|
Pedagogik aksiologiyaning mazmuni
|
bet | 21/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaPedagogik aksiologiyaning mazmuni. Mazkur vazifa va funksiyalari ilmiylik, amaliylik, tajriba birligini ifoda etuvchi pedagogik aksiologiya mazmunini ochib beradi.
Ilmiy jihat (aspekt) boshqa barcha ijtimoiy jarayonlarni aniqlab beruvchi, asosiy qadriyat sifatida ta’limni ko‘rib chiqish asosida ta’limiy qadriyatlarni o‘rganuvchi pedagogikaning yangi ilmiy yo‘nalishi - pedagogik aksiologiyaning muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni talab etadi. Bu erda asosiy vazifalardan biri sifatida aniq shart-sharoitlarni xisobga olgan holda, ta’limni qadriyatli bashoratlashni ilmiy asoslash aks etadi. Aksiologik bilimlarni tizimlashtirish maqsadida pedagogikadagi qadriyatli merosni o‘rganish va pedagogik aksiologiyaning tushunchali apparatini aniqlash ham kam bo‘lmagan vazifa hisoblanadi.
Amaliy jihat o‘quv rejalari va dasturlari tuzish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratish, didaktik va metodik materiallarni ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya konsepsiyasini yaratishda ta’lim sohasi xodimlarining aksiologik bilimlardan foydalana olishini tahlil etadi.
Tajribaviy(praktik) jihat o‘quvchi, talaba, o‘qituvchilarning qadriyatli ongi, munosabati, xulq-atvorini shakllantirish, ularni qadriyatli rivojlantirishga doir aniq muammolarini hal etishga qaratilgan ta’lim muassasalari faoliyatini o‘z ichiga oladi. Ularning vazifasi hozirgi vaqtda pedagogik aksiologiya nimani taqozo etsa, shularning barchasidan mohirona foydalanishni o‘zida aks ettira olishdir.
Amaliy jihatni amalga oshirish to‘liq ravishda qadriyatli yo‘nalganlikning nazariy asoslarini aniqlab beradigan ilmiy jihatni rivojlanganligiga va ta’lim sohasi barcha bo‘g‘inlari faoliyatli yo‘nalganligini shakllantirilganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Jamiyat me’yor, talab, ideal, madaniy qadriyatlar shaxs tomonidan yakka va tanlangan holda qabul qilinadi va o‘zlashtiriladi. SHaxs qadriyatli munosabati shuning uchun ham har doim jamiyat tomonidan qabul qilingan va e’tirof etiladigan qadriyatlarga mos kelmaydi. Jamiyat qadriyatlari qachon stimul va faoliyat ko‘rsatishga uyg‘otuvchi kuch bo‘ladi, qachonki, inson tomonidan ongli ravishda qabul qilinsa va o‘zlashtirilsa hamda uning shaxsiy qadriyati, da’vati, ideali maqsadiga moe kelsagina, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Insonning shaxs sifatida shakllanishi insonparvarlik qadriyatlari tizimini o‘zlashtirishni nazarda tutadi, u esa o‘zida insonparvarlik madaniyati asoslarini aks ettiradi. Ushbu qadriyatlarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalasi o‘zida katta ijtimoiy ahamiyatni ifoda etadi. Uning muvaffaqiyatli echimi ko‘p hollarda ta’limning insonparvarlashishiga bog‘liqdir. Uning mazmuni shundan iboratki, shaxs tomonidan ongli ravishda madaniy qadriyatlar tanlovini ta’minlash va uning negizida mustahkam, inkor etmaydigan, insonparvar qadriyatli munosabatlar individual tizimini shakllantirishdir.
Qadriyatli mazmunga ega ta’limda shaxsning xulq-atvori mo‘ljalga olinadi, ular esa uning insonparvarlikka yo‘nalganligini aniqlaydi va qadriyatli baholash asosi sifatida namoyon bo‘ladi. Dunyoqarash shaxs qadriyatli munosabatining konseptual interpretatsiyasi konteksti sifatida maydonga chiqadi, interpretatsiya xulq-atvor - me’yor sifatida, qadriyatli munosabat - u yoki bu tizimga invariant sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan mana shunday ko‘rinishda dunyoni bilish aksi va qadriyatli munosabat ma’naviy boshqarilishi ham yo‘naltiriladi hamda mazmunan shaxs faoliyati va xulq-atvorini tashkillashtiradi.
Shuning uchun tarbiya ijtimoiy-tashkil etilgan umuminsoniy qadriyatlar interiorizatsiyasi jarayoni sifatida ko‘rilishi mumkin. Hayotda esa qadriyat shaxsni faoliyatga, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini rivojlantirishga uyg‘otishi uchun, insonning ongli ravishda tushunib etishi hali kamdir. Qadriyat faoliyat motivini uyg‘otuvchi kuch sifatida qachonki, shaxs tomonidan interiorizatsiyalansa, ichki mavjudlikning zarur lahzalarini taqdim etsa, inson o‘z faoliyati maqsadini aniq shakllantira olsa, uning insonparvarlik ma’nosini tushina bilsa, maqsadlarni amalga oshirishning samarali vositalarini topsa, to‘g‘ri va o‘z vaqtidagi nazorat, o‘z xatti-harakatini tuzata olsa va baholay olgandagina, aniq namoyon bo‘ladi'.
|
| |