KIRISH  Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini asoslash va uning dolzarbligi




Download 5.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/32
Sana19.02.2022
Hajmi5.46 Mb.
#17797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
samarqand shahar yolovchi transport tizimini loyihalashda transport harakatini prognoz qilishi va takomillashtirish (1)
Исақулов Тўлқин Маҳмуд ўғли абективка 2, XOTIRA.XOTIRA TURLARI VA HISSIYOTLAR, Konstitutsiya, 16 M M, 5.2-mavzu, KATTA ASHULA VA UNING IJROCHILIK ANANALARI, Mikroiqtisodiyot
KIRISH 
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini asoslash va uning dolzarbligi. 
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodi, sanoati va ijtimoiy hayotida avtomobil 
transporti chuqur kirib, unga bo‘lgan e htiyoj kun sayin ortib bormoqda. 
Avtomobillashtirishning o‘sishi harakatlanish havfsizligini ta’minlash uchun
malakali haydovchilar tayyorlashni taqozo etmoqda. Haydovchi 
o‘ziga
tegishli transport vositasini boshqarish jarayonida yo‘llarda 
boshqa 
transport vositalarining uzluksiz harakatlanishini ta’minlashi, yo‘llarda 
harakatlanish qoidalari barcha shaxslar va fuqarolar uchun tegi li bo‘lgan
majburiy 
talablarni 
o‘z ichiga olib, ishilarning havfsizligi va 
sog‘ligini ta’minlashga qaratilgan. Bu borada, ayniqsa, harakat havfsizligini 
ta’minlashga javobgar bo‘lgan ichki ishlar idoralari
xususan, yo‘l-patrul
xizmati xodimlaridan 
o‘ta bilimdon va mas’ulyatli bo‘lish talab etiladi.
Yo‘l harakati 
qoidalari 
harakat 
ishtirokchilari 
zimmasiga 
ham muayyan 
huquq 
va 
majburiyatlarni 
yuklaydi. 
Bu 
huquq 
va majburiyatlarning asosiy qismi harakat havfsizligini tartibga solib turuvchi yo‘l- 
patrul xizmati xodimlari hamda yoshi, kasbi, mavqeidan qat’iy nazar turli toifadagi 
haydovchilar, yo‘lovchilar o‘rtasidagi munosabatlarda aks etadi. Bu huquqiy
munosabatlar 
yo‘llarda harakatlanish qoidalari buzilgan taqdirdagina 
vujudga keladi. 
Magistrlik dissertasiyasi mavzusini asoslash va uning dolzarbligi. 
Mustaqillik yillari ko’hna va hamisha navqiron Samarqandning ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma’naviy-madaniy hayotida chin ma’noda tub burilish davri bo’ldi. Shaharning 
kun sayin chiroy ochib, o’tmishi va buguni uyg’unlashgan mo’jizakor qiyofa kasb 
etishi jahon ahlini, ming-minglab sayyohlarning e’tiborini tortmoqda. Ha, o’n-o’n 
besh yil oldin bu yerga kelgan odam bugun uni taniyolmaydi. Bir-biridan go’zal va 
mahobatli binolar, zamonaviy turar-joylar, xushhavo xiyobonlar, barcha-barchasi 
ko’rgan ko’zni quvnatadi, dillarni yayratib, qalblarda g’urur-iftixor tuyg’ularini 
uyg’otadi.


Samarqand shahri qadimiy shahar bo‘lib, dunyo sayyohlarini e’tiborini 
o‘ziga jalb qilib kelmoqda, shuning uchun Samarqand shahrida shahar bo‘ylab 
yangidan rekonstruksiya qilinmoqda, obodonlashtirilmoqda, yangidan qurilish 
ishlari olib borilmoqda. Bu o‘zgarishlar qadimiy va ko‘hna Samarqandni yanada 
go‘zallashtirmoqda. Bu o‘zgarishlar go‘zallashib borayotgan Samarqand 
shahridagi bino va inshootlarga hamda shahar ko‘cha va yo‘llariga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatmoqda. SHuning uchun ham Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi “Samarqand 
shahridagi ko‘cha va yo‘llardagi transport xarakati muammolarini echish” deb 
tanlangan edi. Bu mavzu asosida tadqiqot ishlari olib borildi. 
2025 yilgacha Samarqand shahrida 5,3 mln.kv.m turar – joy binolari, 16,5 
mln m
2
siyosiy – madaniy binolar, 91 km yangi avtomagistral yo‘llar, 7 ta transport 
tunellpri va 7 ta eskada va ko‘priklar, 669 km gazquvurlari, 82 km suvquvurlari va 
133 km kanalizatsiya quvurlari qurish rejalashtirilgan [12]. 
Samarqand shahrida umumiy hisob bo‘yicha 744 ta kam va ko‘p qavatli 
turar – joy binolari haqida ma’lumot olindi va u binolar 139 ta shirkatga tarqatilgan 
[10]. 
Bu turar – joy binolarda shaharning 95 foizga yaqin aholi yashaydi. Qolgan 
5 foizi esa har xil kontruktiv tizimga ega bo‘lgan turar – joy binolarida yashaydi 
[10]. 
Samarqand shahrida qurilgan zamonaviy ko‘p qavatli va namunali turar –joy 
binolari 2003 yil 1 yanvar holatiga umumiy maydoni 4791,4 ming.kv.m ni tashkil 
etardi va har bir kishi uchun o‘rtacha umumiy maydon 11,42 m
2
ga to‘g‘ri kelar 
edi. Uy – joy kodeksi belgilab qo‘yilishicha har bir kishi uchun normal umumiy 
yashash maydoni 16 m
2
dir. 2025 yilgacha uy – joy fondi umumiy maydoni 8800 
ming m
2
ni tashkil etishi rejalashtirilgan [12]. 
Insoniyat tafakkurining shoh asari, deya ta’riflangan Shohi Zinda yodgorlik 
majmuasi Vazirlar Mahkamasining Shohi Zinda yodgorlik majmuasini qayta 
tiklash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish to’g’risidagi qarori asosida 
mukammal rekonstruksiya qilindi. Imom Moturidiy hazratlari mangu qo’nim 
topgan Chokardiza qabristoni obodonlashtirilib, yodgorlik majmuasi barpo etildi. 


 Keyinchalik bunday o’zgarishlar butun shahar bo’ylab davom ettirildi. Yangi-
yangi zamonaviy inshootlar, xiyobonlar, bog’lar barpo etildi, ko’chalar tanib 
bo’lmas darajada o’zgardi. Beruniy, Ulug’bek, Bo’stonsaroy, Spitamen nomli va 
yana ko’plab ko’chalar, mahallalar, bog’lar qiyofasining butunlay o’zgarib ketgani, 
endi ular shahar go’zalligiga go’zallik, fayziga fayz, tarovatiga tarovat 
qo’shayotganini alohida ta’kidlash joiz. 
Keyingi 
yillarda 
shahrimizda 
misli 
ko’rilmagan 
bunyodkorlik, 
obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, Amalga oshirilgan keng ko’lamli 
rekonstruksiya ishlari natijasida zamonaviy shaharsozlik qoidalari asosida milliy 
va zamonaviylikni o’zida mujassam etgan bino va inshootlar qad rostladi. Tarixiy 
obidalar atrofidagi eski, pastqam binolar o’rnida xushmanzara xiyobonlar
sayilgohlar paydo bo’ldi. Shahar yaqinidagi Ko’hak tepaligida, Obirahmat arig’i 
bo’yida buyuk olim Mirzo Ulug’bek tomonidan barpo etilgan ulkan rasadxona 
dunyodagi bunday inshootlar orasida eng puxta o’ylangan matematik hisob-
kitoblar asosida bunyod etilgani bilan ajralib turadi. Prezidentimiz tashabbus va 
tavsiyalari bilan bu yerda ham keng ko’lamdagi bunyodkorlik ishlari amalga 
oshirilib, rasadxona va muzeyning mukammal loyihaga ega bo’lgan zamonaviy 
binolari qurildi.
Ko’cha va yo’lllar qadimdan shakllanib, insoniyat tarixida ularning jamoa 
sifatida faoliyati bilan bog’liq ravishda rivojlanib kelgan. Tabiiy va tarixiy shart 
sharoitlarning xususiyatiga qarab ularning xududiy mutanosibligi shakllanib 
borgan. Tarixdan ma’lumki, taxminan eramizdan 1000 yil oldin quruqlikdagi 
sun’iy yo’llar shakllana boshlagan. Bunga misol qilib qadimgi Xitoy bilan 
Yevropani bog’lagan «Buyuk ipak yo’li» ni keltirish mumkin. 
Bugungi kunda zamonaviy shaharlarda ko’cha-yo’l tarmog’i shahar 
transport tizimining asosini tashkil qilib, yildan-yilga ularga quyiladigan talablar 
ortib bormoqda. 
Shaharsozlikda transport tizimi alohida o’rin tutadi. Transport tizimi shahar 
aholisining aktiv hayotini ta’minlaydi va uning samardorligini oshiradi. Aks holda 
transport tizimisiz ayniqsa bugungi shahar hayotini tasavvur qilib bo’lmaydi. 


Transport va piyodalar harakatini loyihalash va uni tashkil etish-shaharning 
me’moriy-loyihaviy yechimida asosiy muammolardan biridir. 
Shaharning loyihaviy tarkibida ko’cha-yo’l tarmog’ini oqilona yechimini 
topish birlamchi masaladir. 
Ko’cha tarmog’ining eski shakllari zamonaviy shaharsozlikka mos 
kelmaydi: kichik kvartallarni chegaralagan ko’chalarda chorrahalarning ko’pligi, 
transport oqimini o’tkazishni kamaytiradi, qiyinlashtiradi. Markaziy tumanlarda 
ma’muriy-jamoat va savdo binolarining haddan tashqari ko’pligi katta miqdordagi 
aholi va transportni u yerga kelishi sabab bo’lib, ularning harakatini tashkil etishni 
qiyinlashtiradi. 
Shaharda transport tizimi yer osti va yer usti transport inshootlaridan iborat. 
Ko’chalar shaharlarning dastlabki paydo bo’lishi bilan shakllanib boshlagan. 
Shaharda transport tizimini tashkillashtirish, shahardagi aholi zichligiga, har 
1000 kishiga to’g’ri keladigan avtomobillar soniga, tarixan shaharning 
shakllanishida ko’cha-yo’l tarmog’ining qaysi sxema asosida shakllanganligiga 
bog’liqdir. 
Zamonaviy shaharsozlikda transport tizimini maqbul yechimini yaratish 
shaharni shakllantirishda asosiy rol o’ynaydi. 
Shaharning transport infrastrukturasi, shahar tarkibi faoliyatini ta’minlovchi, 
bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan yagona transport tizimini hosil qiluvchi tashqi 
va ichki transport tizimi elementlaridan iborat bo’ladi. 

Download 5.46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Download 5.46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KIRISH  Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini asoslash va uning dolzarbligi

Download 5.46 Mb.
Pdf ko'rish