91
3. IZOLYATORLARNING ELEKTRIK VA MEXANIK
XARAKTERISTIKALARI
3.1. Osma, tayanch va o’tuvchan izolyatorlarning elektrik
xarakteristikalari
Tajriba ko’rsatadiki, izolyatorlarni tanlash uchun asosiy mezon ularning har
xil ekspluatatsiya sharoitlarida (tuman, shudring, sekin maydalab yog’ayotgan
yomg’ir va izolyator sirtining ifloslanishi bilan birgalikda)
uning ishonchli
ishlashini ta’minlash hisoblanadi.
Izolyatorlarning
razryadlanish
kuchlanishining
keskin
kamayishiga
atmosfera sharoiti yomg’irli yoki shudringli bo’lganda izolyator sirtidagi
ifloslanishni ho’llanishi sabab bo’ladi. Izolyatorlarni tanlashda
izolyator sirtining
ifloslanishi hisobga olinadi.
Atmosferaning barcha ifloslanish manbailari: sanoat korxonalari,
issiqliq
elektr stantsiyalari, sho’rlangan tuproq, tuzli suv havzalari ta’sirida
ifloslanish
darajasi «Ifloslangan atmosferada izolyatsiyani tanlash va ekspluatatsiya qilishga
bo’lgan yo’riqnomadan» foydalanib topiladi. Ifloslanish
darajasi buyicha
xududlarni quyidagilarga bo’lishimiz mumkin.