92
Agar ikkita ifloslanish manbaidan himoyalash intervali ustma – ust
tushadigan bo’lsa, ya’ni ikkita manbaidan himoyalash intervali IV bo’lsa umumiy
holda himoya intervali V himoyalash darajasiga tegishli bo’ladi.
Sirg’ish toki oqadigan yo’lning effektiv solishtirma uzunligi atmosferaning
ifloslanish darajasiga va qurilmaning nominal kuchlani-shiga bog’liq
holda
meyorlanadi. Sirg’ish toki oqadigan yo’lning effektiv solishtirma uzunligining
meyorlangan qiymati 3.1- jadvalda keltirilgan.
3.1- jadval. Sirg’ish toki yo’li uzunligining meyorlangan qiymatlari.
Atmosferaning
ifloslanish
darajasi
kV
/
sm
,
ef
Nominal kuchlanishi 35 kV
bo’lgan HEUL
Nominal kuchlanishda ochiq
taqsimlovchi qurilmalar uchun,
kV
35
110–220 330- 750
35
110 – 750
I
1,7
1,3
1,3
1,7
1,5
II
1,9
1,6
1,5
1,7
1,5
III
2,25
1,9
1,8
2,25
1,8
IV
2,6
2,25
2,25
2,6
2,25
*
V
3,5
3,0
3,0
3,5
3,0
**
VI
4,0
3,5
3,5
4,0
3,5
**
* 750 kV kuchlanishdan tashqari.
** 500 va 750 kV kuchlanishdan tashqari
Jadvaldan ko’rinadiki, ifloslanish darajasi o’sgani sari
ef
qiymati
ko’payadi. Neytrali izolyatsiyalangan holda ishlovchi 35
kV kuchlanishli tarmoq
uchun
ef
ning qiymati kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo’lgan tarmoqdagiga
nisbatan muhim ahamiyatga ega. CHunki, bu tarmoq bir fazali erga qisqa
tutashuvda ham uzoq vaqt ishlashi mumkin. Dengiz sathiga nisbatan 1000 – 2000
93
m balandlikda izolyatorlar shodasi uchun sirg’ish toki yo’lining meyorlashtirilgan
uzunligi 5% ga, a 2000 – 3000 m balanlikda esa 10%, baladnlikning 3000 – 4000
qiymatida esa 15%ga ko’paytirish talab etiladi. Ishchi kuchlanishda izolyatorning
ishonchli ishlash xarakteristikasi sirg’ish tokining oqish yo’li uzunligining
quyidagicha topiluvchi solishtirma effektiv qiymati hisoblanadi:
e.kat.ish.
ef
ef
U
L
.
(3.1)
Elektr qurilmalarning har xil potentsiali alohida qismlarini (masalan har xil
fazalarning o’tkazgichlari va shinalar fazalari) bir biridan ma’lum masofaga siljitib
havo orqali izolyatsiyalashdan tashqari ularni erdan va zaminlangan
konstruktsiyalardan
izolyatsiyalash uchun, hamda ularni maxkamlash uchun
tayanch izolyatorlari ko’pincha elektrotexnik chinni va shishadan yasalgan
izolyatorlardan foydalaniladi.
Izolyatorlarning elektrik mustahkamligining buzilishi (shikastla-nishi)
ko’pincha qattiq dielektrikning teshilishi yoki izolyator sirtidagi havoda
razryadlanish (qoplanish) ta’siri tufayli ro’y berishi mumkin.
Birinchi holda
dielektriklar o’zining elektrik mustahkamligini butunlay yo’qotishi va bundan
tashqari mexanik emirilishi natijasida ishdan chiqadi. Ikkinchi holda elektr
yoyining issiqligi ta’siridan dielektrikning sirtidagi sirlar yorilib qisman
shikastlansada,
butunlay ishdan chiqmaydi, chunki rele himoyasi ta’sirida
kuchlanish olingandan so’ng yoy so’nadi va uning elektrik xarakteristikasi qisman
tiklanadi. SHuning uchun izolyatorlar shunday kilib yasaladiki ularning teshilish
kuchlanishi, uning koplanish kuchlanishidan katta bo’lishi kerak.
Shunday qilib, izolyatorning elektrik mustahkamligi uning qoplanish va
razryadlanish kuchlanishi bilan xarakterlanadi. Izolyatorlarning elektrik
mustahkamligini va qoplanmasdan chidash beradigan
kuchlanishni baholash
quyidagi uchta xarakteristika asosida amalga oshiriladi:
- sanoat chastotasidagi quruq razryadlanish kuchlanishi (QRK);
- sanoat chastotasidagi ho’l razryadlanish kuchlanishi (HRK);
94
- kuchlanishning standart to’lqinida olingan volt–sekund xarakteristikasi
(VSX).
Sanoat chastotasidagi razryadlanish kuchlanishi izolyatorlarning ichki o’ta
kuchlanishga elektrik mustahkamligini baholash mezoni hisoblanadi. VSX
izolyatorlarning
atmosferadagi
o’ta
kuchlanishga
bo’lgan
elektrik
mustahkamligini aniqlaydi.
Er sharining ko’p nuqtalarida uzoq davom etadigan ob – havo quruq ob –
havo hisoblanadi. SHuning uchun izolyatorning quruq sirti bo’ylab razryad-
lanishni o’rganish uning yil davomida ekspluatatsiya davrida qanday tutishini
mulohoza qilishga imkon beradi. Shu maqsadda
tashqi yuqori kuchlanish
izolyatsiyasining barcha meyor va standartlari razryadlanish (chidash beradigan)
kuchlanishi quruq izolyatorlar sirtiga sanoat chastotasidagi kuchlanish ta’sir
etayotgan holat uchun o’lchanadi. O’lchangan kuchlanishni qisqartirib, quruq
razryadlanish (