|
Bo’lmachalarni hilpillashi
|
bet | 19/33 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 446,49 Kb. | | #262579 |
Bog'liq YURAKBo’lmachalarni hilpillashi
Bnday patologiyada bo’lmachalar alohida mushak tolalarining yoki mushaklar guruhlarining asinxrom, tartibsiz qisqarishi sodir bo’ladi, amalda ularning har biri o’ziga mustaqil impulsasiya o’chog’i hisoblanadi. Normal sistola va diastola yo’qoladi. Miokard tolalari yurak ritmi etakchisi bilan subordinasiyani hamda bir-biri bilan alohida tartibsiz qisqaradi va bo’shashadi, alohida mushaklar tolalari yoki tolalar guruhlari asinxrom qo’zg’aladilar va qisqaradilar. Bu hodisani fransuz klinisisti J.Buyo “delirim cordis - yurak alahsirashi” deb atagan, yurak mushak tolalarini tartibsiz qisqarishi va bo’shashishini “bir xovuch chuvalchanglarning harakati”ga o’xshatishadi.
Bo’lmachalar titrashida ular nasos vazifasini bajarmaydi. Qorinchalarning aoliyati bo’lmachalar titroq aritmiyasining shakliga bog’liq. Taxiaritmik shaklida qo’zg’olish, impulslarining ko’pchiligi qorinchalarga o’tadi va shuning uchun ular tartibsiz ritmda tez qisqaradilar, bu esa odam sog’lig’ia noxush ta’sir qiladi. Bo’lmachalar titrashining bradiaritmik shaklida qo’zg’alish impulslari qorinchalarga kam o’tadi va shuning uchun ular siyrakroq qisqaradilar. Bunday holatda yurakning ishlashi uchun nisbatan qulay sharoit paydo bo’ladi. Bo’lmachalar titrashida EKGda P tishlari yo’qoladi, ular o’rniga F to’lqinlari deb ataluvchi to’lqinsimon izoelektrik chiziq ko’rinadi, hamda notug’ri qorinchalar ritmi paydo bo’ladi.
Qorinchalar titrashining prognozi (oqibati) noxushdir.
Sabablari:elektr toki bilan shikastlanish, miokard infarkti, revmatik jarayon, yurak bo’shliqlarida toraib hosil bo’lishi va h.k.
Titroq aritmiyaning patogenezi: 1)kardiomiositlar refraktor davrining keskin qisqarishi, ularning qo’zg’aluvchanligini ortishi; 2)qo’zg’olish o’tishining sekinlashuvi; 3)miokardni funksional geterogenligini keskin ortishi.
YUqori tezlikda qo’zg’alish generasiya qiluvchi o’chog’larni pado bo’lishi ularni o’zaro bir necha bor to’qnashuviga olib keladi. Bundan tashqari miokardni o’tkazuvchanligini sekinlashuvi ko’p sonli mayda to’lqinlarni paydo bo’lishiga sharoit yaratib, miokardda titrash va hilpirlashni chaqiradi. Bu o’zgarishlar natijasida yurak nasos funksiyasini bajara olmaydi, bu esa gemodinamikani keskin buzilishiga olib keladi. Davolash yordamini ko’rsatish uchun elektr defibrillyasiyadan oydalaniladi (qorinchalarni shu holatdan chiqarish uchun qullaniladigan tadbir - choralar majmuidir). Defibrillyasiya uchun yuqori kuchlanishli doimiy tok razryadidan (4000 v) foydalaniladi, elektrodlar to’sh usida holatida 0,01 soniya davomida tok o’tkaziladi.
|
| |