96
Bir qator izolyatsiya konstruktsiyalarida izolyatorning sirti bir jinsli elektr
maydonining kuch chiziqlari yo’nalishida joylashgan. Bu holda izolyator elektr
maydonini
buzmasada,
izolyatsiya
konstruktsiyasining
razryadlanish
kuchlanishini sezilarli darajada pasaytiradi. Razryadlanish kuchlanishining
pasayishini sabablaridan biri izolyatsiya materiallari-ning gigroskopligidir. U
izolyator sirtida namlikning mikroskopik yupqa qatlamining paydo bo’lishiga olib
keladi. Bunday yupqa qatlam razryadlanish kuchlanishining pasayishiga sabab
bo’ladi. Izolyatsiya materialining gigros-kopligi oshishi bilan izolyatsiya
konstruktsiyasining razryadlanish kuchlanishi kamayib boradi (3.1- rasm).
3.1- rasm. Tekis taqsimlangan maydonda sirt bo’ylab quruq razryadlanish kuchlanishining
elektrodlar orasidagi masofaga bog’liqligi: 1 – havo oralig’i; 2 – chinni; 3 – shisha (chinniga
nisbatan ko’proq gigroskopik); 4 – chinni va shisha dielektrikning elektrodlarga jips
joylashmagan holat.
Elektr qurilmalarini eksplutatsiya qilish tajribasi shuni ko’rsata-diki,
izolyatorning ho’l razryadlanish kuchlanishi ifloslantirayotgan qatlamning
xarakteristikasiga: qatlam qalinligi va solishtirma qarshilig’iga bog’liq. Bir xil
ifloslanishlarda esa u elektrodlar orasidagi minimal masofani bildiradigan sirg’ish
toki oqayotgan kanalning uzun-ligi
sir
L
ga proportsionaldir. Izolyatorlar turkumida