Talabaning mustaqil ishlashi va TO’TI uchun vazifalar:
1.YUrakning vazifalari va har xil qamallarining EKGdagi xususiyatlari
2.YUrak qamalini etiologiyasi va patogenezi
3.YUrak qamalini oqibatlari.
TO’RTINCHI QISM
YURAK ETISHMOVCHILIGI
Yurak etishmovchiligi - Yurak mushaklarini qisqaruvchanlik imkoniyatlarini pasayishi bilan ifodalanuvchi holata bo’lib, bunday xolatda Yurak o’zi mustaqil, qo’shimcha kompensator mexnizmlar ishtirokisiz qon aylanishining meъyorini taъminlay olmaydi, Yurak venalar orqali Yurakka oqib kelgan qonning hammasini arterial o’zganga to’laligicha haydab chiqarish qobiliyatidan mahrum bo’ladi.
Yurak etishmovchiligining tasnifi:
1)jarayonni kechish tezligi bo’yicha:
a)o’tkir; b)surunkali
2)minusli xajmning o’zgarishi bo’yicha:
a)kamayishi; b)ko’payishi
3)jarayonga Yurakning qismlarini jalb bo’lish darajasi bo’yicha
a)chap qorinchali b)o’ng qorinchali v)total (yaxlit)
4.Etiologiyasi va patogenezi bo’yicha:
a)Zo’riqishdan kelib chiquvchi shakli;
b)miokardial shakli
v)aralash shakli
Yurak etishmovchiligi rivojlanishining mexanizmlarini batafsil muxokama qilinadi: bunda eъtibor bioenergetik jarayonlarning buzilishiga: energiya hosil bo’lishiga, jamg’arishiga va sarflanishiga - qaratiladi.
Yurak etishmovchiligining asosiy alomatlari:
Sistola to’la bo’lmaganligi sababli qonning qoldiq diastolik xajmini ko’payishi.
Qorinchalar bo’shlig’ida oxirgi endodiastolik bosimning ko’tarilishi
Mushaklar tolalarini diastolada dastlabki uzunligi oshganligidan Yurak dilyatasiyasi
Yurak qonuni - Frank-Starling qonunini buzilishi, normada navbatdagi sistoladan oldin dastlabki xolatga nisbatan mushak tolalarini uzunligini ortishi ularni kuchli qisqarishiga olib keladi, qonun buzilganida esa mushaklarni qisqarish kuchi zaiflashadi.
Yurakning sistolik va minutlik xajmini kamayishi.
Chap qorincha etishmovchiligida qonni bosimi o’ng bo’lmachada kichik qon aylanish doirasida oshadi va o’ng qorincha etishmovchiligida esa katta qon aylanish doirasining venalarida qon dimlanadi.
Venalarda qon bosimi ko’tariladi.
Edema - shishlar kabilar kiradilar.
Yurak etishmovchiligini uchta asosiy patofiziologik variantlari farq qilinadi.
Yurak etishmovchiligini miokardial shakli, bu miokardga har xil omillar taъsir qilganida, masalan, infeksion, toksinlar, avitominozlarda, koronar etishmovchilikda paydo bo’ladi.
Yurakni zo’riqib ishlashidan paydo bo’luvchi Yurak etishmovchiligi, buning sabablariga Yurak nuqsonlari, katta va kichik qon aylanish doirasining gipertoniyasi, Yurak qisqaruvchanlik funksiyasiga ortiqcha talab qo’Yuvchi organizmni har xil organlari va tizimlarining kasalliklari kiradilar.
Aralash shaklida Yurakni shikastlanishi bilan uni zo’riqib ishlashiqo’shilib ketadi.
Yurak etishmovchiligini quyidagi klinik shakllari farq qilinadi:
Yashirin (latent)
Chap qorincha
O’ng qorincha
Total
Energodinamik
|