‘yicha tinchlik va barqarorlikni saqlash, ekologik muammolar yechimini izlash, yadroviy qurollar poygasini to‘xtatish, turli xalqaro xavflarni oldini olish, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xomashyosi, energiya manbalarini yaxshilash, koinot va jahon okeani resurslarini o‘zlashtirish va shu kabilar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar tashkil etadi.
17 asrda Bekon, Dekart, Gobbs, Leybnits kabi faylasuflar bilim qadri oshirilishi haqida gapira boshlaydi. Dekart bilim qadri haqida shunday yozadi: “Men fikrlayabman, demak men mavjudman” [2].

Download 478,28 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Download 478,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot

Download 478,28 Kb.