• Bo’lmachalar qamali
  • Yurak patologik fiziologiyasi




    Download 446,49 Kb.
    bet23/33
    Sana11.06.2024
    Hajmi446,49 Kb.
    #262579
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
    Bog'liq
    YURAK

    UCHINCHI QISM
    UYRAK O’TKAZUVCHANLIK FUNKSIYASINI BUZILISHI
    Mashg’ulotning maqsadi va amaliy ko’nikma hamd mahortni shakllantirish:

    • yurak qamali (blokada) tushunchasini tushuntirish

    • yurakning qamallarini asosiy turlarini tushuntirish

    • yurak qamalining etiologiyasi va patogenezini tushuntirish

    • talabalarni laboratoriya hayvonlarida yurakning eksperimental qamalini yaratish ko’nikmasia o’rgatish

    • EKGdagi asosiy belgilar bo’yicha yurak qamali tashxisi qo’ish ko’nikmasiga o’rgatish

    YUrak qamali deb, yurak o’tkazuvchi tizimi bo’yicha qo’zg’alish impulslarini tarqalishining sekinlashuviga yoki butunlay to’xtashiga aytiladi.


    CHala va to’la qamal arq qilinadi. CHala qamalda qo’zg’alish impulslarining o’tishi sekinlashadi, to’la qamalda esa qo’zg’alish impulslarini o’tishi butunlay to’xtaydi. Etiologiyasi: miokardni shikastlanishini chaqiruvchi har xil sabablar kiradi (viruslar, baktoriyalar, toksinlar, zaxarlar, kardiosklerotik jarayon, adashgan nervning qo’zg’aluvchanligini oshishini chaqiruvchi omillar va h.k.). Sinoaurikulyar qamalning sabablarini 20%ida adashgan nerv tonusini ortishi yotadi deb taxmin qilinadi.
    Yurakda o’tkazuvchanlik buzilish lokalizasiyasiga qarab quyidagi qamallar arq qilinadi: sino-aurikulyar, bo’lmachali, atrioventrikulyar va qorinchali qamallar shularga kiradi.
    Sinoatrial (sino aurikulyar) qamal - elektrik qo’zg’alish impulslarini sinus tugunidan bo’lmachalarga o’tkazilishining buzilishi bilan ifodalanadi. Bu ilk bor 1902 yili J.Mackenzie tomonidan bayon qilingan. To’la qamalda EKGda quyidagi belgilar aniqlanadi: P-tishining davomiyligi 0,11 soniyadan ortiq, R-Rintervali kattalashadi, davriy ravishda yurakning alohida to’la sikllari (P tishi va QRS tajmui) tushib qoladi.


    Bo’lmachalar qamali
    bo’lmachalar o’tkazuvchi tizimi bo’yicha elektrik impulslarni o’tishini buzilishi, bo’lmachalar miokardida qamal rivojlanishi bilan ifodalanadi.
    EKGda P tishi davomiyligini 0,11 soniyadan ortishi bilan, P-tishini kengayishi va deformasiyasi (ikkiga bo’lingan) bilan iodalanadi.
    Bo’lmachalar qamalining boshqacha turi uchraydi, uni bo’lmachalar dissosiasiyasi yoki bo’lmachalar o’rtasidagi qamal deyiladi. Bo’lmachalar qamalining bu shaklida o’ng va chap bo’lmachalarni yoki bo’lmachalardan birining alohida qismini mustaqil, qisqarishi kuzatiladi. Buni ilk bor 1906 yili K.Wenckebach ifodalab bergan.
    Atri-ventrikulyar tugun yoki ko’ndalang qamal qo’zgolishni bo’lmachalardan qorinchalarga o’tishini qisman yoki to’la buzilishi bilan ifodalanadi:
    1)atrioventrikulyar qamalni I darajasi bo’lmachalardan qo’zg’olishni qarinchalarga o’tishining sekinlashuvi bilan ifodalanadi. EKGda P-Q intervalini 0,20 soniyadan uzayishi kuzatiladi.
    2)atrioventrikulyar qamalning II darajasi baъzida impulslarni bo’lmachalardan qarinchalarga o’tishining to’xtashi bilan ifodalanadi. SHuning uchun bo’lmachalarni qisqarishi qorinchalar qisqarishidan ortiqroqdir. EKGda P-tishlari qorinchalar majmui QRST dan ko’proq, yaъni davriy ravishda bu majmui yo’qoladi, yaъni P-tishlarini soni QRST majmuidan ko’p.
    3)atrioventrikulyar qamalni III darajasi yoki to’la qamal.
    Qo’zg’olish ilpulsini bo’lmachalardan qorinchalarga o’tishi butunlay to’xtamaydi, bunday holatda bo’lmachalar va qorinchalar bir-biridan mustaqil, har biri o’z ritmi bo’icha qisqaradilar. Bu hodisani atrioventrikulyar dissosiasiya deyiladi. Bo’lmachalar sinus-tugunida doimiy paydo bo’luvchi impulslar tasiridan qo’zg’oladilar. SHuning bo’lmachalar bir daqiqada 70-80 ta qisqaradilar. Qorinchalar II yoki III tartibli ektopik avtomatizm markazlari impulslaridan qo’zg’oladilar, shuning uchun ularni qisqarish soni bir daqiqada 60-30 dan kam bo’ladi.
    EKGda bo’lmachalar tishi P-ni qorinchalar majmuiga mos kelmaslii qayd qilinadi.
    II va III darajali qamallar hayot uchun havlidir. Agar asistoliya, yaъni qorinchalar sistolasini to’xtashi 10-20 dan uzoq davom etsa bosh miyaning kuchli gipoksiyasi sababli bemor xushini yo’qotadi. Bu xurujlar Morgann-Adams_Stoks sindromi deyiladi. Buning prognozi noxushdir.
    Qorinchalar qamali
    atrioventrikulyar tugundan pastdagi yurak o’tkazuvchi tizimini hohlagan qismida qamal rivojlanishi bilan ifodalanadi.
    1)Gis tutami o’ng oyoqchasining to’la qamalida EKGda quyidagi belgilar kuzatiladi:

    • ko’krak yo’nalshi V1,2 da rSR yoki rSR shaklidagi QRS majmui aniklanadi, uni shakli M-simon

    • chap ko’krak yo’nalishlarida (V5 V6), I yo’nalishda aV kengaan, baъzida tishlari ko’paygan S bo’ldi.

    • QRS majmi davomiyligini (kengligi) 0,12 soniyadan ko’payishi kuzatildi.

    • V1 (baъzida III) yo’nalishlarda yuqoriga do’mbagan RS-T segmentini depressiyasi hamda ikkifazali (-+) asimmetrik T tishi bo’ladi.

    2)Gis tutami o’ng oyoqchasining chala qamalining EKGdagi asosiy alomatlari quyidagilar:

    • V1 yo’nalishda rSr yoki rSR1 tipidagi QRS majmui bo’ladi, E va V6 yo’nalishlarida esa biroz kengaygan S tishi bo’ladi.

    • QRS majmuining davomiyligi 0,09-011 sonidir


    Download 446,49 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




    Download 446,49 Kb.