|
Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot
|
bet | 88/89 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 478,28 Kb. | | #272518 |
Bog'liq Ta\'lim tarbiyaning dolzarb muammolari majmuaTayanch tushunchalar
Kitob – axborotlarni, g‘oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy estetik qarashlarni shakllantirish vositasi; bilimlarning targ‘iboti va tarbiya quroli; badiiy va ilmiy asar hamda ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga ko‘ra hajmi 48 sahifadan kam bo‘lmagan, taboqlab tikilgan nodavlat nashrni shartli ravishda kitob deyish qabul qilingan.
Kitob bilan mustaqil ishlash – o‘quvchilarning nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishni va xotirada saqlab qolishni, mustaqil ravishda harakatlarni bajarish mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyatni ta’minlashga qaratilgan jarayon (Zuhra Ismoilova).
Multimediyali kitoblar – bitta axborot tashuvchi vositaga jamlangan (masalan, SD-ROM diskiga) hamda matnli, ovozli, statik-dinamik va videotasvirli ma’lumotlardan tashkil topgan kitobdir.
Izohli lug‘at – tartibga keltirilgan so‘zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so‘zning grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ulardan amaliyotda foydalanishga oid misollar va boshqa ma’lumotlar kiritilgan, qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashr.
Savollar
Mutolaa deganda nimani tushunasiz?
Kitob o’qish madaniyatini shakllantirishda eng muhim omil qaysi?
Yoshlarda kitob o’qish madaniyatini qachondan shakllantirgan ma’qul?
Mutolaa madaniyatini shakllantiruvchi manbalarni ayting.
Axborot-kutubxona muassasalarida foydalanuvchilarning qaysi xususiyatlariga e’tibor berish lozim?
“Kitobxon” so’ziga ta’rif bering.
Kitob haqida qanaqa maqollarni bilasiz?
Ota-ona kitoblardan foydalanishda qanday omillarga e’tibor berishi kerak?
“Kitobxonlik” ko’rik tanlovi qachon joriy qilindi?
Mutolaa madaniyatini shakllantirishda oila va maktabning roli qay darajada?
Kitob mutolaasining inson kamolotiga ta’siri qanday?
Badiiy kitob o‘qish orqali inson qanday esteik zavq oladi?
So‘nggi o‘qigan kitobingiz?
O‘zbekiston xalq yozuvchilaridan kimlarni bilasiz?
Bolalar yozuvchilarini sanab bering?
|
| |