85
Solishtirma sirtiy sig’im qancha katta bo’lsa, strimerning o’tkazuvchanligi ham
shuncha o’sib, strimer tokining qiymati ham kattalashadi
va razryadlanish
kuchlanishi pasayadi.
Izolyatorlar sirti bo’ylab quruq razryadlanish kuchlanishini sezilarli
darajada oshirishga erishish uchun uning sirtini qovurg’ali qilib yasaladi.
Qovurg’a elektrodlarga qancha yaqin joylashsa shuncha effektli bo’ladi, chunki
elektr maydon kuchlanganligi elektrodlar yaqinida maksimal darajada bo’ladi.
SHu bilan birga qovurg’a u joylashgan joyda sirtiy sig’imni kamaytiradi. Strimer
rivojlanishini oldini olish uchun to’siqlardan foydalaniladi. Qovurg’aning
borligida razryad qisman qattiq dielektrik sirti bo’yicha bo’lsa,
qisman esa havo
bo’yicha rivojlanadi. Izolyator sirtida chiqib turgan qovurg’alar soni qancha ko’p
bo’lsa, razryadning havo bo’yicha rivojlanish ehtimoli shunchalik katta bo’ladi.
Razryadning bunday rivojlanishi shunday xususiyatga egaki, impuls qoplanishdan
keyingi kuchli yoy izolyator sirtiga tegmaydi va uni kuydirmaydi.
Sirtiy razryadlanish kuchlanishini ko’paytirishga izolyator sirti bo’ylab
maydonni tekislash orqali ham erishish mumkin. Maydonni tekislash usullariga
ekran yoki izolyator sirtini yarim o’tkazgich bilan qoplash,
elektrodga
tojlantiruvchi elektrod ulash kabilar kiradi. Oxirgi usulga ko’ra tojlanish natijasida
elektrod yaqinida izolyator sirti buylab yarim o’tkazuvchan qoplash rolini
bajaradigan past o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan plazma hosil qilinadi
Izolyatorlar sirtining ho’llanishi yomg’ir, qor, shudring va tumanning paydo
bo’lishida kuzatiladi. Elektrodlar oralig’i butunlay qoplanganda uning
o’tkazuvchanligiga bog’liq bo’lgan tok oqib o’ta boshlaydi.
Suvli qatlamning
qalinligi va suvning solishtirma o’tkazuvchanligiga bog’liq bo’lgan tokning
qiymati 5-100 mA oralig’ida o’zgaradi. Egrilik radiusi kichik bo’lgan elektrod
yaqinida (osuluvchan izolyatorlarning pastida yoki shtirli izolyatorning shtirida)
tokning zichligi ancha katta bo’lib kontsentratsiyalangan
holatda issiqliq ajralib
chiqadi. Bu nuqtalarda sirtining 1 sm
2
yuzasida ajralib chiqayotgan issiqlik
energiyasi izolyator sirtidagiga nisbatan o’nlab–yuzlab marta katta bo’ladi.
86
Kontsentratsiyalangan issiqliq ta’siri izolyator sirtini qurita boshlaydi,
bu esa
izolyator sirtining quritilgan qismining qarshiligi kattalashishi, kuchlanish
tushishining keskin o’sib ketishiga olib keladi. Bunda
yoyning tayanch nuqtasi
suvli plenkaning chetida joylashgan bo’lib sirtning qurishi jarayonida siljib turadi.
Zanjirning tenglamasi ushbu ko’rinishda bo’ladi:
0
U
R
i
l
)
i
(
E
sir
sir
yoy
,
(2.26)
bu erda
)
i
(
E
sir
yoy
- kuchlanish gradienti bo’lib, u yoy orqali oqayotgan
sir
i
tokning
funktsiyasidir;
L – taxminan quritilgan sohaning kengligiga teng bo’lgan yoyning
uzunligi;
)
L
(
f
R
sir
1
- suvli plyonka bilan qoplanmagan qismining aktiv
qarshiligi;
sir
L
- sirg’ish toki oqayotgan yo’lning uzunligi.
Agar
0
dl
di
sir
bo’lsa, quritilayotgan qismning uzunligi ko’payishi bilan
yoydagi tok oshib boradi va izolyatsiyalovchi oraliq to’lik qoplanmaguncha
tayanch nuqta qarama–qarshi tomondagi elektrod tomon siljiy boshlaydi. Agar