|
Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot
|
bet | 87/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmua15-MAVZU
Yoshlarda kitob o‘qish madaniyatining maqsad va vazifalari
Reja:
Yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish
Kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish
Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish
Mustaqil ish: “Eng sevimli badiiy asarim” taqdimoti
Tayanch so’zlar: Mutolaa, o’qish texnikasi, so’z boyligi, “Kitobxonlik” tanlovi, zakovat.
Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda
G‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amgin zamonda.
U bilan qol tanho hech bermas ozor,
Joningga yuz rohat beradi takror.
Abduraxmon Jomiy
Kitob — insonnint eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘‘tabar va mukaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobta muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimiznint qon- qoniga singib ketgan. Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog‘liq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida qo‘l keladi. Inson o‘zining fikrlash qobiliyati, ma’naviyat dunyosi bilan tirik. Odamni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi omillardan biri ham uning ma’naviyati hisoblanadi.
“O‘zimdagi barcha yaxshi xislatlarim uchun kitobdan minnatdorman”, degan edi o‘z davridagi allomalardan biri. Darhaqiqat, kitob bizning do‘stimiz hisoblanadi. Ota-bobolarimiz “Boburnoma”, “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” singari bebaho asarlarni o‘qib, ulg‘ayishgan. Kitobni inson tafakkurinint qanotlariga o‘xshatishgan. Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng ma’rifatli kishilar jamiyatnint chinakam boyligidir. Aksincha, hayotda ro‘y berib turadigan ayrim noxushliklar ildizi esa ma’rifatsizlik, kitob o‘qimasliknint achchiq mevasi. Temirni zang kemirganidek, odamni ham ma’naviyatsizlik mo‘rt qiladi. Ma’naviyat esa insonga kitob o‘qish orqali yuqadi. Har qanday yangilik ham bir kun eskiradi, biroq insoniyatnint ming-ming yillar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi. Binobarin, kitob-hamisha ilm-ma’rifat, adab va axloq manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko‘ra qudratliroq vosita yo‘q. Inson aqliy salohiyatining yuksalishida kitobnish o‘rni beqiyos. Zero, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi. Ne-ne ulug‘ zotlar kitobga oshno bo‘lib, etuklikka erishgan, komil inson darajasiga etishganlar.
Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanadi. Kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno bola yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayadi. Shuning uchun ham oilada, bog‘cha va maktablarda bolalarning kitobga mehrini, adabiyotga qiziqishini oshirish ota-onalarning, o‘qituvchilarning vazifasi.
Ko‘p kitob o‘qigan kishining bilim saviyasi yuqori, muomala madaniyati yuksak, yetuk inson sifatida hayotda o‘z o‘rnini topa oladi. Qadimda buyuk shoir va yozuvchilarimiz, olimlarimiz kitobga shu qadar mehr qo‘ygan edilarki, hatto tunlari sham yorug‘ida kitob mutolaa qilganlar. So‘z mulkining sultoni Navoiy xazratlari 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, buyuk muhaddisimiz Imom al-Buxoriy hazratlari esa olti mingdan ziyod hadisni yod bilgan. Ammo u davrlarda bizga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning bir qismi ham bo‘lmagan. Lekin ular o‘z maqsadlari sari intilib, yuksak ma’naviyat sohibiga aylanishgan. Demak, biz uchun berilayotgan imkoniyatdan unumli foydalanish xar birimizning o‘zimizga bog‘liq. To‘qlikka sho‘xlik esa o‘zbek millatining yoshlariga xos fazilat emas. Aslini olganda, ayrim yoshlarimiz bunday loqaydlikdan yirok. Ular o‘zlarining hur fikrligi va yuksak ma’naviyati bilan ajralib turadi. Biroq, guruch kurmaksiz bo‘lmagani kabi insonlar orasida xam ma’naviy kashshoq kishilar yo‘q emas. Bundaylarning loqaydliklari natijasida “engil hayot” ixlosmandlari safi ortib bormokda. Oqibatda kitob o‘qish unutilmoqda. Ma’naviyati sayoz, kitob o‘qimaydigan insonlar oilasida tarbiya topayotgan farzandlar kelajakda barkamol shaxs bo‘lib ulg‘aymaydi.
Atoqli adibimiz Oybek ta’rificha, kitob – tafakkurning tolmas qanotlaridir. Shu ma’noda aytish mumkinki, kitob – insonning qalb gavhari, tafakkur xazinasidir. Biz shunga erishishimiz kerakki farzandlarimiz uchun kitob eng bebaho sovg‘a bo‘lsin. Shundagina fardandlarimiz biz orzu qilganday, ma’naviy yetuk, teran fikrlay oladigan, katta va kichikka mehribon, Vataniga sodiq, insofli, diyonatli va oliyjanob insonlar bo‘lib kamol topadilar.
Mashhur fransuz faylasufi Frans Bekon “Kitoblar tafakkur durdonalarini avloddan avlodga eltuvchi aql kemalaridir” deb bejiz aytmagan. Zero, kitob aqlni charhlaydigan, aql bulog’ini ochadigan va uni ilhomlantiradigan buyuk mo''jizadir. Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati ma'naviy taraqqiyotidagi beqiyos o'rni qadimdan ma'lum. U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga go'zallikka muhabbat uyg'otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg'usini paydo qiladi.
Bolalar kitobxonligini shakllantirishda maktab hamda ota-onalar zimmasiga nihoyatda murakkab va mas'uliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning o'zi ham yuksak didga ega va ma'rifatli va bilimli bo'lishlari kerak. Ma'lumki, bola kitob o'qishni bilgan taqsirdagina, kitob uning ma'naviy hayotida muhim rol o'ynaydi. Kitob bolaning ma'naviy boyishi uchun uni ma'naviy, aqliy, estetik o'sishga yo'llashi zarur. Buning uchun dastlabki turtki oilada bolaga o'qib berilgan birinchi kitob bo'lsa, ikkinchisi, bola otasi va onasining o'qishini eshitib, badiiy obrazlar go'zalligini tasavvur qilishi, kitob bilan ana shu birinchi va ikkinchi uchrashuv bolaning keyingi o'smirlik davrida uning ma'naviy hayotining barcha sohalari: mehnat, o'yin, musiqa, bolalar ijodi bilan bog’liq bo'lib, uni hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi zarur. Chunki, o'smir hayotini ijodiy mehnat, ertaklar olami, fantaziyalar, o'yin va musiqasiz tasavvur etish qiyin. Bularning barchasini kitobxonlik ham qamrab olsa, uning hayoti mazmunsiz, voqea-hodisalarning tub mohiyatini anglab olishga harakat qiladigan, turmush ziddiyatlarini tushunadigan aql-zakovatli ma'nan barkamol shaxs bo'lib yetishishiga yordam beradi. Ana shunday aql-zakovatni shakllantiruvchi, inson cha'naviy dunyosini boyituvchi vosita - bu kitob, kitobxonlikdir.
Kitobxonlik - bu insonning o'z ustida ishlashi, faoliyatini ma'lum yo‘nalishga burib yuborish, ongida ma'lum tuyg’ularni, e'tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni o'ylashga, hayotda qanday yashashga o'rgatish, fikr yuritish, yozuvchining insonparvarlik, axloqiy, estetik, badiiy, fuqarolik nuqtai nazarini bilib olish, uning ma'naviy o'gitlarini ilg'ab olish va bular asosida o'z hayot yo'li dasturini belgilash, yozuvchi bilan munozaraga kirishish, har bir o'qigan kitobidan yangilik topish, ma'naviy dunyosini boyitishdan iboratdir.
Haqiqatan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yo'llasa, uni o'qimaslik johillikka, ma'rifatsizlikka olib kelib, natijada ma'naviy bolada qashshoqlik yuzaga keladi. Maktabda, oilada muhim vazifa - kitobxonlikni inson hayotida zaruriyatga aylantirishdan iborat. Agar kitobxonlik zaruriyatga aylanmasa, oilada ham, maktabda ham unga mehr-muhabbat, e'tibor kuchaytirilmasa farzandni kitobga bo'lgan munosabatini o'zgartirish mumkin emas.
Oila kitobxonligi bu - oila a'zolarining aql-zakovati va yuksak ma'naviyatini shakllantiruvchi, inson ma'naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mehr-muhabbat hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma'lum tizimidir. Bu tizim o'smirlarning aqliy, ma'naviy, axloqiy, estetik rivojlanishi tizimidan iborat bo'lib, o'zbek oilalarining kitobxonlikka doir boy an'anasi va hozirgi davrda to'plangan boy tajribasiga asoslanadi.
O‘smirlar ma'naviyati rivojlanib boruvchi faol jarayon. Shu sababli ota-ona kitobdan foydalanishda quyidagi omillarga e'tibor berishlari lozim:
1. O'smirlarda kitob o'qish ishtiyoqini shakllantirish. Nihoyatda murakkab bo'lgan. Bu masala o'smirlarning kitobxonlikka bo'lgan munosabatini belgilaydi. Tan olish kerak, o'smirlarning bugungi kitobxonlik darajasi qoniqarli emas. Bu ijtimoiy muammodan chiqib ketishning yagona yo'li ota-onaning yordamga kelishidir. Maktabda o'qituvchi, uyda ota-ona bolada kitob o'qish ko'nikmasini hosil qilishi kerak. Bunda oddiydan murakkablikka, ya'ni murakkabligi jihatidan normal, bolaning kamolot darajasiga mos bo'lgan kitoblar tanlash qo'l keladi.
2. Kitob tanlashda o'smirning ma'naviy darajasini hisobga olish lozim. Ota-onaning o'smirda kitob o'qish ko'nikmasini hosil qilishdagi ilk vazifasi kitob tanlashda yordam berishdir. Ularning saviyasiga mos bo'lgan adabiyotlarni keng targ’ib qilish o'smirlarni jamiyatning munosib fuqarosi, mustaqil davlatimizning yetuk, barkamol insonlari bo'lib etishishi uchun va ma'naviyatining yuksakligi bilan oilasiga va jamiyatga foyda keltirishga olib keladi. Buning uchun oilada kitobxonlik ruhi bo'lishi kerak. Kitob tanlashda o'smirning yosh xususiyatini hisobga olish o'smirning rasional o'sishiga olib kelsa, ma'naviy darajasini hisobga olish esa intellektual rivojlantiradi. Bu esa rasionallikdan ko'ra keng qamrovli va samaralidir. Oiladagi kitobxonlik ruhi bevosita bola ruhiyatiga ham ta'sir etadi, shu sababli, bunda birinchi galda badiiy adabiyotni, keyinchalik ixtisosliklar bo'yicha kitoblarni tavsiya etish mumkin.
3. Kitob tanlashga ixtisoslashish. O‘qituvchi, ota-ona o'smirni kitobxonga aylantirib borishida uni ixtisoslashtirib borish yo'lini tutishi kerak. Bu borada eski texnologiya - o'smir yuqori sinfga o'tganda ixtisoslashtirish kerak, degan fikrdan voz kechish lozim Aksincha, dastlabki (boshlangich) bosqichlardanoq o'smirning ma'naviy dunyosi, tarbiya muhiti, qiziqishi, dunyoqarashi va ruhiy xususiyatlari hisobga olinib, ixtisoslashtirilib borilishi kerak. Bu tajriba Amerika ta'lim tizimida o'zini oqlagan. Ularda bolani 12 yoshga qadar ixtisoslashtirishga harakat qilinadi va shunga qarab kitob tanlab beriladi. Bu dastlab mutaxassislarni cho'chitgan edi, lekin Amerika ta'lim tizimining keyingi 30 yillik tajribasi o'smirlarni boshlang’ich sinflardayoq ixtisoslashtirish samarali ekanligini isbotladi. Natija o'smirda mustakil fikrlash va harakat qilishga intilishning paydo bo'lishiga erishildi.
4. Kitobni ekspertizadan o'tkazish. Jamiyatimiz erkinlashib, demokratlashib borgan sari kitob nashr etish ishlarida ham erkinlik yuzaga kela boshladi. Tabiiyki, bu hol turli saviyadagi kitoblarning nashr etilishiga sabab bo'lmoqda. Shu ma'noda ota-ona bola uchun kitob tanlayotganida kitobning ma'no-mazmuni, uslubiy jihatdan mutaxassis ko'rigidan o'tkazib olishi maqsadga muvofiq. Bunday qilish tarbiyaning asosiy yo'nalishlaridan chalgimaslikka, o'smir ma'naviy dunyosining to'g'ri shakllanishiga va qo'yilgan maqsadga etishish uchun olib keladi. Bu tajriba o'zbek milliy pedagogikasi tajribasidan ham ma'lum. Ular talabga javob bermaydigan kitobni o'z farzandiga o'qishni qat'iy taqiqlagan. Bugun ham bu tarbiya jihati muhim sanaladi.
5. Kitob o'qishni kuzatib, nazorat qilib borish. Bugun ota-onalar tarbiya jarayonining natijasi bo'lgan kitobxonlik bilan ko'proqqiziqishi kerak. Shu ma'noda o'smirlar kitobxonligini monitoring kilib borish maqsadga etishning samarali jihatlaridan biridir.
Monitoring, kitobxonlik yuzasidan test sinovlari, kitobxonlik kechalari, muloqot, davra suhbatlari, turli mavzularda munozaralar, ilmiy-amaliy anjumanlar, suhbatlar, sosiologik-empirik tadqiqotlar va analitik tekshiruvlar vositasida amalga oshirilishi mumkin. Ma'lumki, kitobxonni avvalo kitobda tasvirlangan voqelik qiziqtiradi. Asta-sekin bu kizikish uning hissiyotiga ta'sir etib, tasvirlangan voqelik bilan hayot voqeligini taqqoslay boshlaydi, tasvirlardagi go'zallikni anglay boshlaydi, qahramonlarning xarakteri haqida o'ylay boshlaydi, muallifning maqsadi bilan qiziqadi. Faqat bu borada biz kitob vositasida tarbiyalashning yangi usul va mexanizmlarini yaratishimiz lozim.
Ota-onalar bolalarga kitob tanlashda, ayniqsa, o'smirlarning yoshi, ruhiyati, qiziqishi, didini hisobga olishi yoki zarur hollarda mutaxassislar bilan maslahatlashishi kerak. Shu bilan birga bola o'qiyotgan har bir badiiy asarning tarbiyaviy jihatlariga ham e'tibor berish zarur.
Kitob tanlashda faqat o'zbek adabiyotigina emas, qardosh va chet el adabiyoti namunalaridan ham bolalarga tavsiya etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Sh.Pero Orinyanning “Qizil shapkacha”, aka-uka Grimmlar, Mark Tven, Xans Xristian Andersen, Janni Rodari, Jonatan Svift, Rasul Gamzatov, Nodar Dumbadze, Chingiz Aytmatov, A.S.Pushkin asarlari, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, S.Marshakning hikoyalari doimo bolalar uchun qiziqarli.
Oilalarda yana bir muhim muammo - kitobni asrash va uni o'zidan keyingi oila a'zolariga yoki boshqalarga yetkazishdir. Ko'pincha biz kuzatgan oilalarda kitob tanlash, uni o'qishga e'tibor beriladi-yu, lekin avaylab-asrashga, kitobga mehrni tarbiyalashga befarq qaraydilar. Kuzatishlar natijasida darsliklar, juda ko'p rangli bolalarbop kitoblar yirtilib, chizilib, axlat qutilariga tashlanganligining guvohi bo'ldik. Bolalarga “Kitob ham nondek aziz”ligini tushuntirishda kattalarning o'zi ibrat bo'lishi zarur. Ajdodlarimiz doimo kog’ozni uvol qilmanglar, uni avaylab-asranglar deb kelganlar. Bu an'anani yosh avlod ongiga singdirish bir tomondan bolalarda kitobni asrash eng muhim insoniy hislat sifatida shakllantirsa, ikkinchi tomondan hozirgi bozor iqtisodi sharotida kitob zahirasini yaratish muhim omil sanaladi. Ayniqsa, serfarzand oilalarda hox darslik bo'lsin, hox badiiy yoki ommaviy adabiyotlar bo'lsin, ular har bir xonadon a'zosiga o'zidan keyingi oila a'zolariga ham kerakligini tushuntirish asosiy vazifalardandir.
Hozirgi davrda televizor qisman kitob o'qishni siqib chiqarayotir, degan e'tirozlar ham paydo bo'lmoqda. Lekin televizorda biror ko'rsatuvni ko'rish uchun har bir inson tayyorlanadi, o'ziga qulay sharoit yaratadi. Teledasturlar qaysi ko'rsatuvni qachon ko'rishga o'rgatadi. Agar kitob o'qish uchun ham ota-onalar ana shunday sharoit yaratsa, televizor ko'rish va tanlab kitob o'qishni, qiziqib o'qishni o'rgatsa, ko'zlangan maqsadga erishish mumkin.
Kitobxonlikda eng muhimi oilada kitobga mehr uyg'otish, uni avaylab-asrashni tarkib toptirishdir. Faqat allomalargina emas, ko'plab oddiy insonlar ham kitobni asrab-avaylaydilar. Xalqimiz azaldan “Kitob har narsadan aziz, uni peshonaga surtish - o'pish savob”, deydi. Buyuk olimu adiblarimiz Oybek, G'afur G'ulom, Izzat Sulton, Mirzakalon Ismoiliy va boshkalarning uy muzeylariga ota-onalarning o'z farzandlari bilan sayohatlarida bu insonlar uchun kitobdan boshqa aziz narsa bo'lmaganligi, ular kitoblarni avaylab-asraganlari, juda ko'p o'qiganlari ma'lum bo'ladi. Zero, xalqimizning kitobni e'zozlab ardoqlagani, nam tegmaydigan tokchalarda asragani, bo'sh vaqtlarini kitob mutolaasi bilan o'tkazganlari kitobga nakadar mehr-muhabbat qo'yganlarning guvohidir.
Bularning barchasi o'smirlarda shaxsiy kutubxona tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kitob yig'ishda uni ko'z-ko'z qilish emas, balki o'z oilasidagi farzandlari va ularning do'stlarini ham bahramand qilishga olib keladi. Olimlarning fikricha, bir odam butun umri davomida 2000 ta kitob o'qiy olish imkoniyatiga ega ekan. O'smirlik yillarida bola o'qigan kitob unda bir umrga iz qoldirishi muhim. O'smir endi bolalik davridan o'tgan. U o'qigan kitobidan mamnun bo'lib, zavq bilan o'qishi zarur. U endi kitobni yozuvchining badiiy mahoratiga qoyil qolib, so'zning hissiy bo'yog'idan ta'sirlanib, uni idrok qilib o'qishga o'tadi. Shunday ekan, u o'ziga yoqib kolgan kitoblar bilan oilasining shaxsiy kutubxonasini boyita boradi yoki o'zi shaxsiy kutubxona tashkil etish tashabbuskori bo'ladi.
Shaxsiy kutubxona egalarining qiziqishlari turlicha bo'lishi mumkin: mamlakatlar tarixi, ajoyib kishilar hayoti, ilmiy-fantastika, sayohatlar to'g'risida kitoblar, tarixiy qissa va romanlar, poeziya, san'at sohalariga doir kitoblar shular jumlasidandir. Badiiy adabiyotlar tarkibida qayta-qayta o'qiladigan yoki sevimli yozuvchilar tanlangan asarlarining bo'lishi ham maqsadga muvofiqdir. Bir marta o'qiladigan kitobni ommaviy kutubxonalardan olib o'qigan ma'qul. Bolalar kutubxonasi uchun kitob tanlaganda, asosan, turli yoshdagi bolalarni hisobga olish kerak. Ular uchun turli millat yozuvchilarining ertak, sarguzasht, ilmiy-fantastik kitoblarni ham ko'paytirish darkor. Bu ularning tafakkuri rivojlanishiga katta zamin tayyorlaydi. Darhaqiqat, mashhur pedagoglardan biri ta'kidlaganidek: «Kitob mutolaasi bilan o'tgan hayot — fikrlar go'zalligi bilan oshno bo'lish, madaniy boylikdan huzur qilish, o'z-o'zini yuqori ko'tarishdir». Barkamol avlodni voyaga yetkazmoq uchun ularni kitob bilan oshno qilishimiz, kitobni mayoq qilib qo'llariga tutqazishimiz lozim. Qalb tarbiyasini esa, biz kattalar o'zimizdan boshlashimiz kerak. Har bir oilada kam sonda bo'lsada kitoblar bo'ladi. Aksariyat hollarda esa bir necha o'nlab, yuzlab, minglab kitoblar bilan oila kutubxonasi bo'lishi mumkin.
Boladagi barcha tarbiyaviy hislatlar dastlab oilada shakllanadi, demak kitobxonlik ham o'z oilasi a'zolari ko'magi va ta'sirida yuzaga keladi, rivojlanadi. Kitobxonlikning yaxshi yoki sust rivojlanishida oiladagi boshqa a'zolarning kitobga, o'qishga munosabati katta ta'sir ko'rsatadi. Ota-ona har bir ishda, jumladan kitobga munosabatva uni o'qishda ham bolalariga o'rnak bo'lishlari lozim. Oilada bola kitobxonligining faollashuvida shaxsiy kutubxonadagi kitoblarni birgalikda o'qish va ularni muhokama qilish; ota-onaning boladan har bir javob haqidagi shaxsiy tushuncha va fikrini so'rash, bu fikrni bildirish uchun bolaning kitob haqida mushohada yuritishni o'rganish (aniqrog'i o'rganish) muhimdir.
Kitobxon - o'quvchi oilada o'rgangan hayotni kitobdagi hayotiy voqealar bilan boyitib, hayot haqidagi tushunchalari, insoniy fazilatlar, yaxshilik, qadriyatlarni, avlodlari hayoti bilan faxrlanish, Vatanga muhabbat, do'stga sadoqat, hurmat, mehnatsevarlik, sabr-tokatlilik fazilatlari yuksalib boradi. Bu borada eng katta yordamchi badiiy adabiyotdir. Badiiy adabiyotda har qanday voqea-hodisa badiiy obrazlardan, ta'sirchan shaklda ifodalandiki, unda o'smir yoshdagi kitobxon ko'p fazilatlarni o'rganish, ma'nan boy shaxs bo'lib shakllanishi mumkin.
N.Rubakin fikricha, kitobxon tomonidan matnning qanchalik sifatli o’zlashtirilgani uning matn mazmunini qanchalik darajada anglaganligi hamda anglagan tushunchalarni hayotga qanchalik tatbiq qila olishi bilan belgilanadi. Mutolaa texnologiyasining miqdoriy jihati esa, o‘quvchining tez yoki sekin o‘qishida ko‘rinadi. Tez o‘qishning mutolaadagi ahamiyati yuqoridir. Bu jarayonida shaxsning tezkor xotirasi hamda diqqatning muqimligi shakllanadi. Ushbu xususiyatlar esa, o’z navbatida, shaxsning aqliy kamolotini ta’minlaydi. Jamiyatning har bir a’zosini aqlan rivojlantirish komil inson konsepsiyasi hamda har tomonlama sog’lom avlodni shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlarimizning asosiy maqsadidir. Mutolla tezligi tarbiya jarayonida ham muhim ahamiyatga ega. Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘rta maktabning 6-7 sinflariga kelib, o‘qishdagi faollik keskin pasayadi. Bunga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri — o‘quvchilarda shaxsiy mas’uliyatning pasayishidir. Bu xolat 5-sinfda, ayniqsa, aniq kuzatiladi. O‘z navbatida, mas’uliyatsizlikning shakllanishiga 3-4 sinflarda darslarning o‘z vaqtida o‘zlashtirilmasligi sabab bo‘lib, bu esa, turli murakkab matnlarni tez o‘qiy olmaslik natijasidir. Bundan kelib chikdaigan ilmiy-hayotiy saboq shuki, boshlang‘ich sinflarda tez o‘qish qobiliyatini egallay olgan o‘quvchilar keyinchalik ham saboqlarga mas’uliyat bilan yondashadigan, faol hamda har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib yetishish imkoniyatlarini oshiradilar. Tez o‘qishning iqtisodiy samaradorligi ham yuqoridir. Tadqiqotchilar fikricha, yapon mo’jizasining asosiy omillaridan biri ham ishchilarning o‘qishga moyilligi yuksakligi, yuqori ma’lumotga ega bo‘lganligidadir. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, o‘qishga layoqatning ustuvorligi natijasida XX asrning 90 yillaridayok katta yoshdagi yapon aholisining 38 foizi oliy ma’lumotga ega bo‘lishgan. Bu yutuqning ahamiyatli tomoni shundaki, aksariyat yaponlar bunga mustaqil ravishda erishishgan. AQSH korxonalarida esa, minutiga 400 tadan kam so‘z o‘qiydiganlarni rahbar lavozimlarga tayinlashmaydi. Chunki ularda tez o‘qiy olmaydigan rahbar, qog‘ozga ko‘milib qoladi, deb hisoblasharkan. Ma’lumki, fuqarolarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda gazeta-jurnallar muhim ahamiyat kasb etadi. Agar “Xalq so‘zi” gazetasi o‘rtacha 40 ming so‘zdan iborat, gazetxonlarimiz o‘rtacha minutiga 80 ta so‘zni o‘qiy oladi, deb hisoblasak, bir kishi mazkur gazetaning bitta sonini o‘qish uchun 500 minut yoki 8 soat sarflashi kerak bo‘ladi. Agar tezroq o‘qisa, tabiiyki, kamroq vaqt sarflab, ko‘prok ma’lumotga ega bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tez o‘qishni shakllantirishning mafkuraviy ahamiyati ham mavjud. Tadqiqotchilar mutolaa texnologiyasining sifat va miqdor yo‘nalishlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashi uchun optimal o‘qishni tavsiya etishadi. V.Zaysevning fikricha, “optimal o‘qish so‘zlashuv nutqi darajasidagi o‘qishni anglatadi". Bu minutiga 120-150 ta so‘z o‘qish, demakdir. Shunda shaxsning ruhiy xolati va intellektual imkoniyatlari ham ko‘prok ma’lumotga ega bo‘lish, ham o‘qilgan ma’lumotni anglash imkonini beradi. Ilmiy hodimlar va rahbar lavozimidagilardan, albatta, tezroq o‘qish talab etiladi. Mutolaa tezligi ma’lumotlarni qabul qilish tezligiga bog‘liq. Bunda kitobxonning taxlil qilish tezligi va intellektual salohiyati kabi shaxsiy xususiyatlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. AQSHlik mutaxassislar mutolaa jarayonini o‘qilayotgan matnni tushunish koeffitsienti 70 foizdan kam bo‘lmagan “me’yoriy” hamda 50 foiz atrofida bo‘lgan “saralab” o‘qish turlariga ajratishadi. Me’yoriy o‘qish oddiy (minutiga 200-300 ta so‘z), tezrok (minutiga 300- 500 ta so‘z) hamda juda tez (minutiga 550 tadan oshiq so‘z) o‘qishni anglatadi. Saralab o‘qish esa, qarab chiqish, qidirish va saralab o‘qishdan iborat. Saralab o‘qishda o‘qish tezligi minutiga 800-1600 ta so‘zni tashkil etadi. Ushbu o‘qishni mutaxassislar diagonal o‘qish deb ham nomlashadi. Mutolaa madaniyatining ikkinchi tizim yasovchi xususiyati — mutolaa darajasi mutolaa texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchi tomonidan ma’lumotni anglash darajasini bildiradi. Buning to‘rtta bosqichi mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir:
1 daraja-O‘quvchi matnning mazmunini anglab, hikoya qilinayotgan voqeaning syujetini hamda uning asosiy jihatlarini eslab qoladi;
2- darajada o‘quvchi matnning mazmunini hamda syujetni anglab, voqealar rivojini ma’lum darajada bashorat qila olish qobiliyatiga ega bo‘ladi;
3- darajada o‘quvchi matnga va unda hikoya qilinayotgan voqeaga o‘zining mustaqil munosabatini bildirib, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay oladi hamda asarning epizodlarini tahdidqila oladi;
4- darajada o‘quvchi matnning mazmunini to‘la anglab, voqeani mustaqil taxlil eta oladi. Voqea qahramonlarining xatti- harakatlarini tahlil qilib, o‘z munosabatini shakllantiradi.
Yoshligidanoq, mutolaaning mazkur darajalarini shakllantirib borish lozim. Mutolaa madaniyatining eng muhim tizim yasovchi xususiyati — mutolaa intensivligi bo‘lib, bunda mutolaa manbalaridan davriy foydalanish sur’ati tushuniladi. Ya’ni bir o‘quvchining bir hafta davomida nechta gazeta o‘qigani yoki bir yil mobaynida nechta kitob ukigani mazkur uning mutolaa intensivligini belgilaydi. Mutolaa intensivligi jamiyatda mutolaa madaniyatining darajasiga mutanosib bo‘lib, intensivlik qanchalik yuqori bo‘lsa, mutolaa madaniyati ham shuncha yukori bo‘ladi. Mutolaa intensivligining yuqori bo‘lishini ta’minlovchi omillar quyidagilardir:
1. Mutolaaga va ma’lumot olishga qiziqish darajasining yuqoriligi. Bu xususiyat shaxsda yoshligidan — maktabda, hatto bolalar bog‘chasida shakllanadi. Demak, jamiyatda barkamol shaxslarni kamol toptirishning muhim jihatlaridan biri — o‘quvchi yoshlarda mutolaaga qiziqishni shakllantirishdir.
2. Mutolaa manbalarining qiziqarli, mazmunan boy bo‘lishi. Buni ta’minlash uchun mutolaa manbalarining mazmundorligini oshirish, shuningdek, jahon hamda milliy adabiyot durdonalari namunalarini, yuksak iste’dod va mahorat bilan yaratilgan zamonaviy asarlarni ko‘proq chop etish lozim.
3. Mutolaa manbalariga oson ega bo’lishni ta’minlash. Buning ikkita omili bor. Birinchisi — iqtisodiy omildir, ya’ni aholining harid quvvati bilan mutolaa manbalarining harid bahosi mos kelishi kerak. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ya’ni kam ta’minlangan va nogironlarni bepul kitoblar bilan ta’minlash va gazeta-jurnallarga obuna qilishni tashkil etish lozim. Ikkinchi muhim jihat esa, mutolaa manbalari tarqatiladigan muassasalarining qulay joylarda joylashuvidir, ya’ni kutubxonalar, internet-kafelar, kitob hamda gazeta do’konlarining joylashtirilishida kitobxon va gezatxonlarning manfaatlari hisobga olinishi lozim.
4. Bozor iqtisodi talablariga mos ravishda turli adabiyotlar va boshqa mutolaa manbalarining reklamasini keng yo’lga qo’yish. G’arb mamlakatlarida o’tkazilgan ijtimoiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, aniq maqsadni ko‘zlagan holda oldindan reklama qilingan nashr mahsulotlariga talab har doim yuqori bo‘ladi. Bu omildan rivojlangan davlatlar noshirlari ustalik bilan foydalanib kelmokdalar. Chunki bu ishlar, bu bir tomondan, iqtisodiy foydani ko‘zlab amalga oshirilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatda mutolaa intensivligining o‘sishiga, demak, mutolaa madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi. Yuqoridagi uch omil — mutolaa texnologiyasi, mutolaa darajasi hamda mutolaa intensivligini amaliyotda muvaffakiyatli qo’llay olish mutolaa madaniyati uchun zarur alomatlardan hisoblanadi. Mutolaa madaniyati ijtimoiy maqsadlar, ehtiyojlar hamda mutolaa subyektlari intilishlarining o‘ziga xos uyg‘unlashuvidir. Mazkur hodisani jamiyatda ma’naviy-intellektual yuksalishga bo‘lgan intilishlarning o‘ziga xos namoyon bo‘lish shakli, deyish mumkin. Mutolaa madaniyati faqat umuminsoniy va gumanitar milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan jamiyatlardagina yuksaladi.
|
| |