• Mashg’ulotning maqsadi va amaliy ko’nikma va mahortni shakllantirish
  • 1.Yurak etishmovchiligi baqada gemodinamika buzilishini yaratish
  • Yurak etishmovchiligida shishni rivojlanish patogenezi




    Download 446,49 Kb.
    bet28/33
    Sana11.06.2024
    Hajmi446,49 Kb.
    #262579
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
    Bog'liq
    YURAK

    Yurak etishmovchiligida shishni rivojlanish patogenezi:
    1)Buyraklar ishemiyasi - Yukstaglomerular apparatda renin ishlab chiqarishini ortishi - buyrak usti bezlaridan aldosteron sekresiyasini faollashuvi - hujayralarda natriy ionni uzoq ushlanib qolishi - hujayralarda osmotik bosimning ko’tarilishi - hujayralarda suYuqlikni to’planishi va edema rivojlanishi
    2)Yurakni qonni kamroq haydab chiqarishi - yirik qon tomirlardagi volyumreseptorlarni qo’zg’olishi - buyrak arteriyalarini torayishi - natriy ionlari rearbsorsiyasini ortishi - ularni hujayralarda to’planishi - hujayralarda suyuqlik to’planishi va shish rivojlanishi.
    3)Qonnining minutlik xajmini kamayishi - to’qimalarda sirkulyator gipoksiya - kapillar devorining o’tkazuvchanligini ortishi - qon plazmasini xujayralarga o’tishi - hujayralarda onkotik bosimning ko’tarilishi - hujayralarda suYuqlikni to’planishi va shish rivojlanishi.
    4)Yurak sistola hajmining kamayishi - venoz bosimning ko’tarilishi - to’qimalardan lima oqimini qiyinlashuvi - tomirlardan suvni filrtlanishini kuchayishi - jigarda qonni dimlanishi - to’qimalarda onkotik bosimni ko’tarilishi - tomirlardan to’qimalarga suv filtrlanishi kuchayishi - shish rivojlanishi


    Mashg’ulotning maqsadi va amaliy ko’nikma va mahortni shakllantirish:

    • Yurak etishmovchiligi tushuntirish: tushunchaning taъrifi, alomatlari

    • Yurak etishmovchiligi tasnifotini tushuntirish

    • Yurak etishmovchiligining etiologiyasi va patogenezini tushuntirish

    • Yurak etishmovchiligida ishi - Edema rivojlanish patogenezini tushuntirish

    • laboratoriya hayvonlarida eksperimental Yurak etishmovchiligini yaratish ko’nikmasiga talabalarni o’rgatish

    • patofiziologik mezonlar bo’yicha Yurak etishmovchiligi tashhisini qo’yishga talabalarni o’rgatish

    1.Yurak etishmovchiligi baqada gemodinamika buzilishini yaratish


    Tajribaning borishi:

    1. Baqaning orqa miyasini jarohatlab harakatsizlantiriladi

    2. Baqani Kongeym taxtachasiga chalqanchasiga yotqazib oyoqlarini rezinka bilan mahkamlanadi

    3. Qaychi bilan ko’krak qafasi ochiladi, perikardni qirqib Yurakni undan ozod qilinadi.

    4. Ehtiyotkorlik bilan aorta yoyini orastalanadi.

    5. O’ng aorta yoyini bog’lab, aortanining keng qismini tagiga ligaturani o’rnatiladi.

    6. Baqani boshini o’ziga qarab buraladi.

    7. Chap qul bilan aorta yoyiga qo’yilgan ligaturani olib, so’ng aorta keng qismiga yaqinroq eridan qirqiladi.

    8. Kesilgan joyga oldindan fiziologik yoki ringer suyuqligi bilan to’ldirilgan kanyulani uchini kirgaziladi.

    9. Kanyula aortani keng qismiga kirganda, uni sistola vaqtida yarim oysimon klapanlardan o’tkazib, qorincha bo’shlig’iga o’tkaziladi, uchini asta chapga buriladi. Agar kanYula qorincha bo’shlig’iga tushsa, birdaniga unda qon fontani paydo bo’ladi.

    10. Aorta keng qismiga o’rnatilgan ligatura yordamida, kanYulang,uchi qorincha bo’shlig’idan chiqib ketmasligiga eъtibo beriladi.

    11. Ninali shprisdan oydalanib kanYulani va qorincha bo’shlig’ini Finger suYuqligi bilan Yuviladi.

    12. Baqali taxtachani oldingi holatiga keltiramiz.

    13. KanYula bilan birga Yurakni Yuqoriga ko’taramiz va Yurakka kelayotgan yirik vena tomirlarini bog’lab, Yurak venoz sinusini jaroxatlamaslikka harakat qilinadi.

    14. Gleak bilan tutashtiruvchi rezinka naychani qisib qo’yiladi.

    15. Voronka orqali sistemani Ringer suYuqligi bilan to’ldiriladi va buramali qisqichni yopiladi.

    16. Keyin qistirg’ichni astagina echib, kanYulani rezinka naycha bilan ulanadi (havo pufakchalarisiz).

    17. Burmali qistirg’iyani butunlay echib, bo’shashtirib naychadagi suYuqlik sathini Yurakdan 10 sm balandlikka moslanadi.

    18. Tajriba boshlanadi.

    19. Berilgan formula bo’yicha Yurak shishni hisoblanadi:


    A=Qg’H
    A - g/sm da Yurakni 1 minutda bajargan ishi.
    Q - g da berilgan Yurakning minutlik xajmi
    SuYuqlik siqib chiqarilishi bo’yicha Yurakni minutlik xajmi bu sistolik hajmni bir minut ichida qisqargan sonini ko’paytmasiga teng
    H - suv ustunini sm dagi bosimi )Yurakdan to chiziqlari bor naychadagi suYuqlik ko’tarilgan joygacha oraliq

    1. YUrakni ishini har xil bosim (10-20-30-40 bosm) ostida hisoblanadi. Kerakli bosimni hosil qilish uchun varonkani belgilangan balandlikka ko’tariladi, buning uchun Mor qistirg’ichi ochib boriladi.

    1. Giroruzion sistemadan kanYulani ajratiladi.

    2. KonYula va sistemani kadmiy bromid suYuqligi bilan to’ldiriladi.

    3. Burmali qisqichni ochib kanYulani rezinka naycha bilan ulanadi.

    4. Trubkadagi suYuqlik satxini Yurakdan 10 sm balandlikda belgilanadi.

    5. Kaliy bromid suYuqligi taъsirida Yurak zo’riqib ishlaydi, normaga solishtirganida Yurakni sistolik xajmi kamayadi. O’sha payt Yurak ishining hajmini hisoblashni trubkadagi Yuqori bosim ostida olib boriladi.

    6. Olingan maъlumotlarga ko’ra bosimga bog’liq bo’lgan Yurak ishining grafigi chiziladi. Bu qorinchalar qisqarganida bosimini bartaraf qilib ishlayotganini ifodalaydi.

    7. Abssissa o’qida bosimini kattaligi, ordinata o’qida esa Yurakning g,sm ishini chiziladi.

    8. Olingan chizmalarni normal va patologik kuchsizlangan Yurak uchun taqqoslanadi

    9. Tajribada olingan natijalar asosida tegishli xulosalar chiqariladi.


    Download 446,49 Kb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




    Download 446,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yurak etishmovchiligida shishni rivojlanish patogenezi

    Download 446,49 Kb.