-rasm. Avtomobil yo`llarining transport turlari bo`yicha taqsimlanishi  83,0




Download 5.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/32
Sana19.02.2022
Hajmi5.46 Mb.
#17797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
samarqand shahar yolovchi transport tizimini loyihalashda transport harakatini prognoz qilishi va takomillashtirish (1)
Исақулов Тўлқин Маҳмуд ўғли абективка 2, XOTIRA.XOTIRA TURLARI VA HISSIYOTLAR, Konstitutsiya, 16 M M, 5.2-mavzu, KATTA ASHULA VA UNING IJROCHILIK ANANALARI, Mikroiqtisodiyot
 
1-rasm. Avtomobil yo`llarining transport turlari bo`yicha taqsimlanishi 
83,0 

90 
80 
70 
60 
50 
40 
30 
16,95 

20 
10 
0,04 

0,01 


Avtomobil yo`llari 
Temir 
yo`llar 
Havo 
yo`llari 
Daryo 
yo`llari 


Respublikaning geografik joylashuvi shuni taqozo etadiki, jahon bozoriga 
chiqishda va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda asosiy transport yo`laklari 
avtomobil va temir yo`llar hisoblanadi. 
2-3-rasm. Samarqand avtomobil yo`llari 


Respublikaning iqtisodiy rivojlanish shartlarini ta`minlaydigan xalqaro 
transport yo`laklarini barpo qilish, tranzit va viloyatlar oralig`ida ishonchli 
transport aloqasini ta`minlash, respublikaning tashqi integratsiyalashgan va ichki 
birikkan yagona transport muhitini shakllantirish, transport harakati uchun 
shaharlarning ichki ko`rinishini zamonaviy ko`cha-yo`llar loyihalarini taklifi va 
qo`llanilishi, qolaversa, Buyuk Ipak Yo`lini qayta tiklash va jahon bozoriga chiqish 
kabi masalalar davlat yo`l siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. 
Asr boshida O`zbekiston hududida 27 ming kilometr ot arava va izvosh 
yo`llari mavjud bo`lgan bo`lsa, 1927 yilga kelib O`rta Osiyoda davlat yo`llarining 
jami uzunligi 5313 km ni, jumladan O`zbekiston hududida - 923 kmni tashkil 
etgan. 1931 yilda Samarqanddagi yo`l tajriba uchastkasida shag`alli qoplamaning 
yangi usuli sinovdan o`tkazildi. Joylarning o`zida bitum suyultirib ishlov berilgan 
usul o`zini to`la oqladi. 1932 yilda Buxoroda ham yo`llar ana shu usul bilan qurila 
boshlandi. 1932 yilda O`zbekistonning janubida (Jarqurg`on) og`ir smolaga boy 
neft‟ konining ochilishi bilan uni suyuq bitum o`rnida qo`llana boshlanishi 
Respublikaning bu usulda ishlash uchun mavsumiy davrning imkoniyati kengligi 
mamlakatda yo`llarning rivojlanishi uchun keng sharoitni vujudga keltirdi. 1928-
1932 yillarda O`zbekistonda birinchi bo`lib uzunligi 62 km bo`lgan qora 
qoplamali Buxoro-G`ijduvon-Qiziltepa yo`li qurildi, ana shu yillarda uzunligi 48 
km bo`lgan Samarqand-Panjakent, Piskent-Olmaliq, Toshkent-Piskent-Murotali
Qo`qon-Sho`rsuv-Andijon-Kuyganyor va boshqa yo`llar qurildi. 1937 yilda 
Respublikada yo`l shoxobchalari 22 ming, jumladan qattiq qoplamali avtomobil 
yo`llar 2200 km ni tashkil etdi. 1933-37 yillarda qattiq qoplamali yo`llarning 
uzunligi umumiy yo`l tarmoqlaridagi salmog`i 8% ni tashkil etdi. 1939 yilda 
O`zbekistonda yirik inshootlarni Xalq hashari yo`li bilan qurish rasm bo`ldi va bu 
usul yo`l qurilishida ham keng qo`llanildi. 1940 yilda uzunligi 708 km bo`lgan 
Katta O`zbek Traktini qurish haqida maxsus qaror qabul qilindi. Ushbu yo`lning 
326 km Toshkent, 222 km Samarqand, 162 km Buxoro viloyatlari tomonidan 
qurilgan va qurilish 1941 yilning aprelida qurib tugallangan. 1940 yilning oxiriga 
kelib qattiq qoplamali yo`l tarmoqlari 4700 km ni tashkil etdi. O`zbekistondagi 


barcha yo`llarning uzunligi 32500 kilometrni tashkil qilardi. Avtomobil yo`llari 
tarmog`ining rivojlanish dinamikasi 6-rasmda keltirilgan. 
4-rasm. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llari tarmog`ining 
rivojlanish dinamikasi 
1970-75 yillarda yo`l qurish va foydalanish tashkilotlarining ishlab chiqarish 
bazasi ancha yaxshilandi ularning saroylari yangi mashina va mexanizmlar bilan 
to`ldirildi. Yo`l qurish industriyasining asfaltbeton, ko`priklar qurish uchun yig`ma 
temirbeton konstruktsiyalar ishlab chiqaruvchi, inert materiallarni qayta ishlovchi 
va sifatini yaxshilovchi ob`ektlar ishga tushdi va oqibatda qurilishda texnologik 
intizomga amal qilish uchun bir muncha shart-sharoit yuzaga keldi. Umumiy 
foydalanishdagi avtomobil yo`llarining uzunligi 1976 yilda hammasi bo`lib, 19643 
km shu jumladan umumdavlat ahamiyatidagi yo`llar 1656 km ni, respublika 
ahamiyatidagi yo`llar 7203 km ni va mahalliy ahamiyatdagi yo`llar 10975 km ni 
tashkil etdi. 1975-80 yillarda yo`l xo`jaligida eng jadal yuksalish yillari bo`ldi. 
Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo`llari uzunligi 31208 km ga etdi yoki 
xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`llari 1656 km, respublika ahamiyatdagi 
avtomobil yo`llari 12164 km, mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo`llar 17388 km 
ga etdi. 1976-81 yillarda jami 4400 km yangi yo`llar qurildi va qayta 


rekonstruksiya qilindi. Bu yillarda asosan shaharlarni chetlab o`tuvchi aylanma 
yo`llar qurishga katta e`tibor berildi [13]. 
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llari tarmog`ining bugungi kun 
foydalanuv holati avtomobillar va yo`ldan foydalanuvchilar talabini qoniqtirmaydi. 
Buning sabablari - respublikada avtomobil yo`llarini o`z muddatida ta`mirlash va 
saqlash masalasi o`z yechimini topmasdan qolmoqda. Avtomobil yo`llarini joriy 
ta`mirlash va saqlash ishlariga ajratilgan mablag`larning etishmasligi ishlarning 
to`liq bajarilmasligiga, qolaversa, bajarilgan ishlarning sifati pasayishiga olib 
kelmoqda. Natijada, yo`llarda muddatidan oldin ta`mirlashga muhtojlik kelib 
chiqmoqda. Bu esa, katta hajmdagi yo`llarni ta‟mirlash ishlarini talab qiladi [25]. 
Transport magistrallariga qo`yiladigan asosiy talab avtomobillarning 
qarama-qarshi oqimlari uchun mustaqil qatnov qismiga ajratish, bir sathda kesishib 
o`tish joylarining yo`qligi va yo`lga kirib kelayotgan yoki undan chetga 
buriladigan alohida avtomobillarning asosiy oqim harakati rejimiga ta‟sirini 
minimumga keltirishdir.
Avtomobil magistrallari mahalliy transport va ro`paradan kelayotgan 
avtomobillar tomonidan xalaqitlarsiz, katta tezliklar bilan avtomobillarda 
yo`lovchi va yuklarni jadal tashish uchun mo`ljallangan yo`llarga aytiladi. Bular 
juda takomillashgan, biroz qimmat turadigan yo`llar bo`lib, ular turli mamlakatlar 
yo`l tarmog`larining asosiy skeletini hosil qiladi va bu yo`l tarmog`lari 
uzunligining ko`pi bilan 1,5...2% ini tashkil etadi. 
Shahar ko`cha-yo`lining rejasi-bu yo`l o`qining joyida geometrik 
joylashishiga yo`lning rejasi deyiladi. Yo`l o`qining gorizontal tekislikka 
kichiklashtirilgan masshtabdagi proeksiyasining grafik ko`rinishiga yo`l o`qi 
rejasi deyiladi [27]. 
Samarqand shahri relyefi nuqtai nazaridan olib qaragandan past-
balandliklari juda ko`p noqulay relyeflardan hisoblanadi. Bunday relyefli 
shaharlarda transport harakatini tashkil qilish ham bir muncha qiyinlichiklarga 
olib keladi. Transport harakatini ta`minlaydigan yo`llar yo`lovchi va yuklarni 
tashishda arzon, qulay va yuqori tezlikda xavfsiz harakatni ta`minlashi kerak. 


Bunda eng qisqa yo`nalishlarni tanlab olish imkoniyati bo`lishi lozim. Bu 
talablarni hammasini hisobga oladigan bo`lsak, yo`l o`q chizig`i to`g`ri chiziqdan 
iborat bo`lishi kerak. Bu to`g`ri chiziqqa havo yo`li deyiladi. Lekin joyda buning 
iloji bo`lmay qoladi. Agarda yo`lni to`g`ri chiziq bo`ylab o`tkazadigan bo`lsak, 
quriladigan yo`l juda qimmatga tushadi. Bunday holatda yo`l o`qini siniq chiziqlar 
orqali o`tkazishga to`g`ri keladi. Demak yo`l o`qi qisqa yo`nalish bo`yicha emas, 
balki uzoqroq aylanma yo`nalishlar bo`yicha o`tkaziladi. Bunda yo`l o`qi 
uzunligini havo yo`li uzunligiga nisbati biroz uzayadi. 
5-rasm. Transport harakati uchun yo`l rejasi. 
Joy xaritasida A va B nuqtalarni birlashtiruvchi eng qisqa bo`lgan chiziqga 
havo yo`li deyiladi. A va B nuqtalarni birlashtiruvchi siniq chiziqga yo`l o`qi 
deyiladi. 

Download 5.46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Download 5.46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Avtomobil yo`llarining transport turlari bo`yicha taqsimlanishi  83,0

Download 5.46 Mb.
Pdf ko'rish