|
Baqa yuragiga induksion tok ta’sir etdirib ekstrasistolani yaratish
|
bet | 20/33 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 446,49 Kb. | | #262579 |
Bog'liq YURAKBaqa yuragiga induksion tok ta’sir etdirib ekstrasistolani yaratish.
Tajribani borishi:
Baqaning orqa miyasini jarohatlab, uni Kongeym taxtachasiga qornini yukoriga qarab yotqiziladi.
Baqaning oyoqlarini rezinkalar yordamida mahkam bog’lanadi.
Qaychi yordamida ko’krak qafasini astagina ochiladi.
YUrakni perikarddan chiqariladi.
YUrakni cho’qqisiga ninachani biriktiriladi uni Enilman richagchasiga bog’lanadi.
Kimografning lentasida yurak qisqarishlarini boshlang’ich ritmi yozib olinadi.
Diastola fazasida bo’lmachalar va qorincha alohida qitiqlanadi va yurak qisqarishlari ritmi yozib olinadi
Olingan natijalar solishtiriladi, taxlil qilinadi va xulosa chiqariladi.
Quyon yuragiga bariy xlorid ta’sir qildirib ekstrasistoliya yaratish
Tajribani borishi
Quyonni orqasini yuqoriga qilib oyoqlarini laboratoriya hayvonlari uchun mo’ljallangan stolga mahkamlanadi.
Ignali elektrodlar yordamida kuyonni elektrokardiografga yoki VEKSga biriktiriladi, elektrodlarni biriktirish tartibiga rioya qilinadi.
standart yo’nalishlari bo’yicha EKGni dastlabki holati yozib olinadi
Quyonning quloq venasiga bariy xlorid eritmasidan 0,5-1,0 ml yuboriladi.
20-40sekund o’tkandan so’ng elektrokardiograf lentasida EKGni yana yozib olinadi, yoki VEKS ekranida har xil ekstrasistolalar paydo bo’lishini kuzatiladi. Bu o’zgarishlar 3-5 daqiqadan so’ng o’tib ketadi.
Tajribaning natijalari taxlil qilinadi, ular asosida xulosa chiqariladi, va ularni daftarga yozib olinadi.
Baqa yuragiga issik fiziologik eritma ta’sir qildirib titroq aritmiyani yaratish
Tajribaning borishi
Baqani orqa miyasini zond bilan jarohatlab harakatsizlantiriladi va uni qornini yuqoriga qilib Kongeym taxtasiga yotqililadi.
Oyoqlarini rezinkalar yordamida mhkamlanadi.
Qaychi bilan astagina ko’krak qafasi ochiladi, to’sh suyagi qirqib tashlanadi, yurak ko’rinadi
YUrakni perikarddan ozod qilinadi.
YUrakning cho’qqisiga ninachani biriktiriladi va uni Engelman richagchasiga tutashtiriladi.
Kimografning lentasiga yurak qisqarishlarini dastlabki ritmi yozib olinadi.
YUrak ustiga bir necha tomchi issiq fiziologik eritma (+700S) tomiziladi.
30-60soniya o’tganidan so’ng kimogrammani takroriy yozib olinadi va titroq aritmiya paydo bo’lishi va rivojlanishini kuzatiladi.
Olingan natijalar taxlil qilinadi.
SHular asosida xulosa chiqariladi, ularni daftarga yozib oladilar
Kutilayotgan natijalar (vazifalar):
Amaliy mashg’ulot o’tkazilganidan so’ng talaba:
har xil ekstrasistoliyalarning etiologiyasini, patogenezini EKGdagi alomatlarini bilishi zarur;
laboratoriya hayvonlarida ekstrasistoliyani eksperimental yaratishni eplashi zarur;
olingan nazariy bilimlarni amaliy tibbiyotda ekstrasistoliyaning har xil shakllarini etiologiyasini, patogenezini diagnoini aniqlashda va profilaktikasida qo’llashni bilishi zarur.
Ushbu mavzu bo’yicha kurib chiqiladigan savollar ro’yxati va ularni amlga oshirish uchullari
O’qitish uchun yangi pedagogik texnologiyalari qo’llanilishi:
|
| |